1-Ma’ruza Mavzu: Multimedia tushunchasi. Multimedianing xususiyatlari Reja



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/46
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183444
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
МАЪРУЗА (3)

1.1.
 
 Matn 
Matn boshqa multimedia turlaridan eng ommaviysi hisoblanadi. U Internet 
tarmog‘ida turli shakllar, shu jumladan turli uzatish protokollarini FTP (File 
Transfer Protocol: ikkilik va ASCII - fayllarni uzatish uchun), HTTP (Hyper Text 
Transfer Protocol: HTML - sahifalarni uzatish uchun) yoki SMTP (Simple Mail 
Transfer Protocol: pochta xabarlarini almashlash uchun) qo‘llaydigan fayllar yoki 
xabarlar orqali ifodalanadi. Matn ikkilik ko‘rinishda 7 - bitli US-ASCII, 8 - bitli 
ISO-8859, 16 - bitli Unicode yoki 32 - bitli ISO 10646 kodlash jadvallarida, 
qo‘llaniladigan til va davlatga bog‘liq ravishda ifodalanadi. Matnli ma’lumotlar 
uchun o‘tkazish qobiliyatiga talablar asosan uning o‘lchamiga bog‘liq bo‘ladi, 
ya’ni axborotlarni siqishni turli sxemalari qo‘llanilganda jiddiy kamayishi mumkin 
(1.1-jadvalda). 


1.1-jadval 
Matnni siqish usullari 
Siqish usuli 
Izohlar 
Shennon-Fano 
kodlashi 
Yuqori paydo bo‘lish ehtimolligiga ega simvollar qisqaroq kodli 
so‘zlarga almashtiriladi 
Xaufman 
kodlashi 
Yuqoridagidek 
LZW 
Simvollar qatorini yagona kod bilan almashtirish. Matnni tahlil 
qilish bajarilmaydi. Buning o‘rniga simvollarni har bir yangi 
qatori qatorlar jadvaliga qo‘shiladi. 
Unix-siqish 
Kengayadigan lug‘atli LZW qo‘llaniladi. Dastlab lug‘at 512 
elementlardan iborat bo‘ladi va zarurat bo‘lganida ikkilantiriladi 
Matnni uzatishda ruxsat etiladigan xatoliklar darajasiga talablar asosan 
qo‘llaniladigan ilovalarga bog‘liq bo‘ladi. Matnli fayllarni uzatadigan ilovalar 
xatoliklar to‘liq bo‘lmasligini talab qiladi va TCP protokolini qo‘llaydi. Boshqa 
ilovalar xatolikli ma’lumotlarni qandaydir foiziga ruxsat etishi mumkin va UDP 
protokolini qo‘llaydi. 
Faqat matn bilan ishlaydigan ilovalar real vaqtda uzatish bilan bog‘liq 
bo‘lgan cheklashlarga ega emas. Shu bilan bir vaqtda, uzatiladigan uzluksiz 
xabarlar oqimi, ularni uzatishda kechikishlar qiymatiga sezilarli cheklashlarni 
qo‘yadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin