1-Ma’ruza Mavzu: Multimedia tushunchasi. Multimedianing xususiyatlari Reja



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/46
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183444
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
МАЪРУЗА (3)



1-Ma’ruza 
Mavzu: 
Multimedia tushunchasi. Multimedianing xususiyatlari
 
 
Reja 
1.
Multimediya tusunchasi 
2.
Multimediya tarmoqlar. 
3.
Multimediyali axborotlarning xususiyatlari 
Multimedia, multi – ko‘p, media — muhit deb tarjima qilinadi. Multimedia, 
turli (matn, grafika, rasm, tovush, animatsiya, video) ko‘rinishdagi axborot bilan 
bog‘liq. Bunda ma’lumot turli axborot tashuvchilarda mavjud bo‘lishi mumkin 
(magnit va optik disklar). 
Multimedia – texnologiyalarining asosiy maqsadi – tovush, video, 
animatsiya va boshqa vizual effektlar bilan ta’minlangan dasturiy mahsulotlarni 
yaratishdan iboratdir.
1945 yilda amerikalik olim Vanniver Bush “MEMEX” nomli xotirani 
tashkil qilish g‘oyasini taklif qilgan, bu esa multimedia texnologiyalarini 
rivojlanishining g‘oyaviy sababi bo‘ldi. “MEMEX” nomli xotiraning asosiy 
g‘oyasi shundan iboratki, axborot belgilar, raqamlar, indekslar yoki alfabit tartibi 
bo‘yicha emas, balki mazmuniga qarab qidiriladi. “MEMEX” nomli xotira asosida 
gipermatn va gipermedia tizimlari yaratilgan.
Gipermatn - bu matnli ma’lumotlar bilan ishlash tizimi. Gipermedia - bu 
grafika, tovush, video va animatsiya bilan birgalikda ishlash tizimi hisoblanadi. 
Gipermatn va gipermedia tizimlarining birgalikdagi rivojlanishi multimedia 
yo‘nalishini kelib chiqishiga olib keldi.
80 – yillar oxirida amerikalik kompyuter mutaxassisi Bill Geyts “National 
Art Gallery of London” - “Londonning milliy san’at galereyasi” nomli dasturiy 
mahsulotni yaratgan. Bunda multimedia dasturini yaratishda turli muhitlardan – 
tasvir, tovush, animatsiya, gipermatn va gipermedia tizimlaridan foydalanilgan. 


Multimedia texnologiyalarining asosiy afzalliklari va xususiyatlariga 
quyidagilar kiradi:
- bitta axborot tashuvchida katta hajmli turli ma’lumotlarni saqlash 
imkoniyati (20 ta tomga yaqin matnlar, 2000 va undan ham ko‘p yuqori sifatli 
tasvirlar, 30–45 minutli video yozuvlar, 7 soatga teng tovush ma’lumotlari);
-
ekranda tasvirni yoki uning ayrim fragmentlarini kattalashtirish 
imkoniyati (“lupa” rejimi). Tasvirning sifatini saqlab qolgan holda 20 
marotabagacha kattalashtirish mumkin. Bu imkoniyatdan tarixiy xujjatlar va san’at 
asarlarini taqdimot qilganda foydalanish mumkin;
-
tasvirlarni taqqoslash va turli dasturiy vositalar yordamida ularni qayta 
ishlash;
-
matnlar yoki turli ko‘rgazmali materiallarda kerakli joylarni belgilash va 
ular yordamida boshqa tushuntiruvchi ma’lumotga ega bo‘lish (gipermedia va 
gipermatn texnologiyasi); 
-
Internet global tarmog‘iga ulanish imkoniyati. 
Uzatish nuqtai nazaridan multimedia haqiqiy vaqtda uzatiladigan (Real 
Time–RT) yoki haqiqiy vaqtda uzatilmaydigan (Non Real Time–NRT) sinflarga 
bo‘linishi mumkin. Birinchi turdagi multimedia (RT), paketlarni kechikishiga 
cheklashlarni talab etadi, xuddi shu vaqtda multimedianing ikkinchi turi (masalan 
matn va tasvir) bunday cheklashlarni talab etmaydi, lekin ularni uzatishda 
xatoliklar paydo bo‘lmasligi uchun qat’iy cheklashlarga ega.
Multimediali ma’lumotlarni uzatishda xatoliklarni nazorat qilish uchun 
ikkita asosiy yondashushlar mavjud. Birinchi yondashish, yo‘qolgan yoki 
shikastlangan 
paketlarni 
uzatishda 
avtomatik 
takrorlashga 
(Automatic 
Retransmission reQuest – ARQ) asoslangan. Bu yondashish transport sathidagi 
TCP (Transport Control Protocol) protokolida TCP/IP protokoli stekida 
qo‘llaniladi. NRT-axborotni xatolarsiz uzatishni talab qiluvchi ilova, odatda aynan 
shu protokolni talab etadi.
Ikkinchi yondashishda (Forward Error Correction – FEC), paketlarni qayta 
uzatmasdan xatoliklarni aniqlash va to‘g‘rilash imkonini beruvchi ortiqcha 


axborotlar uzatiladi. Bunday yondashuv TCP/IP protokolining shu stekida 
transport sathining boshqa protokoli UDP (User Datagram Protocol) da 
qo‘llaniladi. Multimediali ma’lumotlarni almashuvchi, xatoliklarga yo‘l qo‘yuvchi 
(RT kabi NRT da ham) ilova, odatda paketlarni takroran uzatishda vaqt 
yo‘qotishlarini oldini olish uchun UDP ni qo‘llaydi.
RT - multimediali ma’lumotlarni diskret yoki uzluksiz oqim bilan 
uzatilishiga bog‘liq ravishda diskret (Discrete media – DM) va uzluksiz 
(Continuous media – CM) multimediaga bo‘linadi. O‘z navbatida SM xatoliklarga 
ruxsat beradigan va xatoliklarga ruxsat bermaydigan turlarga bo‘linishi mumkin. 
Birinchi turdagi RT-multimediaga misol qilib ovozli va videokonferensiyalarni 
o‘tkazishda qo‘llaniladigan ovozli va video oqimlarni olish mumkin. Ikkinchi 
turdagi RT-multimediaga misol qilib esa olisdagi kompyuterda ishga tushirilgan 
ilovani tushunish mumkin.
Quyidagi bo‘limlarda multimedianing turlari va ularning xarakteristikalari, 
o‘tkazish qobiliyati, ruxsat etiladigan xatoliklar va real vaqt rejimining o‘ziga xos 
xususiyatlari keltirilgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin