S o‘rg ‘ichlilar sinfidan - prostogonimus (Prosthogonimus^ urug'ining vakil
lari, ayniqsa, Prosthogonimus ovatus va Prosthogonimus cuneatus turlari tovuq,
kurka, o'rdak, g 'o z va boshqa yovvoyi parrandalarning fabritsiyev xaltasi va tu-
xumdonlarida parazitlik qilib, prostogonimoz kasalligini keltirib chiqaradi.
Bu parazitning tanasi noksimon shaklda, darzo-ventral tom ondan yassilangan.
Uzunligi 3 - 6 mm, eni esa 1-2 mm keladi. Ichaklari og'iz so 'rg 'ich i bilan qorin
s o 'rg 'ich i oralig'ida ikkiga shoxlangan. Qorin so'rg'ichi o g 'iz so 'rg 'ic h ig a nisba-
tan ancha yirik. Urug'donlari ikkita. ovalsimon ko'rinishda, asosan tanasining orqa
yarmida joylashgan. Tuxumdoni qorin so'rg'ichining yuqorisida, sariqlik bezlari
tananing ikki yon tomonida, bachadoni esa tanasining orqa tomonida joylashgan.
Prostogonimning rivojlanishi uchta xo'jayinda ketadi (19-rasm). Birinchi oraliq
xo'jayini chuchuk suvda yashovchi Bithynia va Gyraulus urug'iga mansub mol
luskalar, ikkinchi oraliq xo'jayinlari. y a ’ni qo'shim cha xo'jayinlari har xil turga
kimvchi ninachilar (Libellula, Anax, Sympetrum va boshqa urug'lar turlari) va
asosiy xo'jayinlari esa parrandalar hisoblanadi. Parazitning tuxumlari parrandalar
ning tezagi bilan tashqi muhitga, suvga tushgandan 8 -1 4 kundan keyin tuxumdan
miratsidiy chiqadi va faol harakat qilib. birinchi oraliq xo'jayini - molluskalaming
ichiga kiradi, M olluskajigarida miratsidiy sporotsistaga aylanadi va sporotsista ichi
da uzun dumli serkariylar yetiladi va ular molluskadan suvga chiqadi. Keyinchalik
serkariylar ikkinchi oraliq xo'jayin - ninachilar lichinkasining ichiga kirib oladi.
Bu yerda serkariy ninachi lichinkasi ichagining devorini teshib, qorin muskuli
oralig'iga kelib joylashadi va to'rtinchi kuni metatserkariyga aylanadi. Metatserka-
riy kapsulaga o'ralib, 70 kundan keyin yuqumli (invazion) holatga aylanadi. Asosiy
xo'jayinlari - parrandalar metatserkariy bilan zararlangan ninachilar va ularning
54