98
Turkum: Yomg’ir chuvalchanglari-Lumbricomorpha
Vakil: Yomg’ir chuvalchangi-Lumbricus terrestris
Mashg’ulotning ilmiy maqsadi
: Yomg’ir chuvalchangining ichki tuzilshi.
Ovqat hazm qilish, nerv sistemasi, ko’payish organlarini o’rganish.
Mashg’ulotning
tarbiyaviy
maqsadi:
O’quvchilarning
ilmiy
dunyoqarashini kengaytirish, kasbga yo’naltirish.
Mashg’ulotning rivojlantiruvchi maqsadi:
O’quvchilarni
atamalar bilan
ishlashni o’rgatish.
Jihozlar:
lupalar, to’g’nog’ich ignalar, skalpellar, Petri kosalari, qaychilar,
vannachalar, ko’rgazmali
qurollar, tayyor preparatlar, tarqatma materiallar.
Yomg’ir chuvalchangi, spirt eritmasi.
Uslub:
Guruhlarda o’qitish.
Mashg’ulotni bajarish:
1.Yomg’ir chuvalchangini ochish uchun 10-15%li spirtda 10-15 daqiqa
saqlanib o’ldirilib olinadi. Uning ustida hosil bo’lgan shilimshiq suv bilan yuvib
tashlanadi.
2.Chuvalchang vannachaga qorin tomoni bilan joylanib, bosh gangliyalarini
shikastlamaslik uchun sal chetrog’ida to’g’nog’ich igna bilan sanchib qo’yiladi.
Ikkinchi to’g’nog’ich igna yordamida dumining uchidan tarang qilib vannachadagi
mumga sanchib qo’yiladi.
3.Tanasining oxirgi uchiga yaqin joyidan qaychi yordamida ko’ndalangiga
terisi
kesiladi, so’ngra qaychining bir uchi yupqa terining ostiga kiritilib,
chuvalchangning bosh tomoniga qarab kesiladi va qirqilgan teri to’g’nog’ichlar
bilan ikki tomoniga qayirilib sanchib qo’yiladi.
4.Ichi yorilgan chuvalchangning ovqat hazm qilish sistemasini kuzatish.
5.Nerv sistemasini o’rganish uchun halqum ostida joylashgan oq rangdagi
nerv tugunlari topiladi. Ichki organlari olib tashlanib,
uning qorin nerv zanjiri
kuzatiladi.
Mavzu haqida ma’lumot.
Yomg’ir chuvalchangining ichki tuzilishi teri
muskul xaltasi bilan o’ralgan, uning ichi suyuqlik bilan to’lgan. Bu bo’shliqda
ichki organlar joylashgan. Tana bo’shlig’i ko’ndalang pardalar yordamida ayrim
kameralarga bo’lingan bo’ladi. Uning soni tashqi bo’g’imlarining soniga teng
bo’ladi. Hazm organlari rivojlangan bo’lib og’zi muskulli halqum bilan tutashgan
bo’ladi. Halqum bir muncha uzun qizilo’ngach bilan tutashgan bo’ladi.
Qizilo’ngachning pastki tomoni kengaygan bo’lib jig’ildonni hosil qiladi.
Jig’ildonga kengaygan oshqozon, oshqozon esa o’rta ichakka tutashadi. O’rta ichak
hazm kanalining eng uzun qismidir. Kalta – oxirgi ichak
orqa chiqarish teshigi
orqali tashqariga ochiladi.
Yomg’ir chuvalchangining qon aylanish sistemasi rivojlangan bo’ladi. Hazm
kanali ustida chuvalchang tanasi bo’ylab orqa qon tomiri, ostida qorin qon tomiri
joylashgan. Tanasining oldingi qismida bir necha dona tutashtiruvchi halqasimon
tomirlar joylashgan. Tananing oldingi qismida bir necha tutashtiruvchi yo’g’onroq
halqasimon tomirlar bo’lib ular «yurak» vazifasini o’taydi. Bu yo’g’onroq
tomirning devorida muskullar bo’ladi. Ular muntazam ravishda qisqarib turadi va
99
qonni yelka tomir bo’ylab tananing oxirgi uchidan oldingi uchi tomon
harakatlantiradi. Buning natijasida qon yelka tomiridan qorin tomiriga o’tkaziladi.
Asosiy va halqasimon qon tomirlaridan chuvalchang
tanasining turli
qismlariga maydaroq qon tomirlari, ulardan esa yana ham mayda qon tomirlari –
kapilyarlar tarmoqlanadi. Chuvalchangning qorin tomirlarida oqqanligi uchun, u
tana bo’shlig’idagi rangsiz suyuqlik bilan hech qachon aralashib ketmaydi.
Chuvalchangning qon aylanish tizimi tana bo’shlig’iga tutashmaydi,
shuning
uchun ham yopiq hisoblanadi.
Ayirish organlari har bir halqaga bir juftdan ochilgan kurakchali
voronkasimon nefridiyalardan iborat bo’lib, ularning uzun naychalari halqalarni bir
biridan ajratib turuvchi to’siq pardaga yopishgan. Naychaning uchi esa keyingi
halqadan tashqariga ochilgan. Nefridiya voronkalari juda ko’p va har qaysi halqada
tarmoqlanadi. Shuning uchun ular metonefridiyalar deb ataladi. Hayot faoliyatida
to’plangan suyuq moddalar har bir halqadagi tana bo’shlig’ida to’planadi
va ular
nefridiyalar orqali tashqariga chiqarib yuboriladi.
Nerv sistemasi metamer tuzilishga ega. Har qaysi halqaning qorin tomonida
kichik nerv tuguni bo’ladi. Bu nerv tugunlarining hammasi o’zaro qo’shilib qorin
nerv zanjirini hosil qiladi. Nerv zanjirining old uchida, halqum ostida yirik halqum
usti nerv tuguni joylashgan. Halqum usti va halqum osti nerv tugunlari halqumning
ikki yonidan o’rab oladigan nerv tomirlari orqali bir biri bilan tutashadi. Ularning
hammasi birgalikda halqum atrofi nerv halqasini hosil qiladi. Hamma nerv
tugunlaridan tananing turli qismlariga nervlar tarqaladi.
Yomg’ir chuvalchangi germofrodit. Urug’don va tuxumdon tanasining old
tomoni halqalarida joylashgan. Erkaklik jinsiy organi – 4 ta urug’don bo’lib, 10-15
halqalarda joylashgan. Urg’ochilik jinsiy organi – ikkita tuxumdon bo’lib 13-
halqada joylashgan. Tuxum yo’li 14 - halqada tashqariga ochiladi. Urg’ochilik
jinsiy tizimiga urug’ qabul qiluvchi xaltalar ham kirib, ular 9-10 halqalarda
joylashgan.
Dostları ilə paylaş: