1.2-jadval
Tovushni siqish usullari
Tovush kodeki
Qo‘llanilishi
Tezligi
(Kbit/s)
Impuls kodli modulyatsiya (G.711) Tor polosali nutq (300-3300 Hz)
64
GSM
Shuning o‘zi
13
CS-ACELP (G.729)
»
8
G.723.3
»
6,4 va 5,3
Adaptiv differensial impuls kodli
modulyatsiya (G.726)
»
32
SBC (G.722)
Keng polosali nutq (50-7000 Hz) 48/56/64
MPEG layer III (MP3)
CD sifatli keng polosali nutq
(10-22 KHz)
128.112
Tovushli ma’lumotlar uzatish jarayonidagi xatoliklarni bo‘lishiga qat’iy
talablarni qo‘ymaydi. 1...2 % paketlarning yo‘qotilishi uning sifatiga deyarli ta’sir
qilmaydi. Bugungi kunda tovushni uzatishda qo‘llaniladigan ko‘plab multimediali
ilovalar, yo‘qotilgan paketlarni takroran kiritish mexanizmiga ega.
Tovush uchun real vaqt talablari qatnashuvchi tomonlarning kutiladigan
interaktivlik darajasi bilan qat’iy bog‘langan. Ikki tomonlama o‘zaro ta’sirlashishni
ko‘zda tutadigan Internet-telefoniya kabi ayrim ilovalar yuqori interaktivlik
darajasiga va qisqa chaqiriq vaqtlariga ega. Bu holda ma’qul tovush sifatini
ta’minlash uchun paketlarning kechikishiga qat’iy talablar qo‘yiladi. Bunday
multimedia turini qo‘llaydigan ilovalar haqiqiy vaqt rejimiga bog‘liq (Real-Time
Intolerant - RTI) ilovalar deyiladi. Ko‘plab RTI - ilovalarda 200 ms dan ortiq
bo‘lmagan kechikishga ruxsat etiladi.
Dostları ilə paylaş: