lishi kabilar kiradi. Keyinchalik, ularga meningo-ensefalit va miokardit qo'shilishi
mumkin. Besh yoshgacha bo‘lgan bolalarda chagas kasalligi juda og‘ir o ‘tib,
o ‘limga olib kelishi mumkin. Ayrim m a’lumotlar bo'yicha 14 % gacha bemorlar
ushbu kasallikdan o'ladi. Kasallik onadan bolaga ona suti, qon quyish orqali yu-
qadi (tug‘ma ham bo ‘lishi mumkin). Chagas kasalligi ko'pincha qishloqlarda ko'p
rarqalgandir. Ayniqsa, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinmagan xonadon-
larda, iflos joylarda triatom qandalalaming lichinkalari bemalol rivojlanadi.
Tripanosomalaming bir qancha turlari har xil uy hayvonlarida parazitlik qilib,
o g 'ir kasalliklar keltirib chiqaradi. Janubiy Osiyo mamlakatlarida qoramollarda
parazitlik qiluvchi Trypanosoma brucei nagana kasalligini qo'zg'atadi (3-rasm).
Nagana kasalligining tarqatuvchisi so'nalardir. Qozog'iston, Turkmaniston,
O 'zbekistonda va Ural viloyati cho'llarida tuyalar, otlar va eshaklarda Trypano
soma evansi parazitlik qilib, og'ir “suv o g 'rig 'i” kasalini keltirib chiqaradi. Bu
parazitning ham tarqatuvchisi so'nalar hisoblanadi.
Otlarda Trvpanosoma equiperdum turi parazitlik qilib, kuyukish (qochirish)
kasalligini keltirib chiqaradi. Bu kasallik bir hayvondan ikkinchisiga jinsiy aloqa
orqali o'tadi.
Dostları ilə paylaş: