S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a


Rishta fDracuncuius medinensis)



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/136
tarix16.12.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#183403
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   136
Parazitologiya.Дадаев С

Rishta fDracuncuius medinensis) 
yoki drakunkul ipsimon ko'rinishdagi ne­
matoda bo'lib, O 'rta Osiyo respublikaiarida rishta (ip) deb ataladi. Mutafakkir olim 
A bu AI i ibn Sino rishtani irk-almedini deb atagan va bu parazit keltirib chiqaradi- 
gan kasailikni birinchi marta o'rgangan ailomadir.
Rishta ayrim jinsli bo'lib, jinsiy dimorfizm yaqqol ko'rinadi. U rg'ochisining 
uzunligi 32 sm dan 150 sm gacha boradi, erkagi esa 12-30 mm atrofida bo'ladi 
(34-rasm).
Rishta biogelmint bo'lib, rivojlanish siklida 2 ta xo'jayin qatnashadi. Rishtaning 
asosiy xo'jayini odam, ayrim hollarda esa maymun, it, mushuk, tulki, chiyabo'ri, 
qoplon va boshqa sutemizuvchilar bo'lib, jinsiy voyaga yetgan parazit ularning 
terisi ostidagi biriktiruvchi to'qim asida va ko'pincha oyoq terisi ostida parazitlik 
qilib yashaydi. Oraliq xo'jayini esa suvda yashovchi qisqichbaqasimonlardan -
sikloplardir. Rishtaning erkagi urg'ochisini otalantirgach, halok bo'ladi. Rishtaning 
urg'ochisi urug'langandar. so'ng, lichinkalar tug'ish uchun odamning qo'l-oyoq-
iOl


lari terisi ostiga ko'chadi va m a ’lum vaqtdan keyin terida shishlar (pufakchalar) 
paydo bo'ladi. Bunday shishlar suvga tekkanda (qo'1-oyoqlarni yuvganda yoki 
cho'm ilganda) yoriladi va ulardan parazitning lichinkalari suvga tushadi.
Suvda rishta lichinkalarini sikloplar oziq sifatida yutib yuboradi. Siklop tana­
sida lichinka rivojlanib, 12-14 kundan keyin yuqumli (invazion) holatga ayla­
nadi. Odam va boshqa asosiy xo'jayinlar suv orqali zararlangan sikloplami yutib 
yuboradi va rishtani o'zlariga yuqtiradi. Asosiy xo'jayini ichagida sikloplar hazm 
sekretlari ta ’sirida hazm bo'ladi, undan chiqqan lichinkalar ichak devori orqali qon 
aylanish sistemasiga o'tadi va organizm bo'ylab migratsiya qiladi. Migratsiya davri 
tugallangach, rishtaning lichinkasi bem om ing teri osti yog' qavatiga joylashib oladi 
va bir yildan keyin jinsiy voyaga yetadi. Shundan so 'ng urg'ochi rishtalar yana teri 
ostiga ko'chib, yuqorida bayon etilgan hayot siklini takrorlaydi.
Dunyo bo'vicha sikloplarning 15 dan ortiq turlari rishtaning oraliq xo'jayini 
hisoblanadi. M D H da esa 5 tur sikloplar rishtaning oraliq xo'jayini ekanligi aniq- 
langan. Rishta keltirib chiqaradigan kasallik drakunkulyoz deb ataladi. Agarda 
rishta kasallangan odam terisi ostida o'lsa, odam organizmiga parazitning zahar-
li moddalari so'riladi va natijada odam badanida har xil toshmalar (eshak yemi) 
paydo bo'ladi. badan qichishadi, bosh aylanadi, nafas olish qiyinlashadi, organizm 
oriqlaydi. B a ’zan esa b o 'g'inlarning yallig'ianishi, ko'ngil aynishi va qusish hollari 
ham ro 'y beradi.
U m um an, rishtaning atrof-muhitga keng tarqalishida asosiy manba - kasallan­
gan odam hisoblanadi. Bu kasallik asosan issiq iqllmli mamlakatlarda, y a ’ni A f­
rika. Lotin Amerikasi va Janubiy Osiyo davlatlarida keng tarqalgan. Hozirgi vaqtda 
rishta bilan yer yuzida 45 mln. ga yaqin odam kasallangan. M D H da O 'rta Osiyoda, 
ayniqsa, Buxoroda ] 930-yillargacha rishta odamlarda tez-tez uchrab turgan. Bi- 
rinchi marta rishtani 1872-yili A.P.Fedchenko topgan bo'lsa, A.M.Isayev esa B u ­
xoroda rishtani rivojlanish siklini to'liq o'rganib. uni yo'qotish chora-tadbirlarini 
ishlab chiqqan.
Avvalgi davrlarda rishtadan qutulishning birdan-bir chorasi nematodani cho 'p g a 
o 'rab asta-sekin teri ostidan t.ortib chiqarib olish bo'lgan. Hozirgi kunda ham bu 
usul o'zinir.g qimmatini yo'qotgani yo'q. Bundan tashqari, kasallik kimyoviy dori- 
lar bilan ham davolanadi. Bunday kimyoviy preparatlar qatoriga ambilgar. tiaben- 
dazol. metronidazol va boshqalar kiradi.
1932-yilda sobiq lttifoqda rishta odamlarda batamom tugatilgan. Rishta tugatili- 
shining asosiv sabablari uning manbai bo'lg an hovuzlarni quritish yoki dezinfeksi- 
yalash, vodoprovodlar qurisli, hovuzlardan к о т suv ichmaslik, oyoq-qo'llarni suv
102


ichadigan havzalarda yuvmaslik hamda rishta bilan kasallangan odamlarni aniqlab
ularni davolashdan iborat b o ig a n . Hozirgi kunda rishta bilan zararlanish yovvoyi 
hayvonlar o it a s id a uchrab turadi.

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin