S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a


Toksoplazmalar (Toxoplasma)



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/136
tarix16.12.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#183403
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   136
Parazitologiya.Дадаев С

Toksoplazmalar (Toxoplasma) 
urug'iga bitta Toxoplasma gondii turi kiradi. 
Toksoplazmalar mushuk va boshqa mushuksimonlar oilasi vakillarining ingichka 
ichagida murakkab rivojlanish davrlarini o'tib, undan 2 ta sporali ootsista - sporo- 
zoitlar hosil b o iish i bilan tugaydi (10-rasm).
Parazitni dastlab ! 908-yili fransuz olim lan Nikol va Manso kemiruvchilarda 
aniqlashgan.
31


Toksoplazmalarning rivojlanishi xo'jayin almashtirish bilan boradi, y a’ni 
mushuklar parazitning asosiy xo'jayini, boshqa hamma hayvonlar va odamlar esa 
parazitning oraliq xo'jayinlari hisoblanadi. Umumiy po'st bilan o'ralgan merozoit- 
lar to'plam i sista deyiladi. Bunday sistalar zararlangan organlarda yoki hayvonlar 
so'lagi, suti, axlati, siydigi va boshqa chiqindilarida bo'ladi. Hayvonlar sistalarni 
yutganida yoki kasal hayvonlarni yeganida parazitni yuqtiradi. Sistalar organizmga 
terining jarohatlangan joylaridan ham o'tishi mumkin. Sutemizuvchilarda esa tok- 
soplazmalar yo'ldosh orqali ona organizmidan embrionga o'tadi. Ayrim hollarda 
toksoplazmalar kanalar orqali ham yuqishi mumkin.
1 0 - r a s m . T o x o p l a s m a g o n d i i n i n g r i v o j la n i s h sikli va u bila n z a r a r l a n i s h y o ‘llari:
1 -m u sh u k ic h id a sh iz o g o n iy a v a ji n s iy k o 'p a y is h ; 2 - 4 - o o ts is ta la r n in g riv o jla n is h i; 
5 - 6 - s ic h q o n ta n a s id a q o 's h im c h a jin s s iz k o 'p a y is h ; 7 -s ic h q o n h o m ila s in in g z a ra rla n is h i.
Toksoplazmalarning jinsiy ko'payishi faqat mushuklar organizmida o'tadi. 
M ushuklar kasal kemiruvchilardan parazitni o'zlariga yuqtiradi. Mushuk orga­
nizmida toksoplazmaning hayot sikli, boshqa koksidiyalarda bo'lganidek, jinsiy 
ko'payish va sporotsistalar hosil bo'lishi bilan tugallanadi. Toksoplazmalarning 
rivojlanishida jinssiz ko'payish ustun turadi.
Toksoplazmalar odam va hayvonlarda toksoplazmoz kasalligini qo'zg'atadi. 
Toksoplazmalar odamga ovqat mahsuiotlari (go'sht, sut, tuxum) va kasal uy hay- 
vonlari (quyon, mushuk, it va boshqalar) orqali o'tib, m e’da-ichak yo'llariga tusha-
32


di. Parazitlar ichak devorlarini teshib, limfa va qon tomirlari orqali turli organlar 
(bosh miya, orqa miya, jigar, taloq, buyrak, niushak va bosh.) hujayralari sitoplaz- 
masida rivojlanib, to'qim alam i yallig'lantiradi.
Toksoplazmalar hayvonlarga har xil ta ’sir ko'rsatadi. Ayrim hayvonlar kasal- 
likka berilmaydi, ayrimlari esa juda ta’sirchanligi tufayli halok bo'lishi mumkin.
Odamlarning toksoplazmoz bilan zararlanishida uy hayvonlari, ayniqsa, mushuk 
katta o'rin tutadi. Toksoplazmoz bilan kasallanish limfatik sistema, nerv sistemasi 
va ko'zning shikastlanishiga sababchi bo'ladi. Odam va boshqa sutemizuvchilar 
ernbrioni ona qomida toksoplazmoz bilan zararlanganda, tushib ketadi yoki uning 
ayrim muhim organlari og'ir jarohatlanadi.

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin