Gametotsitlarning keyingi rivojlanishi anofeles chivinining medasida kechadi.
Anofeles odamning qonini so'rganda gametotsitlar chivinga o'tadi. Chivinning
ichida mikrogametotsitlarning rivojlanishi natijasida 4 -8 ta xivchinli 5-6 ta mikro-
gametalar hosil bo'ladi. Makrogametotsitlaming yadrosi ham kattalashib, makro-
gametalarga aylanadi. Mazkur makro- va mikrogametalar qo'shilib, zigota hosil
qiladi. Zigota harakatchan bo'lib, u ookineta deb ataladi. Ookineta chivin oshqo-
zoni
devorini teshib kirib, elastik po'stga o'raladi va ootsistaga aylanadi. Ootsista
o'sib, yadrosi bir necha marta bo'linadi, har bir yadro bo'lagini sitoplazma o'rab
oladi va natijada minglab juda mayda duksimon sporozoitlar hosil bo'ladi. So'ngra
ootsistalar pardasi yoriladi-va ichidagi sporozoitlar (10000 tagacha) chivinning
tana bo'shlig'iga tushib, gemolimfa suyuqligi orqali barcha organlariga tarqaladi.
Ular chivinning so'lak bezida ko'plab to'planadi. Mana shunday chivinlar odamni
chaqqanida chivin so'lagi bilan birga sporozoitlar ham odam qoniga o'tadi.
Sporozoitlar bir yadroli uzunchoq shakiga ega bo'lib, uzunligi 10-15 mikronga
teng.
Bezgak yer yuzida juda keng tarqalgan kasallikdir. Bezgak kasaliga uchragan
odamda kuchli anemiya (kamqonlik) kuzatiladi. 1mm3 qondagi eritrotsitlar soni
normadagi 5 mln. dan 1 mln. gacha tushib qoladi.
MDH mamlakatlarida bezgak kasalligi XIX asrning
oxiri XX asrning birinchi
yarmida Kavkaz. Markaziy Osiyo, Volganing o'rta va quyi oqimida hamda Ukrai-
nada keng tarqalgan edi. 1935-yilning o'zida mazkur hududlarda 9 mln. kishi bez
gak bilan kasallanganligi m a’lum. Bu davrda odamlarning bezgak bilan kasallani-
shi, ayniqsa, Afrika, Janubiy Amerika, Osiyo va Yevropadagi juda ko'plab mam-
lakatlarda keng tarqalgan edi. 1930-yillarda faqatgina Hindistonning o'zida har yili
100 mln.dan ortiq kishi bezgak bilan kasallangan.
Bezgak kasalligining qo'zg'atuvchisini o'rganish va unga qarshi kurash chora-
larini ishlab chiqishda rus olimlaridan 1.1.
Mechnikov, V.M. Afanasyev, V.Ya. Da-
nilevskiy, Ye. Marsinovskiy, V.N. Beklemishev, D.D. Romanovskiy va
S.M. Isayev, fransuz olimi Sh.L.A. Laveron, ingliz olimi R.D. Ross, P. Gariyem,
italiyalik olim D.B. Grassi, Bastenelli va boshqalarning xizmatlari kattadir.
Markaziy Osiyo, shu jumladan, O 'zbekistonda ham bezgakka qarshi ishlar olib
borilgan.
Birinchidan, bezgak bilan kasallangan odamlami majburiy yalpi davolash
kurslaridan o'tkazilgan. M a’lumki, bezgak chivini o 'z tuxumini ko'lm ak suvlar-
ga qo'yadi. Shuning uchun bezgak chivini ko'payishining oldini olish maqsadida
k o im ak suvlar va botqoqliklar o'zlashtirilib, quritildi. Bezgak chivinlari, ularning
tuxumi, lichinkalari va g'umbaklari turli usullar bilan qirib tashlandi. Oxirgi yil-
larda bezgak chiviniga qarshi biologik kurash choralarini qo ilash g a alohida e ’tibor
berilmoqda. Xususan, issiq iqlimli joylarda bezgak chivini lichinkasini yo'qotish
uchun hovuz va ko'llarda tirik tug'ar gambuziya balig'i ko'paytirilmoqda.
Bu tad-
birlarni o'tkazish natijasida 1960-yildan boshlab MDH mamlakatlarida, shu jumla-
dan, O 'zbekistonda ham bezgak kasalligi butunlay tugatilgan. Lekin odamlarning
bezgak bilan kasallanishi Janubiy va Markaziy Amerika, Osiyo va ayniqsa, Af
rika mamlakatlarida hozirgi kunda ham keng tarqalgan. Jahon so g iiq n i saqlash
tashkiloti
maTumotlariga qaraganda, oxirgi vaqtlarda har yili yer shari aholisining
5-6 mln.ni bezgak chivinlari yuqtirgan bezgak kasalligi tufayli olamdan ko'z yum-
gan. Shulardan 1 mln.dan ortiqrog'i 4-5 yoshgacha bo'lgan bolalarga to 'g 'ri keladi.
Hozirgi vaqtda anofeles avlodiga kiradigan chivinlaming 400 dan ortiq turi mavjud
bo'lib, shulardan 25-30 ta turi bezgak kasalligini qo'zg'atuvchilarining tashuvchisi
hisoblanadi.
Odamlami chivin chaqishidan saqlash uchun badanga chivinga qarshi kremlarni
surish, yozda pashshaxonalardan foydalanish lozim.
Dostları ilə paylaş: