16 - r a s m . J ig a r q u r t i n i n g r iv o j la n i s h sikli:
1-q o ra m o l o 4 y o 'lid a g i v o y a g a y e tg a n (m a rita ) p a ra z it; 2 -tu x u m ; 3 -m ira ts id iy lic h in k a s i;
4 -lic h in k a n in g su v s h illig 'i ta n a s id a p a rte n o g e n e tik k o 'p a y is h i (A -s p o ro ts is ta , B , D -re d iy la r,
E -se rk a riy ); 5 -s u v g a c h iq q a n se rk a riy ; 6 - o ‘td a sis ta g a a y la n g a n a d o le s k a riy .
Л1
Jigar qurti odatda mayda va yirik shoxli mollarda, b a’zan boshqa hayvonlar
va odamlarning jigarida hamda o 't yo'llarida parazitlik qiladi. Jigar qurtlarining
uzunligi 2-7,6 sm, eni esa 5-12 mm keladi. Jigar qurti biogelmint hisoblanadi,
y a’ni rivojlanishida 2 ta xo'jayin qatnashadi. Bunda rivojlanishining boshlang'ich
davri o'tishi uchun oraliq xo'jayin, parazitning to'liq rivojlanishi uchun esa asosiy
xo'jayin bo'lishi kerak.
Chuchuk suvlarda yashaydigan qorinoyoqli molluskalardan kichik chuchuk
suv shilliqqurti (Lymnaea truncatula) jigar qurtining oraliq xo'jayini, qo'y, echki,
qoramol, tuya, ot, cho'chqa, kemiruvchilar va ba’zan odamlar parazitning asosiy
xo'jayini bo'lib xizmat qiladi. Hozirgi vaqtda fassiolaning oraliq xo'jayini bo'lib
18 turga kiruvchi chuchuk suv molluskalari hisoblanadi.
Jigar qurti nihoyatda serpusht, bitta jigar qurti bir hafta davomida bir millionta-
gacha tuxum qo'yishi mumkin. Tashqi muhitdaqulay sharoitboMganda, 17-18 kunda
usti mayda kiprikchalar bilan qoplangan, harakatchan lichinka-miratsidiy chiqadi.
M iratsidiylar 2-3 kun suvda erkin suzib yuradi va keyingi rivojlanishi uchun oraliq
xo'jayini - qorinoyoqli molluskalami topib, xartumi orqali molluska chig'anog'ini
teshadi va uning ichiga kiradi. So'ngra bu lichinkalar molluska jigariga o'rnashib,
kiprikli ustki qavatini tashlab, qopga o'xshash shaklga ega bo'lgan keyingi lichinka
lik davri - sporotsistaga aylanadi. Sporotsista ichidagi embrion hujayralari parteno-
genez (otalanmasdan) yo'li bilan ko'payib, lichinkaning navbatdagi generatsiyasi -
rediyalarni hosil qiladi. Rediyaning kalta xaltaga o'xshash ichagi bo'ladi. Bitta
sporotsistada 10-15 ta rediyalar yetiladi. Sporotsista yorilib, rediyalar molluska
tanasiga chiqadi. Rediyalar murakkabroq tuzilgan bo'lib, ularda og'iz, shoxlanma-
gan to 'g 'ri ichak, ichki qismida esa tuxum (embrion) hujayralari bo'ladi. Bunday
rediyalar sporotsista po'stini yorib chiqib, mustaqil ravishda rivojlanishini davom
ettiradi. Rediyalar molluska ichida 2-2,5 oy yashaydi. Cho'ziq shakldagi rediyalar
ham partenogenetik yo'l bilan ko'payib, jigar qurtining navbatdagi lichinkalik dav
ri - serkariylami hosil qiladi. Serkariylar rediyalardan keskin farq qilib, ularning
tanasi tuxum shaklida, 2 ta so'rg'ichi, y a’ni og'iz va qorin so'rg'ichi. 2 shoxchaga
b o ‘lingan o'rta ichagi, anchagina rivoilangan ayiruv organlar sistemasi, jinsiy or
ganlar boshlang'ichi va orqa uchida lichinkaga xos organ muskulli dumi bo'ladi.
Serkariylar ana shu dumi orqali suvda suzadi. Demak, serkariylar m a’lum darajada
voyaga yetgan jigar qurtiga o'xshaydi. Serkariylar rediya tanasidagi teshik orqali
molluska tanasidan suvga chiqadi. Serkariyalar ham miratsidiylar singari oziqlan
maydi. M a’lum vaqt (24-48 soat) suvda suzib yurib, so'ngra yumaloqlanadi, dumi
tushib ketadi va o'zidan chiqqan po'stga, y a’ni sistaga o'ralib, adoleskariy deb ata-
48
ladigan keyingi lichinkalik davriga aylanadi. Adoleskariylar suv ustida suzib yuradi
yoki ko'pincha suv o'tlariga yopishgan holda suv ostiga cho'kib, uzoq vaqt tiriklik
xususiyatini saqlab qoladi. Adoleskariy yuqumli (invazion) holat hisoblanadi. Ular
o4 va suv orqali asosiy xo'jayinlari (umurtqali hayvonlar) yoki odam organizmiga
o'tadi. Xo'jayini ichagida sistaning qobig'i eriydi. yosh parazit hayvonning ichak
devorlariga yopishib qon kapillyarlari orqali jigar o 't yo'llariga o'tadi va u yerda
jinsiy voyaga yetib, yuqoridagi hayot jarayoni yana takrorlanadi.
Ba’zi so'rg'ichlilarda (shistosomalida turkumi vakillarida) adoleskariy hosil
bo'lm aydi va serkariyning oidingi uchida maxsus moslamasi (xartumi) bo'lib.
uning yordamida serkariylar asosiy xo'jayini tanasiga kiradi. 2 ta oraliq xo'jayin
orqali rivojlanadigan so'rg'ichlilarda birinchi oraliq xo'jayini, albatta, birorta
suv yoki quruqlikda yashaydigan molluska bo'ladi. Birinchi oraliq xo'jayindan
tashqariga chiqqan serkariylarning ikkinchi oraliq yoki qo'shim cha xo'jayinga
kiruvcliilarida to'qim ani yemiruvchi bezlar ancha rivojlangan. Bunday serkariylar
ikkinchi oraiiq xo'jayinlariga (ninachi lichinkalariga. baiiqlarga) kirib, bu yerda
ular adoleskariy davriga to 'g 'ri keladigan lichinka metatserkariyga aylanadi. Bunda
asosiy xo'jayin metatserkariysi bo'igan ikkinchi oraliq xo'jayinlarni yutib yuborsa,
ular o'zlariga metatserkariyni yuqtiradilar.
Shunday qilib, miratsidiyning molluska organizmiga kirib serkariyga aylanishi-
ga qadar 60-90 kun kerak bo'ladi. Partenogenetik yo'li bilan ko'payib, bitta mi-
ratsidiydan 600-800 tagacha serkariylar yetishib chiqadi. Asosiy xo'jayini organiz
miga kirgan adoleskariylar 2,5—4 oydan keyin jinsiy voyaga yetadi va ular asosiy
xo'jayinlar organizrnida o'rtacha 10-12 oydan 3-5 yilgacha, ba’zan esa 10 yildan
ortiq hayot kechiradi.
Jigar qurti asosan qon va jigar to'qim asi bilan oziqlanib, o 'z xo'jayiniga katta
zarar yetkazadi. Bu parazit jigardagi o 't yo'ilarida ohak to'planishi va uning bekili-
shi tufayii jigarda o g 'ir kasallik tug'diradi. Jigar qurti keltirib chiqaradigan kasallik
fassiolyoz deyiladi. Bu kasallik qo'zg'atuvchilari ko'proq sersuv to'qayzorlarda,
chuchuk suvlari ko'p bo'igan yaylovlarda keng tarqalgan. Ayniqsa, yaylovlami al-
mashtirmasdan kasal hayvonlami bir joyning o'zida uzoq vaqt boqilsa fassiolyoz
keng tarqaladi. Chunki kasal hayvon o 'z tezagi bilan uzluksiz parazit tuxumini
chiqarib turadi. Umuman, fassiolyoz yer yuzida keng tarqalgan. Prof. N.V. Demi-
dovning m a’iurnotiga qaraganda MDH mamlakatlarida har yili chorva mollarining
fassiolyoz kasalligidan nobud bo'lishi natjjasida 1500-2500 tonna go'sht va bir
million tonnadan ortiq sut yo'qotiladi. Bu kasallik O 'zbekistcnda ham keng tarqal
gan bo'lib, mahsuldor mollaming 35,9-65,5 %i fassiolyoz bilan kasallangan.
4 - P a ra z ito lo g iy a
49
Respubiikamizda fassiolaning 2 ta turi, y a’ni oddiy jigar qurti (Fasciola hepatica)
va gigant jigar qurti (Fasciola gigantica) uchraydi. Odamlar ham fassiolyoz bilan
kasallanishi mumkin. Bunda odamlar tasodifan jigar qurtining ko'zga ko'rinm as
lichinkalari (adoleskariylari) bor bo'lgan hovuz, ko‘l va xalqob suvlarni ichganda
yoki har xil suv o'tlarini yuvmasdan iste’mol qilganda ularni o'zlariga yuqtiradi.
Masalan, Fransiyaning Lion shahri yaqinida 500 dan ortiq kishi fassiolyoz kasalligi
bilan og'rigan. Olimlaming tekshirishicha bu odamlar botqoqlikda o'sadigan krest-
salat o'tini iste’mol qilib, bu kasallikni o'zlariga yuqtirganlar.
Respubiikamizda 1928—1976-yillar mobaynida 40 dan ortiq odamlar fassiolyoz
bilan og'riganligi qayd qilingan. Umuman, odamlar bu kasallik bilan og'rim asligi
uchun, avvalo oqmaydigan suvni qaynatmasdan ichmasliklari, suv va botqoqlik-
larda o'suvchi o'tlam i yaxshilab yuvib iste'm ol qilishlari kerak. Kasallangan odam
lar albatta xloksil preparati bilan davolanishlari lozim.
Jigar qurti bilan kasallangan hayvonning ishtahasi yo'qoladi, ichi ketadi, suti
kamayadi. Kasai hayvonning qorni, ko'kragi va tomog'i atrofida shishlar paydo
bo'ladi. Kasallik davolanmasa o'lim bilan tugaydi.
Fassiolyoz bilan kasallangan chorva mollarini davolash uchun ularga fassiolalar-
ni o'ldiradigan va ularni hayvon tanasidan haydab chiqaradigan dorilar (angelmint-
lar) beriladi. Bunday preparatlarga ugierod IV-xlorid, geksaxlorparaksilol, filiksan,
geksaxloretan, dertil “О”, “ B”, geksixol, asemidofen, faskoverm, disalan, bitionol
va boshqalar kiradi.
Hayvonlarga fassiolyoz yuqtirmaslik uchun, avvalo, yaylov va suv manbalarida
jigar qurti lichir.kalarining tarqalishiga yo'l qo'ym aslik, fassiola yuqishidan saqlash,
tezaklami zararsizlantirish, irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini tartibga solish,
botqoqliklami quritish, fassiola lichinkalari bilan zararlangan m olluskalam ing bio-
toplarini mis kuporosi (1:5000), dixlosalitsilaniiid, ammiak selitrasi eritmasi bilan
ishlash, yaylovlami almashtirish va boshqa chora-tadbirlarni ko'rish kerak.
Trematodalaming keng tarqalgan turlaridan yana biri, bu
Dostları ilə paylaş: |