10-Amaliy mashg‟ulot Mavzu: Axborot xavfsizligi risklarini tahlili. Kirish



Yüklə 303,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix16.12.2023
ölçüsü303,89 Kb.
#183525
1   2   3   4
10-mavzu -Amaliy mashgulotlar

Antivirus dasturlari 
Hozirgi vaqtda viruslarni yo‘qotish uchun ko‘pgina usullar ishlab chiqilgan 
va bu usullar bilan ishlaydigan dasturlarni 
antiviruslar
deb atashadi. 
Antiviruslarni, qo‘llanish usuliga ko‘ra, quyidagilarga ajratishimiz mumkin: 
detektorlar, faglar, vaksinalar, privivkalar, revizorlar, monitorlar. 
Detektorlar –
virusning signaturasi (virusga taalluqli baytlar ketma-ketligi) 
bo‘yicha operativ xotira va fayllarni ko‘rish natijasida ma‘lum viruslarni topadi va 
xabar beradi. Yangi viruslarni aniqlay olmasligi detektorlarning kamchiligi 
hisoblanadi. 
Faglar –
yoki doktorlar, detektorlarga xos bo‘lgan ishni bajargan holda 
zararlangan fayldan viruslarni chiqarib tashlaydi va faylni oldingi holatiga 
qaytaradi. 
Vaksinalar -
yuqoridagilardan farqli bo‘lib, u himoyalanayotgan dasturga 


70 
o‘rnatiladi. Natijada dastur zararlangan deb hisoblanib, virus tomonidan 
o‘zgartirilmaydi. Faqatgina ma‘lum viruslarga nisbatan vaksina qilinishi uning 
kamchiligi hisoblanadi. Shu bois, ushbu antivirus dasturlar keng tarqalmagan. 
Privivka
- fayllarda xuddi virus zararlagandek iz qoldiradi. Buning 
natijasida viruslar privivka qilingan faylga yopishmaydi.
Filtrlar
– qo‘riqlovchi dasturlar ko‘rinishida bo‘lib, rezident holatda 
ishlab turadi va viruslarga xos jarayonlar bajarilganda, bu haqida 
foydalanuvchiga xabar beradi. 
Revizorlar
– eng ishonchli himoyalovchi vosita bo‘lib, diskning birinchi 
holatini xotirasida saqlab, undagi keyingi o‘zgarishlarni doimiy ravishda nazorat 
qilib boradi. 
Detektor dasturlar kompyuter xotirasidan, fayllardan viruslarni qidiradi va 
aniqlangan viruslar hakida xabar beradi. 
Doktor dasturlari nafaqat virus bilan kasallangan fayllarni topadi, balki 
ularni davolab, dastlabki holatiga qaytaradi. Bunday dasturlarga Aidstest, 
DoctorWeb dasturlarini misol qilib keltirish mumkin. Yangi viruslarning 
to‘xtovsiz paydo bo‘lib turishini hisobga olib, doktor dasturlarni ham yangi 
versiyalari bilan almashtirib turish lozim. 
Filtr dasturlar kompyuter ishlash jarayonida viruslarga xos bo‘lgan 
shubhali harakatlarni topish uchun ishlatiladi. 
Bu harakatlar quyidagicha bo‘lishi mumkin : 
- fayllar atributlarining o‘zgarishi; 
- disklarga doimiy manzillarda ma‘lumotlarni yozish;
- diskning ishga yuklovchi sektorlariga ma‘lumotlarni yozib yuborish. 
Tekshiruvchi (revizor) dasturlari virusdan himoyalanishning eng ishonchli 
vositasi bo‘lib, kompyuter zararlanmagan holatidagi dasturlar, kataloglar va 
diskning tizim maydoni holatini xotirada saqlab, doimiy ravishda yoki 
foydalanuvchi ixtiyori bilan kompyuterning joriy va boshlang‘ich holatlarini bir-
biri bilan solishtiradi. Bu dasturga ADINF dasturini misol qilib keltirish 
mumkin. 
Viruslarga qarshi chora-tadbirlar 

Yüklə 303,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin