Toksoplazmalarning rivojlanishi xo'jayin
almashtirish bilan boradi, y a’ni
mushuklar parazitning asosiy xo'jayini, boshqa hamma hayvonlar va odamlar esa
parazitning oraliq xo'jayinlari hisoblanadi. Umumiy po'st bilan o'ralgan merozoit-
lar to'plam i sista deyiladi. Bunday sistalar zararlangan
organlarda yoki hayvonlar
so'lagi, suti, axlati, siydigi va boshqa chiqindilarida bo'ladi. Hayvonlar sistalarni
yutganida yoki kasal hayvonlarni yeganida parazitni yuqtiradi. Sistalar organizmga
terining jarohatlangan joylaridan ham o'tishi mumkin.
Sutemizuvchilarda esa tok-
soplazmalar yo'ldosh orqali ona organizmidan embrionga o'tadi. Ayrim hollarda
toksoplazmalar kanalar orqali ham yuqishi mumkin.
1 0 - r a s m . T o x o p l a s m a g o n d i i n i n g r i v o j la n i s h sikli va u bila n z a r a r l a n i s h y o ‘llari:
1 -m u sh u k ic h id a sh iz o g o n iy a v a ji n s iy k o 'p a y is h ; 2 - 4 - o o ts is ta la r n in g riv o jla n is h i;
5 - 6 - s ic h q o n ta n a s id a q o 's h im c h a jin s s iz k o 'p a y is h ; 7 -s ic h q o n h o m ila s in in g z a ra rla n is h i.
Toksoplazmalarning jinsiy ko'payishi faqat mushuklar organizmida o'tadi.
M ushuklar kasal kemiruvchilardan parazitni o'zlariga yuqtiradi. Mushuk orga
nizmida
toksoplazmaning hayot sikli, boshqa koksidiyalarda bo'lganidek, jinsiy
ko'payish va sporotsistalar hosil bo'lishi bilan tugallanadi. Toksoplazmalarning
rivojlanishida jinssiz ko'payish ustun turadi.
Toksoplazmalar odam va hayvonlarda toksoplazmoz kasalligini qo'zg'atadi.
Toksoplazmalar odamga ovqat mahsuiotlari (go'sht, sut, tuxum)
va kasal uy hay-
vonlari (quyon, mushuk, it va boshqalar) orqali o'tib, m e’da-ichak yo'llariga tusha-
32
di. Parazitlar ichak devorlarini teshib, limfa va qon tomirlari orqali turli organlar
(bosh miya,
orqa miya, jigar, taloq, buyrak, niushak va bosh.) hujayralari sitoplaz-
masida rivojlanib, to'qim alam i yallig'lantiradi.
Toksoplazmalar hayvonlarga har xil ta ’sir ko'rsatadi. Ayrim hayvonlar kasal-
likka berilmaydi, ayrimlari esa juda ta’sirchanligi tufayli halok bo'lishi mumkin.
Odamlarning toksoplazmoz bilan zararlanishida uy hayvonlari, ayniqsa, mushuk
katta o'rin tutadi. Toksoplazmoz bilan
kasallanish limfatik sistema, nerv sistemasi
va ko'zning shikastlanishiga sababchi bo'ladi. Odam va boshqa sutemizuvchilar
ernbrioni ona qomida toksoplazmoz
bilan zararlanganda, tushib ketadi yoki uning
ayrim muhim organlari og'ir jarohatlanadi.
Dostları ilə paylaş: