PIROPLAZMIDALAR CPIROPLASMIPA)
turkumi vaki 1 lari sutemizuv-
chilarning qonida parazitlik qiladi. Bu turkum vakillarining rivojlanishi ham 2 ta
xo'jayinda, y a ’ni asosiy xo'jayinlari qon so'm vchi yaylov kanalari va oraliq
xo'jayinlari - turli uy va yovvoyi sutemizuvchilarda o'tadi. Bu turkumga 170 dan
ortiq tur kiradi. Tkkita oilasi bor, ya’ni babez.idlar(Babesidae) vateylerid!ar(Theileri-
dae). Babeziu va teyleridlaming barcha vaki 1 lari eritrotsitlarda parazitlik qilib, qo
ramollar, otlar, tuyalar, cho'chqalar va itlarga katta zarar yetkazadi. Kasallangan
hayvon qonini so'rgan kana parazitui o'ziga yuqtiradi. Kanalar organizmida jinsiy
gametalar yetilib, ular o'zaro qo'shiladi va zigota-ookineta hosil bo'ladi. Ookineta
kana tuxumdoniga va tuxumdonda rivojlanayotgan tuxumlarga o'tib sporotsistaga
aylanadi. Sporotsista ichida esa sporozoitlar rivojlanadi. Sporozoitlar kanalaming
so'lak beziarida ham to'planadi. Bunday kanalar sog'lom hayvonlarga yopishib
ularning qonini so'rganda sporozoitlar kana so'lagidan mahsuldor hayvonlar qo-
niga o'tadi.
Sporozoitlar eritrotsitlarda jinssiz ikkiga bo'linish yo'li bilan ko'payib, piroplaz-
midoz kasalligini qo'zg'atadi. Bu kasallik chorvachilikka katta iqtisodiy zarar
yetkazadi. Kasallangan mollaming 40 —
50%i nobud bo'ladi. Piroplazmidozga qarshi
kurashish uchun uning tarqatuvchisi - yaylov kanalarini qirib, kasallangan mollarni
davolash lozim.
37
M IKSOSPORIDIYALAR (MYXOSPORIDIA) YOKI KNIDOSPORIDI-
YALAR (CNIDOSPORIDIA)
tipi yaqin-yaqinga qadar sporalilar tipi bilan qo'shib
o ‘rganilar edi. Lekin ularning tuzilishi va rivojlanish sikli har tomonlama chuqur
o ‘rganilgach, morfologik va fiziologik jihatdan sporalilardan farq qilishini hisobga
olib, miksosporidiyalami mustaqil tip darajasiga ko'tarishga imkon yaratildi.
Miksosporidiyalarda vegetativ va generativ yadrolar borligi, sporalari ko ‘p hu-
jayrali murakkab tuzilishga ega ekanligi aniqlandi. Yana shuni ham aytish kerak-
ki, miksosporidiyalaming ko'payishi va tarqalishi uchun xizmat qiladigan kapsulli
sporalari deyarli hamma vaqt yetishib turishi bu tip vakillari uchun juda xarakter-
lidir (m a’lumki, sporalilar tipining vakillarida sporalar ularning oxirgi rivojlanish
stadiyasida yetishar edi).
Miksosporidiyalaming vakillari hayvonlarning hujayrasida parazitlik qilib
yashaydi. Ularning sporalari kapsula ichida b o ia d i. Kapsulada o ‘ralib yotgan kuy-
dirgich ipi b o iib , xo'jayin ichiga tushganda ip kapsuladan otilib chiqib, ichakning
epiteliysiga sanchiladi. So'ngra amyobasimon embrion sporadan chiqib xo'jayin
to'qim asi ichiga kiradi.
M iksosporidiyalar tipiga 1000 dan ortiq tur kirib, 2 sinfga bo'iinadi: 1. Akti-
nomiksidiyalar yoki aktinosporalilar (Actinosporea) sinfi. 2. M iksosporalilar yoki
shilimshiq sporalilar (Myxosporea) sinfi.
Aktinomiksidiyalar sinfida 20 dan ortiq tur mavjud bo'lib, ular asosan halqali
chuvaichanglarda parazitlik qiladi.
Miksosporalilar yoki shilimshiq sporalilar sinfiga 1000 ga yaqin tur kiradi. Ular
asosan baliqlarda parazitlik qiladi va baliqchilik xo'jaligiga katta iqtisodiy zarar
yetkazadi.
MDH da bu sinf vakillarini o'rgangan olimlar V.A. Dogel va S.S. Shulmanlar
hisoblanadi. Miksosporalilar shizogoniya, jinsiy jarayon, sporogoniya davrlari va
nasliar gallanishining yo'qligi bilan sporalilardan farq qiladi.
Shilimshiq sporalilardan Myxobolus pfeifferi turi baliqlaming har xil to'qim a va
organlarida (jabralari, terisi, o 't pufagi va muskullarida) parazitlik qiladi. Baliqlar-
ning terisida shishlar paydo bo'lib, ko'plab, ayniqsa, yosh baliqlar qirilib ketadi
(12-rasm).
Miksosporalilarning o'lcham i bir necha mikrondan 2 sm gacha boradi.
Rivojlanishi deyarli o 'z xo'jayini - baliqlaming organizmida kec’nadi, y a’ni
baliqlar parazit sporalarini yutib zararlanadi.
Sporalari juda murakkab tuzilgan, k o 'p hujayrali bo'lib, qutbli kapsula va uning
ichida spiral kabi o'ralgan otiluvchi iplar joyiashgan. Sporalar baliqlam ing hazm
A -M u x o b o lu s p fe iffe ri b ilan
k a sa lla n g a n
b a liq n in g
u m u m iy
k o 'rin is h i;
B -k o 'n d a la n g k e sm a si k o 'r i -
n ishi.
Dostları ilə paylaş: |