3-MA’RUZA.
Himoyaning uzgichga ta’sir qilish usullari. Bevosita va bilvosita
harakatlanuvchi relelar.
Reja:
1.
Rele va ximoya elementlarining chizmalarda tasvirlashnishi.
2.
Bevosita harakatlanuvchi relelar.
3.
Bilvosita harakatlanuvchi relelar.
Kalit so‘zlar: Rele, bevosita, bilvosita, uzgich, kontakt, sabr vaqt, sabrsiz
vaqt, oraliq, ko‘rsatkich..
Rele va ximoya elementlarining chizmalarda tasvirlashning
ikki prinsipial
usullari mavjud.
Birinchi usul bo‘yicha rele birlashgan xolda, ya’ni cho‘lg‘am to‘g‘ri
burchakli to‘rtburchak shaklida (3.1a-rasm)
tasvirlanadi, relening kontaktlari
yuqori qismda ko‘rsatiladi.
Belgining pastki qismida relening chulg‘ami va
rele tipining bosh xarflari
yoziladi, ya’ni:
tok relesi - KA,
kuchlanish relesi-KV, vaqt relesi-KT, oraliq, relesi-KL va
ko‘rsatgich relesi-KN.
Ikkinchi usul bo‘yicha rele ximoyasi yoyilgan xolda ko‘rsatiladi (2.1b-
rasm). Relening chulg‘ami va kontakti chizmaning xar xil qismlarida joylashadilar
va mos keluvchi xarflar bilan belgilanadilar. Yoyilgan
tasvirlash murakkab
sxemalarni o‘qishni osonlashtiradi.
Relening ulanish usullari.
Relening cho‘lg‘ami elektr tarmoqqa (tok va kuchlanishga) to‘g‘ridan to‘g‘ri
yoki tok va kuchlanish transformatorlari orqali ulanishi mumkin. Birinchi tur
relelar birlamchi, ikkinchi tur esa ikkilamchi relelar deyiladi.
Ikkilamchi relelar ko‘proq qo‘llaniladi. Buning sababi shundaki, ular yuqori
kuchlanishdan izolyasiyalanganlar, ximoya qiluvchi
elementdan uzoq masofada
joylashadilar, xizmat ko‘rsatish uchun qulay va ma’lum bir nominal tok (1 yoki 5
A) va kuchlanish (100 V) ga mo‘ljallanadilar. Bunda ximoyalanayotgan
elementning birlamchi toki yoki kuchlanishiga bog‘liqlik yo‘q.
3.1-расм. Relelarning prinsipial chizmalardagi shartli tasvirlari.
KA(KV)
KA
KA
KT
Birlamchi relening afzalligi shuki, ularda o‘lchov transformatorlari, operativ
tok manbalari ishlatilmaydi. Ular kichik
quvvatli elektr motorlarida,
transformatorlarda va liniyalarda keng qo‘llanadi.