mushuk ikki so ‘rg ‘ichlisi yoki
sibir ikki s o ‘r g ‘ichlisi (Opisthorchis felineus) hisoblanadi (2 0 -rasm).
Bu parazit asosan mushuk, it, tulki,
sher, ch o ’chqa va odamning jigarida, o 't
yo'llarida, o 't pufagida hamda oshqozon
osti bezlaridaparazitlik qilib yashaydi. U aso
san G 'arbiy Sibirda k o 'p tarqalgan.
Ko'rinishi nashtarsimon ikki s o 'rg 'ic h -
liga o'xshaydi, lekin tanasi biroz kichik,
y a ’ni 8-13 mm uzunlikda bo'ladi. Bir
ju ft urug'donlari va bir dona tuxumdoni
gavdasining orqa tomonida joylashgan.
Bachadoni k o 'p shoxlangan bo'lib, tana
bo'shlig'ining oidingi yarmini to'ldirib
turadi
Mushuk ikki so'rg'ichlisining, ya'ni
opistorxisning rivoj ianishida uchta xo'jayin
qatnashadi. Yuqorida aytilgan sutemizuv-
chilar va odam definitiv (asosiy) xo'jayin
bo'Isa, chuchuk suvda yashovchi qorin-
oyoqli molluska - bitiniya (Bithynia leachi) birinchi oraliq xo'jayin, sazan (zo g'o ra
baliq), karas (tobon baliq), leshch (oqcha), yaz va boshqa baliqlar ikkinchi oraliq
yoki q o 'shim cha xo'jayin hisoblanadi.
Parazitning tuxumlari asosiy xo'jayini o 't suyuqligi orqali ichakka va undan ax
lati bilan tashqi muhitga chiqadi. Molluska parazit tuxumlarini yutib yuboradi va
uning organizmida tuxumdan miratsidiy lichinkasi chiqib, harakatsiz sporotsistaga
aylanadi va molluska jigariga o 'm ash ib oladi. Bu yerda sporotsistalardan rediyalar
hosil bo'ladi. Rediyalar o'sishi bilan partenogenetik usulda ko'payib, serkariylar-
ga aylanadi. Serkariylar harakatchan bo'lib, molluska tanasidan suvga chiqadi va
keyingi rivojlanishi uchun ikkinchi oraliq, y a ’ni qo'shim cha xo'jayini - baliqlar
terisi ham da jabralariga yopishib oladi. Baliq terisini teshib muskul va biriktiruvchi
to'qimalari orasida pardaga o'ralib, taxminan 6 haftadan keyin metatserkariyga ay
lanadi. Kasallangan baliqlar bilan oziqlangan asosiy xo'jayinlar parazitni o'zlariga