1-Ma’ruza Mavzu: Multimedia tushunchasi. Multimedianing xususiyatlari Reja



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/46
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183444
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   46
МАЪРУЗА (3)

Maruza. Mavzu:
Marshrutizatsiya va signalizitsiya protokollari: RIP,OSPF, 
IGRP, EIGRP, EGP, BGP. 
Tarmoq sathining ishini marshrutizatsiya va signalizatsiyaning bir qator 
protokollari bajaradi: RIP (Routing Internet Protocol), OSPF (Open Shortest Path 
First), IGRP (Interior Gateway Routing Protocol), EIGRP (Enhanced IGRP), BGP 
(Border Gateway Protocol), RAP (Routing Access Protocol), RSVP (Resource 
Reservation Protocol) va boshqalar.
TCP/IP protokollar steki kanal sathida protokollarning katta soni va IP 
protokolning paketlarini inkapsulyatsiyalaydigan tarmoq texnologiyalari bilan 
o‘zaro ta’sirlashadi.
Marshrutlash usullari. 
Marshrutizatsiyalash protokollari o‘zida dinamik 
tarzda rivojlanayotgan Internet protokollarining murakkab guruhini ifodalaydi. 
Marshrutizatsiya deb – jo‘natuvchidan qabul qiluvchiga axborotni uzatishning 
optimal yo‘lini qidirish masalasini yechish tushuniladi. Bu masalani yechuvchi 


qurilma marshrutizator (router) deyiladi. IP-tarmoqlarda marshrutlashning asosiy 
parametri IP-protokoldagi adres hisoblanadi. Internet tarmog‘i domenlar (domains) 
yoki o‘zaro bog‘langan o‘zaro avtonom tizimlarning yig‘indisi sifatida tashkil 
etilgan. Avtonom tizim yagona ma’muriy boshqarish va umumiy marshrutlash 
strategiyasiga (policy routing) ega bo’lgan IP tarmoqdan iborat. Domenlar 
chegarasida ichki marshrutlash protokollari qo‘llaniladi (Interior Gateway 
Protocol, IGP), ular orasida tashqi marshrutlash protokollari (Exterior Gateway 
Protocol, EGP) qo‘llaniladi. 
RIP protokoli. 
RIP protokoli – bu katta bo‘lmagan domenlar uchun 
mo‘ljallangan ichki marshrutlash protokoli. RIP protokolini birinchi turi RFC 
1058, ikkinchisi - RFC 1722 xujjatlarda standartlashtirilgan. RIP protokoli 
axborotni uzatish uchun UDP (520 port) protokolini qo‘llaydi. RIP axboroti 
tarmoqning IP-adresidan va qadamlar sonidan (marshrutizatorlardan) iborat. 
Qadamlarning maksimal soni -15 ta. RIPning bitta xabarida 25 ta tarmoqlar haqida 
axborot 
bo‘lishi 
mumkin. 
RIP 
ishlaydigan 
marshrutizator 
boshqa 
marshrutizatorlardan RIP axborotini olib, boshqa tarmoqlarga yo‘nalishlar 
yozilgan o‘zining marshrutlash jadvalini har 30 daqiqada yangilaydi va ular 
yordamida tarmoq bo‘ylab paketlarning harakatlanishini bajaradi. 
Protokolning kamchiligi: 
-
har doim eng samarali marshrutni tanlamaydi; 
-
sekin moslashishi tufayli logik ilmoqlar hosil bo‘ladi va marshrutizator 
ishida to‘xtab qolishdan keyin jadval sekin qayta yangilanadi; 
-
tarmoqqa yuklanadigan katta sondagi xizmat axborotlarini (marshrutlash 
jadvali) keng eshittirishli jo‘natmalari qo‘llaniladi; 
-
marshrutlash domenini o‘lchash chegaralangan (15 o‘tishlar); 
-
tarmoq tagi adreslari bilan ishlamaydi va avtonom tizimlarni farqlamaydi. 
OSPF protokoli 
RFC 1370, 1578, 1793, 1850, 2328 xujjatlarda 
standartlashtirilgan. Kanallar holati algoritmini qo‘llash asosida ichki va tashqi 
marshrutizatlash uchun qo‘llaniladi. Bir nechta zonadan iborat bo‘lgan avtonom 
tizimga xizmat ko‘rsatishi mumkin. OSPF protokoli RIP protokolidan yetarli 


darajada samaralidir. OSPF protokoli asosida ishlaydigan marshrutizator, xizmat 
ko‘rsatish sifatini xarakterlaydigan metrikali tarmoq grafasini tahlil etib, 
yo‘nalishlarni optimallashtirish muammolarini yechadi. 
Metrikalarning asosiy parametrlari quyidagilar hisoblanadi: o‘tkazish 
qobiliyati, kechikish, ishonchlilik, qo‘shimcha parametrlarga kanalning yuklanishi 
va xavfsizlik. Faqat tarmoq topologiyasi o‘zgarganda marshrutizator axborotlar 
bilan almashadi. RIPga qaraganda OSPF protokoli tez yo‘nalish jadvalini qayta 
tuzadi. 
OSPF protokolining asosiy afzalliklariga quyidagilar kiradi: 
-
tarmoq topologiyasi o‘zgarganda qisqa axborotlarni guruhli uzatishni 
qo‘llash. Bu esa tarmoqni samarasiz yuklanishini kamaytiradi; 
-
o‘tkazish qobiliyatiga bog‘liq holda axborotlarni parallel kanallar 
bo‘yicha taqsimlashni ta’minlaydi. Bu esa butunlay tarmoq ishini yaxshilaydi. 
IGRP va EIGRP protokollari. 
Bu protokollar Cisco Systems firmasi 
tomonidan ishlab chiqilgan va ichki marshrutlash uchun qo‘llaniladi. IGRP 
“vektor-masofa” algoritmini qo‘llaydi, RIP protokoliga qaraganda qisman yaxshi 
xarakteristikalarga ega: 
-
murakkab topologiyali tarmoqlarda ishonchli ishlaydi; 
-
RIPga qaraganda eng yaxshi moslashishga ega; 
-
xizmat axborotlarini uzatish hajmini qisman kamaytiradi; 
-
bir xil metrikali kanallar orasida axborotni taqsimlaydi. 
Protokol metrikasiga kanalning quyidagi parametrlari kiradi: o‘tkazish 
qobiliyati, kechikish, yuklanish, ishonchlilik. Bu parametrlar keng oraliqlarda 
o‘zgarishi mumkin. Masalan, o‘tkazish qobiliyati 1200 bit/s dan 10 Gbit/s gacha 
o‘zgarishi mumkin. 
EIGRP protokoli “vektor-masofa” va “kanallar holati” algoritmlarining 
barcha afzalliklarini birlashtiradi. Protokol – tarmoq topologiyasi o‘zgarganidan 
so‘ng marshrutizatorga ishini tez qayta yangilash imkonini beruvchi – 
taqsimlangan yangilash algoritmi bazasida (Distributed Update Algorithm, DUAL) 
amalga oshirilgan. 


Protokol quyidagilarga ega: 
-
qo‘shnini topish imkoni; 
-
DUAL algoritmi; 
-
axborotni IP ga mukammal kiritish mexanizmi. 
EGP va BGP protokollari 

 
Internet tarmog‘ini tashqi marshrutlash 
protokollariga kiradi. Marshrutlashni ichki protokollari yordamida tizim haqidagi 
axborotni yig‘uvchi, turli avtonom tizimlarni ajratilgan marshrutizatorlari EGP 
protokoli yordamida o‘zaro ta’sirlashadi. EGP prtokolining kamchiliklariga 
quyidagilar kiradi: metrika qo‘llanilmaydi, ya’ni intellektual marshrutlash 
bajarilmaydi, yo‘nalishlar ilmog‘ini hosil bo‘lishi kuzatilmaydi, xizmat axborotlari 
katta o‘lchamga ega. 
Oxirgi vaqtlarda EGP o‘rniga mukammalroq BGP protokoli qo‘llanilmoqda, 
o‘z navbatida xizmat axborotlarini uzatish uchun TCP protokoli qo‘llaniladi. TCP 
protokoli marshrutli axborotni yetkazishni kafolatlaydi. BGP to‘liq EGP 
protokolining kamchiliklarini bartaraf etadi. Metrika sifatida kanalda uzatish 
tezligi, uning ishonchliligi qo‘llaniladi. Hozirda BGP (3-tur) – bu oxirgi avtonom 
tizimlarga yo‘nalishni aniqlaydigan Internet tarmog‘ining asosiy protokoli 
hisoblanadi. 
19-

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin