k o im ak suvlar va botqoqliklar o'zlashtirilib, quritildi. Bezgak chivinlari, ularning
tuxumi, lichinkalari va g'umbaklari turli usullar bilan qirib tashlandi. Oxirgi yil-
larda bezgak chiviniga qarshi biologik kurash choralarini qo ilash g a alohida e ’tibor
berilmoqda. Xususan, issiq iqlimli joylarda bezgak chivini lichinkasini yo'qotish
uchun hovuz va ko'llarda tirik tug'ar gambuziya balig'i ko'paytirilmoqda. Bu tad-
birlarni o'tkazish natijasida 1960-yildan boshlab MDH mamlakatlarida, shu jumla-
dan, O 'zbekistonda ham bezgak kasalligi butunlay tugatilgan. Lekin odamlarning
bezgak bilan kasallanishi Janubiy va Markaziy Amerika, Osiyo va ayniqsa, Af
rika mamlakatlarida hozirgi kunda ham keng tarqalgan. Jahon so g iiq n i saqlash
tashkiloti maTumotlariga qaraganda, oxirgi vaqtlarda har yili yer shari aholisining
5-6 mln.ni bezgak chivinlari yuqtirgan bezgak kasalligi tufayli olamdan ko'z yum-
gan. Shulardan 1 mln.dan ortiqrog'i 4-5 yoshgacha bo'lgan bolalarga to 'g 'ri keladi.
Hozirgi vaqtda anofeles avlodiga kiradigan chivinlaming 400 dan ortiq turi mavjud
bo'lib, shulardan 25-30 ta turi bezgak kasalligini qo'zg'atuvchilarining tashuvchisi
hisoblanadi.
Odamlami chivin chaqishidan saqlash uchun badanga chivinga qarshi kremlarni
surish, yozda pashshaxonalardan foydalanish lozim.
Dostları ilə paylaş: