parazitlik qiladi. Deyarli har bir koksidiya turi faqat m a’lum bir tur hayvonda
yashaydi. Voyaga yetgan koksidiyalar harakatsiz b o iad i.
Cho'zinchoq yosh shakllari, ya’ni sporozoit va merozoitlari faol harakat qiladi.
Koksidiyalarning ko'payishida jinsiy va jinssiz bo'g'inlarning to 'g 'ri gallanishi xa-
rakterlidir. Qoramol, qo‘y, echki, quyon va parrandalarda asosan Eimeria urug'ining
turlari parazitlik qiladi. Koksidiyalarning rivojlanishi barcha hayvonlarda bir xil
bo ‘lib, uchta rivojlanish davrlarini (shizogoniya, gametogoniya va sporogoniya
davrlarini) o‘taydi (9-rasm).
9 - r a s m . E i m e r i a m e d i a n i n g q u y o n ic h a g i d a (A ) v a t a s h q i m u h i t d a (B ) r iv o j la n i s h sikli:
1 -s p o ro z o it; 2 -4 - s h iz o n tla m in g b irin c h i v a k e y in g i g e n e ra ts iy a s i; 5 -m e ro iz o tla m in g
u c h m a rta
g e n e ra ts iy a s i; 6 -m ik ro g a m e ta v a
6 -A
m a k r o g a m e ta la m in g riv o jla n is h i; 7 -m ik ro g a m e ta la r; 8 -z ig o ta
(o o tsis ta ); 9 -o o ts is ta n in g q u y o n o rg a n iz m id a n ta s h q i m u h itg a c h iq ish i; 1 0 - ! 2 -s p o ro g o n iy a .
Bunda shizogoniya va gametogoniya davrlarining taraqqiyoti x o ‘jayinlar ichki
organlarida (endogen davri), sporogoniya davrining taraqqiyoti esa tashqi muhitda
(ekzogen davri) o'tadi.
Shizogoniya (jinssiz ko'pavish davri) davrida mahsuldor hayvonlar, jumladan,
quyonlar oziq-ovqat yoki suv bilan birga koksidiya ootsistalarini yutib yuboradi.
Ootsista ichida 4 ta spora va har bir spora ichida 2 tadan sporozoitlar bo'ladi. Qu-
29
yon ichida ootsistaning qobig'i crib ketib, sporalaming po'sti yoriladi va ulardan
duksimon ko'rinishdagi harakatchan sporozoitlar chiqadi. Sporozoitlar tezlikda
epitelial hujayralarga kirib oladi va yumaloqlanib o ‘sib,
hajmi kattalashadi hamda
yadrosi bir nechtaga (8-60 ta) bo'linadi. Yadrolar soniga qarab, sitoplazma ham
o ‘shanchaga boTinadi va yangi avlod, ya'ni merozoitlar shakllanadi.
Merozoitlar epiteliy hujayralaridan ichak bo'shlig'iga chiqib, qaytadan sog'lom
epitelial hujayralarga kirib oladi va yana jinssiz yo'l bilan ikkinchi generatsiyani
hosil qiladi. Shunday usulda jinssiz ko'payish 4-5 marta takrorlangandan keym
merozoitlardan jinsiy hujayralar (gametalar) hosil bo'la boshlaydi.
Gametogoniva (jinsiy yo'l bilan ko'payish) davrida epitelial hujayralarga ki
rib olgan bir guruh merozoitlardan makro va mikrogametotsitlar hosil bo'ladi.
Keyinchalik har qaysi makrogametotsitdan bitta makrogameta va har qaysi mikro-
gametositdan esa kichkina, uzunchoq shaklli, bir juft xivchinlari bo'lgan bir nechta
harakatchan mikrogametalar hosil bo'ladi. Mikrogametalar epiteliya hujayralaridan
ichak b o ‘shlig‘iga chiqib, hujayralardagi kam harakatchan
makrogametalar bilan
qo'shiladi va natijada zigota hosil bo'ladi. Zigota qobiqqa o'rahb, ootsistaga ayla
nadi va ichak bo‘shlig‘iga chiqadi.
Sporogoniva davrida koksidiyalaming ootsistalari faqat kislorodli muhitda rivoj
lanadi. Shu sababli, ootsista xo'jayin tezagi bilan tashqi muhitga chiqadi. Ootsista
ning ikki qavatli po ‘sti himoya vazifasini bajaradi. Qnlay sharoitda ootsista rivojla-
na boshlaydi. Dastlab, yadrolar 4 taga bo'linadi, m a’lum vaqtdan keyin sitoplazma
ham yadrolar soniga qarab, 4 ga bo'linadi va ootsistada sporoblastlar shakllanadi.
Keyinchalik, sporoblastlardan sporalar, sporalar ichida esa 2 tadan sporozoitlar hosil
b o ‘ladi. Shunday qilib, sporogoniyada har bir ootsistada 4 ta spora va 8 ta sporozoit
voyaga yetadi. Ootsista ana shu davrda invaziyali (zararlaydigan) bo'lib qoladi.
Bunday invaziyali ootsistalar hayvonlarning ichagiga tushganda, sporalardan va
ootsistadan sporozoitlar chiqadi hamda rivojlanish yana qaytadan boshlanadi.
Koksidiyalaming 10 tadan ortiq turi qoramollarda, 10 ga yaqin turi qo'y va
echkilarda, 10 ta turi quyonlarda va 8 ta turi parrandalarda uchrashi aniqlangan.
Baiiqchiiikka esa karp koksidiyasi zarar keltiradi. Odamlarda ham koksidiyalardan
Eimeria sardinae va Isospora urug'i turlari parazitlik qiladi.
Koksidiyalar koksidioz kasalligini vujudga keltiradi. Kasallangan hayvonlar
ning ishtahasi pasayadi, o ‘sishi
susayadi, ich ketish, kamqonlik kuzatiladi, hayvon
ozadi. Hayvonlarni zich joylashtirish, binolaming zax b o ‘lishi, koksidiyalar uchun
qulay sharoitni vujudga keltiradi. Hayvon koksidiozi odamga yuqmaydi. Kasal-
30
langan hayvonlarni sulfamilamidlar, antibiotiklar, oltingugurt,
furatsetin va boshqa
preparatlar bilan davolash hamda zoogigiyena qoidalariga rioya qilish kerak.
M olxonalar muntazam ravishda dezinfeksiya qilinadi. X o‘jaliklarda mol boqish
dala almashtirish bilan olib boriladi. Mollar eng to'yim li yem-xashaklar bilan bo-
qiladi.
Koksidiyalar turkumiga yana qushlar, sutemizuvchilar, jumladan, odamlaming
jigari, talog‘i, bosh miyasi, qon tomirlarida parazitlik qilib kasalliklar tug'diruvchi
toksoplazmalar urug‘i vakillari (Toxoplasma gondii) va qushlar hamda sutemi-
zuvchilaming muskullarida parazitlik qiluvchi sarkosporidiyalar (Sarcosporidia),
y a ’ni go'sht sporalilar urug‘i vakillari ham kiradi.
Tug'm a toksoplazmozda kasallik ona organizmidan homilaga o'tadi va homi-
laning
nerv sistemasi, ko'zlari va boshqa a ’zolarini zararlaydi, bola barvaqt yoki
o iik yoxud mayib-majruh bo'lib tugiladi. Toksoplazmada tirik tug'ilgan bola aq-
lan va jismonan sust rivojlanadi. Yaxshi gapira olmaydi va unda miokardit, pnev-
moniya, meningoensefalit, alegofreniya, epilepsiya kabi og‘ir kasalliklar kuzatiladi.
Orttirilgan o ‘tkir toksoplazmoz esa tcrlamaga o'xshash kechib, bemor isitmalaydi,
tom og'i o g iiy d i, jigari va talog'i shishadi yoki ko'pincha nerv sistemasi zararlanib,
boshi og'riydi, qavt qiladi, falajlanadi. Xror.ik toksoplazmada, odatda, bemoming
gavda harorati
uzoq vaqt yuqori b o ia d i, boshi, tom og'i, mushaklari og'riydi, limfa
tugunlari va jigari shishadi. Mehnat faoliyati susayadi. Shuningdek, bemor psixi-
kasming buzilishi, talvasaga tushib falajlanishi, ko‘zi, yuragi zararlanishi mumkin.
Toksoplazmoz yashirin kechishi ham mumkin. Toksoplazmozning oldini olish
uchun uy hayvoniarini sanitariya nazoratida saqlash, homilador ayollami tibbiyot
ko ‘rigidan o ‘tkazish zarur.
Hayvoniardan - qo’y, echki, cho'chqa, it, quyon va har xil kemiruvchilar hamda
parrandalar toksoplazmoz bilan kasallanadi. Kasallik
ona hayvoniardan bolasiga
sut orqali, bir-biriga yaqin bo'lish hamda turli kemiruvchi va hasharotlar orqali
o'tadi. Kasai hayvonda yo'ldosh ushlanishi, bola tashlash, umumiy holsizlanish,
organizm uvishishi va teri zararlanishi kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: