S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a


Paramfistomalar (Paramphistomum)



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/136
tarix16.12.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#183403
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   136
Parazitologiya.Дадаев С

Paramfistomalar (Paramphistomum) 
ham uzunligi 5-20 mm keladigan 
so'rg'ichlilar sinfi vakillari hisoblanadi (18-rasm).
Paramfistomalaming gavdasi ipsimon yoki silindrsimon shaklda, rangi oq- 
qizg'ish. Ularda og'iz so'rg'ichi bo'lm aydi, terminal joylashgan og'iz teshigidan 
rivojlangan farinks va undan keyin ikkiga shoxlangan ichak ketadi. Qorin so'rg'ichi 
kuchli rivojlangan bo'lib, gavdasining orqa uchida joylashgan, u yopishib turish 
vazifasini bajaradi. Jinsiy voyaga yetganlari asosiy xo'jayinlarining (kavsh qay-
52


taruvchi juft tuyoqli sutemizuvchilar, asosan, qoramol, qo'y, echki va boshqalar) 
katta va to'rqorinlarida parazitlik qiladi.
18-rasm . P aram listom a (P aran ip h istom u m ) r.ing rivojlanish sikii:
Л -p arazitn in g asosiy xo ‘jayinlari; B -p arazitn in g oraliq xo'jayin i - m olluska;
! -jin s iy y c tilg a n p a ra z it; 2 -tu x u m ; 3 -m ira ts id iv ; 4 -s p o ro ts is ta ; 5 -re d iy a ; 6 -s e rk a riy ; 7 -a d o - 
le s k a riy .
Paramfistomalar biogelmintlar hisoblanadi. Rivojlanishi ikkita x o ‘jayinda o'tadi. 
Ularning oraliq xo'jayinlari chuchuk suvlarda yashovchi molluskalar (Planorbis, 
Gaiba, Physa urug'larining turlari) hisoblanadi. Asosiy xo'jayinlari esa kavsh qay- 
taruvchi sutemizuvchilar. Parazitning tuxumi asosiy xo'jayinitiing tezagi bilan 
tashqariga (suvga) chiqib, 12-13 kundan keyin undan miratsidiy lichinkasi chiqadi. 
Miratsidiy oraliq xo'jayini - chuchuk suvda yashovchi molluskalarning organizmi- 
ga kirib, sporotsistaga, keyin rediyaga aylanadi. 1.5-3 oydan keyin esa serkariylarga 
aylanib, oraliq xo'jayinlardan tashqariga chiqadi. M a ’lum vaqtdan keyin serkariylar 
dumini yo'qotib, sistaga o'ralib adoleskariylarga aylanadi. Asosiy xo'jayinlari suv


va o 't orqali adoleskariylami o'zlariga yuqtiradi. Adoleskariylar ichak b o ‘shlig‘i 
orqali katta qoringa va to'rqoringa o'tib jinsiy voyaga yetadi. Adoleskariydan to 
jinsiy voyaga yetgan parazitga aylanguncha 3-3,5 oy vaqt kerak bo'ladi.
O 'zbekistonda qoramol va qo'y-echkilarda paramfistomalardan: Paramphisto- 
mum, Calicophoron, Gastrothylax va Liorchis kabi u ru g iarin in g turlari parazitlik 
qiladi. Paramfistomitlar keltirib chiqaradigan kasallik paramfistomoz deb ataladi. 
Bu kasallik, ayniqsa, yosh mollarda ko'proq uchraydi. Kasallangan mollam i bitio- 
nol va geksaxloretan kabi dorilar bilan davolanadi.
Bu kasallikning oldini olish uchun chorva mollami paramfistomitlar bilan zarar­
langan yaylovlarda boqmaslik, dalaga ishlatiladigan go'nglarni qayta ishlash, ora­
liq xo'jayinlari uchun qulay bo'lgan ko'lm ak va keraksiz suv havzalarini quritish, 
yaylovlarni almashtirib turish kabi chora-tadbirlami amalga oshirish lozim.

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin