modiysining rivojlanishi ikkita xo'jayinda o'tadi. Jinssiz rivojlanishi hamda makro-
va mikrogametotsitlar odam qizil qon tanachalarida yetishadi. Bezgak chivinida
(Anopheles) esa jinsiy rivojlanish ketadi. Koksidiyadan farq qilib, bezgak plaz-
modiylaming hayot sikli xo'jayinlar (chivin va odam) organizmida o'tadi,
tashqi
muhitga chiqmaydi. Odamlar orasida bezgak kasalini tarqatuvchi sporalilar plaz-
modium deyiladi. Bu kasallik eramizdan oldin ham m a’lum bo'igan. U vaqtlarda
bu kasallikning kelib chiqish sababi va odamlarga yuqish yo'llari aniqlanmagan.
Lekin, shunga qaramasdan, bu kasallikning botqoqliklarga aloqasi borligini bilish-
gan, shuning uchun ham “botqoq isitmasi” deb atalgan.
Bezgak plazmodiumlarini birinchi m arta 1879-yilda rus olimi V.l.
Afanasyev va
1880-yiIda fransuz olimi Alfons Laveren kashf etganlar. Bezgak kasalini chivin
lar yuqtirishini esa 1895-yilda ingliz olimi R. Ross va italiyalik olim J. Grassi
aniqlashgan.
Odamlarda bezgakning asosan 4 ta turi parazitlik qiladi:
1. Plasmodium vivax - uch kunlik bezgak qo'zg'atuvchisi, y a ’ni isitma har
48 soatdan keyin qaytarilib turadi.
2. Plasmodium malariae - to'rt kunlik bezgak qo'zg'atuvchisi, y a’ni isitma har
72 soatdan keyin qaytarilib turadi.
3. Plasmodium falciparum - 24-48 soat oralab xuruj qilib turadigan va ko'pincha
juda o g 'ir o'tadigan tropik bezgak qo'zg'atuvchisidir.
4. Plasmodium ovale - uch kunlik bezgak qo'zg'atuvchisi, y a ’ni isitma har
48 soatdan keyin qaytarilib turadi. Bu bezgak qo'zg'atuvchisi
juda kamdan-kam
Afrika va Osiyo mamlakatlarida uchraydi. Mustaqil davlatlar ham do'stligi marn-
lakatlarida bu kasallikning qo'zg'atuvchisi bir marta 1924-yilda Ufa shahrida
uchragan.
Uch kunlik bezgak plazmodiumining (Plasmodium vivax) rivojlanishi quyidagi-
cha ketadi (1 l-rasm).
Bu parazitning qo'zg'atuvchisi bilan zararlangan bezgak chivini odam qonini
so'rganida, chivin so'lagida bo'igan sporozoitlar odam qoniga o'tadi.
Bular qon
orqali jigar va taloq to'qim alariga keladi. Bu yerda ular oziqlanib, ko'paya boshlay-
di, y a’ni yadrolari bir nechtaga bo'linadi, so'ngra yadro soniga qarab, sitoplazma
ham o'shanchaga ajraladi va parazitning navbatdagi avlodi - merozoitlar paydo
bo'ladi. Keyinchaiik, bu merozoitlar
qizil qon tanachalariga kirib, gemoglobin
plazmasi bilan oziqlanadi.
Parazitning eritrotsitlar gemoglobini hisobiga oziqlanib o'sadigan davriga trofo-
zoitlar deyiladi.
34