3-ma’ruza. Himoyaning uzgichga ta’sir qilish usullari. Bevosita va bilvosita harakatlanuvchi relelar. Reja


Ximoyaning o‘chirgichga ta’sir qilish usullari



Yüklə 203,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix16.12.2023
ölçüsü203,3 Kb.
#183688
1   2   3
3-Maruza

 
Ximoyaning o‘chirgichga ta’sir qilish usullari 
Ximoya o‘chirgichga to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) va bilvosita ta’sir 
ko‘rsatish mumkin (3.2 -rasm). 
Rele 1 ishlagan paytda ya’ni rele chug‘amining elektr magnit kuchi 
prujinaning F
n
kuchidan katta bo‘lganda uning qo‘zg‘aluvchi qismi 2 
o‘chirgichniig bir-biridan ajratuvchi richagi 3 ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi. 
Shundan keyin o‘chirgich prujina 4 xarakati yordamida o‘chiriladi. Bevosita ta’sir 
qilish relelari o‘chirgichning yuritmasiga o‘rnatiladi. SHuning uchun bu relelar 
o‘rnatilgan rele deyiladi. 
3.2c-rasmda bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi ikkilamchi releli ximoya sxemasi 
tasvirlangan. 
Rele 1 ishlagan paytda uning kontakti elektromagnit 2 cho‘lg‘amini ulaydi. 
Bu cho‘lg‘am o‘chirgichning o‘chirish cho‘lg‘ami deyiladi. Maxsus manbaning 
qisqichlaridan olinuvchi kuchlanish ta’siri ostida o‘chiruvchi cho‘lg‘amda tok 
paydo bo‘ladi. o‘chirish cho‘lg‘ami 2 dan tok oqqan paytda o‘zak 3 prujinaning F
n
kuchini engib xalqa 4 ni qo‘yib yuboradi. Buning natijasida prujina 5 xarakati 
yordamida o‘chirgich o‘chadi. o‘chirgich o‘chgandan keyin rele chulg‘amidagi tok 
yo‘qoladi va rele kontakti ajraladi. Ularni ishini engillatish uchun yordamchi blok-
kontakt BK ishlatiladi. O‘chirgich o‘chgandan keyin BK o‘chirish chulg‘am 
zanjirini operativ manbadan uzib qo‘yadi. 2.2s-rasmda ko‘rsatilgan sxemadan 
ko‘rinadiki, bilvosita xarakatlanuvchi releli ximoya uchun yordamchi kuchlanish 
manbasi-operativ tok manbai kerak. Bevosita xarakatlanuvchi releli ximoyaga 
operatav tok manbai zarur emas, lekin bu ximoyaning relelari o‘chirgich 
mexanizmini ajratish yoki qo‘shish uchun katta kuch bilan ta’sir qilishlari kerak. 
3.2-rasm. Bevosita (a, b) va bilvosita (c) ta’sir ko’rsatuvchi relelar. 
4
3
Fn
5
3
4
Fn
2
1

1
2
Akkumulyator
batareyasidan
U
Fn
3
2
4

a)
b)
c)
manbadan


Shuning uchun bevosita xarakatlanuvchi relelar aniq bo‘lmaydilar va katta quvvat 
talab qiladilar. 
Bilvosita xarakatlanuvchi relelarning ta’sir kuchi kichik bo‘lishi mumkin, 
shuning uchun ular katta aniqlik va kam quvvat sarf qiladilar. Ko‘p releli 
ximoyalarda o‘zaro aloqa operativ tok orqali olib boriladi, chunki bu mexanik 
yo‘lga nisbatan oson va soddadir. 
Xulosa qilish mumkinki, ikkilamchi bilvosita ta’sir qiluvchi relelar 
ximoyada keng tarqalgan va ko‘p qo‘llaniladi. 
3, 6, 10 kV kuchlanishli elektr liniyalarida bevosita ta’sir qiluvchi tok 
relelari xam keng qo‘llanadi.

Yüklə 203,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin