zamonaviy raqamli texnologiyalar bunday buzishlarning oldini olishga yordam
berishi mumkin.
1.2.7.
Mobillikni qo‘llash
Simsiz va sotali tarmoqlardan yanada
keng foydalanish multimedia
ilovalarini mobillikka tortadi. Sotali tarmoqlar juda katta maydonlarni qamrab
oladi va yuqori mobillik darajasini ta’minlaydi. IEEE 802.11x kabi simsiz
tarmoqlar nisbatan uncha katta bo‘lmagan oraliqlarni qamrab oladi va cheklangan
mobillik darajasiga ega. Lekin bunday tarmoqlar katta
uzatish tezliklariga ega va
foydalanuvchilarni ulash uchun qulayroq.
Mobillik jihati multimediali tarmoqlarni o‘zgarishiga olib keladi. U mobil
terminallarni marshrutlashtirish, simli va simsiz tarmoqlarning o‘zaro ta’sirlashishi
va boshqa muammolarni ko‘taradi.
3-
Maruza.
Mavzu:
Multimediali trafik klassifikatsiyasi
Multimediali trafik.
Multimediali trafik deganda insonning sezgi organlari
qabul qilib oladigan turli xil axborotlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlarning raqamli
oqimi (odatda tovushli va/yoki video axborot) tushuniladi. Ma’lumotlarning
multimediali oqimlari uzoqlashtirilgan interaktiv xizmatlarni taqdim etish
maqsadida
telekommunikatsiya
tarmoqlari
bo‘yicha uzatiladi.
Tarmoq
foydalanuvchilariga taqdim etiladigan multimediya xizmatlarining bugungi kunda
eng ko‘p tarqalganlari videotelefoniya, multimediali ma’lumotlarni yuqori tezlikda
uzatish hisoblanadi.
Taqdim etiladigan xizmatlarning turiga bog‘liq holda multimediali
trafikning ikkita asosiy turi ajratiladi:
1.
Foydalanuvchilar o‘rtasida haqiqiy vaqt
miqyosida axborotni uzatish
uchun multimediyali xizmatlarni taqdim etadigan haqiqiy vaqt trafigi.
2.
Zamonaviy telekommunikatsiya tarmog‘ining an’anaviy taqsimlangan
xizmatlari bilan tashkil etiladigan oddiy ma’lumotlar trafigi, jumladan,
elektron
pochta, fayllarni uzatish, virtual terminal, ma’lumotlar
bazasiga uzoqlashtirilgan
kirish va boshqalar.
Haqiqiy vaqt trafigini qo‘llab-quvvatlovchi xizmatlarga misol sifatida
quyidagilarni
keltirish
mumkin:
IP-telefoniya,
yuqori
sifatli
tovush,
videotelefoniya, videokonferens aloqa, masofadan turib tibbiy xizmat ko‘rsatish
(diagnostika,
monitoring, maslahat), videomonitoring, keng eshittirishli video,
raqamli televideniya, radio va televizion dasturlarni olib ko‘rsatish.
Dostları ilə paylaş: