1-Ma’ruza Mavzu: Multimedia tushunchasi. Multimedianing xususiyatlari Reja



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/46
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183444
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
МАЪРУЗА (3)

2-Maruza.
Mavzu: 
Tarmoq bo‘yicha multimedia ni uzatishga bo‘lgan talablar
 
 
Bu bo‘limda biz taqsimlangan multimediali ilovalarni uzatish tarmog‘iga 
qo‘yiladigan talablarni ko‘rib chiqamiz. Ular ikki toifaga bo‘linishi mumkin: 
trafikka bo‘lgan talablar va funksional talablar. Trafikka bo‘lgan talablar real vaqt 
talablarini (kechikish va nostabillik, o‘tkazish qobiliyati va ishonchlilik), 
funksional talablar esa multimedia xizmatlarini (multikasting, xavfsizlik, mobillik 
va seanslarni boshqarish) qo‘llashni o‘z ichiga oladi. 
Trafikka bo‘lgan talablarni faqat Internetning bazaviy arxitekturasini 
kengaytirish bilan qoniqtirish mumkin, shu bilan bir vaqtda funksional talablarni 


TCP/IP protokollar stekiga yangi protokollarni kiritilishi bilan bajarish mumkin. 
Funksional talablar shu ma’noda absolyut zarur hisoblanmaydi, ya’ni taqsimlangan 
multimediali ilovalar ilovaning o‘ziga zarur bo‘lgan funksiyalarni kiritilishi bilan 
yuqori unumdorlikda ishlashi mumkin. 
1.2.1.
 
Real vaqt xarakteristikalari 
 
Yuqoridagi bo‘limlarda ko‘rib chiqilganidek, tovush va video kabi 
multimedia komponentlari real vaqt rejimida uzatish bo‘yicha talablarni qo‘yadi. 
Masalan, ular raqamlashtirilgan tezlikda qayta ishlanishi kerak. Uzatishdagi 
istalgan kechikishda bu birdaniga aniqlanadi. Internet-telefoniyada inson 200 ms 
dan ortiq bo‘lmagan kechikishlarga xotirjam munosabatda bo‘lishi mumkn. 
Shunday qilib, real vaqtda multimediani uzatish paketlarning kechikishi va ularnig 
kelish intervallariga qat’iy talablarni qo‘yadi. 
1.2.2.
 
 Yuqori o‘tkazish qobiliyatiga bo‘lgan talablar 
 
Ravshanki, multimediali ilovalar ilgari keng tarqalgan matnli ilovalarga 
qaraganda tarmoqlarning sezilarli yuqori o‘tkazish qobiliyatini talab qiladi. Shu 
bilan birga, multimediali oqimlar tarmoqning o‘ta yuklanishini nazorat qilish 
mexanizmiga ega bo‘lmagan UDP protokolidan foydalanish bilan uzatiladi.
1.5-jadval 
Multimediani turli elementlari uchun o‘tkazish qobiliyatiga 
bo‘lgan talablar 
 


Ovoz 
Tanlash tezligi 
Bitlar soni 
Bitlardagi 
tezlik 
Telefon bo‘yicha ovoz 
( 3,4 kHz gacha) 
8000 m/s 
12 
96 Kbit/s 
Keng polosali nutq 
( 7 kHz gacha) 
1600 m/s 
14 
224 Kbit/s 
Ikki tomonlama keng 
polosali nutq 
(20 kHz gacha) 
44,1 m/s 
kanalga 16 
Har ikkala 
kanalga
1,412 Mbit/s
Tasvir
Piksellar 
bit/piksel 
Bitli tezlik 
Rangli tasvir 
512x512 
24 
6,3 Mbit/s 
CCIR TV 
720x576x30 
24 
300 Mbit/s 
HDTV 
1280x720x60 
24 
1.327 Gbit/s 
1.5-jadvalda eng keng tarqalgan multimedia turlari uchun o‘tkazish 
qobiliyatiga bo‘lgan talablar keltirilgan. Ma’lumotlarni yo‘qotishli va yo‘qotishsiz 
siqish turlari mavjud. Ma’lumotlarni yo‘qotishli siqishda ma’lumotlardan ortiqcha 
ma’lumotlarni o‘chirishdir, bu ko‘pincha buzilishlar yoki shovqinlarni paydo 
bo‘lishiga olib keladi. Ma’lumotlarni yo‘qotishsiz siqishda ma’lumotlar 
yo‘qolmaydi va olinadigan ma’lumotlar uzatiladigan ma’lumotlar bilan bir xil 
bo‘ladi. Odatda ma’lumotlarni yo‘qotishli siqish ma’lumotlarni yo‘qotishsiz 
siqishga qaraganda katta siqish darajasini beradi. Lekin ayrim ilovalarda 
ma’lumotlarni yo‘qotilishiga ruxsat etilmaydi (masalan, tibbiyot telemetriyasini 
uzatishda). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin