1 3 -r a s m . N o z e m a m i k r o s p o r i - d i y a s in i n g i p a k q u r t i ic h a g i e p it e - li y sid a r iv o j la n i s h sikli. C h a p d a - q u rt ic h a g i e p ite liy s id a
jin s iy k o 'p a y is h i va s p o ra h o s il q ili-
shi, o 'n g d a - s p o r a n in g h u ja y r a d a n
c h iq ish i v a a m y o b a s im o n p a ra z it
h o sil b o 'li b , q u rt ic h a g i e p ite liy h u -
ja y r a s ig a k irib o lish i.
Qoradog' qo'zg'atuvchisi nozema sporalari tirik qolgan ipak qurti kapalagining
tuxum i(urug'i) orqali so'nggi avlodga ham o'tadi.
Ipak qurti kasalligining qo'zg'atuvchisi - nozemaning biologiyasini 1849-1858-
yillarda fransiyalik olim
L. Paster o'rgangan. Tut ipak qurti nozemasi ifloslangan tut
bargi orqali ipak qurtiga o'tadi. Ichak epiteliysi orqali qonga o'tgan parazit qurtning
barcha organlarini zararlaydi.
L. Paster parazitning nasldan-naslga o'tishini aniqlab,
kasallangan tuxumlardan sog' tuxumlami ajratib olish usulini ishlab chiqqan. Bu
usuldan hozirgacha gren zavodlarida foydalaniladi. Bu kasalning nomini nozema-
toz deyiladi.
Qoradog' (pebrina) kasalligiga qarshi kurashish uchun, avvalo, ipak qurti urug'ini
ochirishga qo'yishdan oldin uni yaxshilab tekshirish kerak. Urug' zavodlarida faqat
sog'lom tut ipak qurti kapalaklarini ajratib, ulardan urug' olish iozim.
M ikrosporidiyalaming yana bir turi - Nosema apis asalanlam ing ichagida para
zitlik qilib, ichak kasaliga sabab bo'ladi va ko'plab asalari oilalari qirilib ketadi.
Shuning uchun bu kasallikka qarshi kurashish choralaridan biri kasallangan asala-
rilar oilalari dezinfeksiya qilinishi kerak. Kuchli zararlangan oilalarni qirib tash-
lashga to 'g 'ri keladi.
Mikrosporidiyalaming ba’zi bir turlari MDH mamlakatlarining shimoliy hudud-
larida ko'llarda yashovchi ayrim tur baiiqlarda ham parazitlik qiladi va baliqchilik
xo'jaligiga katta zarar yetkazadi. Ayrim turlari hatto ovlanadigan va к о ‘Ida boqi-
ladigan molluskalar, qisqichbaqasimonlar va m o'ynali hayvoniarda ham parazitlik
qilib, katta iqtisodiy zarar yetkazadi.