aprelda tasdikdangan 95-sonli ko`rsatmasiga ko`ra hamda O`zbekiston Respublikasi Tabiatni
muhofaza qilish Davlat qo`mitasining 1992 yil 8 iyun’ va 1993 yil 5 yanvardagi buyrug’iga binoan
amalga oshiriladi.
Huquqiy dalolatnomalar bilan birga O`zbekiston Respublikasida tabiatni muhofaza
qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasini tartibga solishga yo`naltirilgan qator
huquqiy asoslangan me`yoriy dalolatnomalar qabul qilinganki, ularning barchasi bu sohadagi
ishlarni tartibga solish uchun xizmat qiladi. Bularga quyidagilar misol bo`la oladi: xususiy mulk
to`g’risidagi, kooperatsiya to`g’risidagi, ijara to`g’risidagi, korxonalar to`g’risidagi,
olinadigan soliqlar to`g’risidagi, birlashmalar, tashkilotlar, joylarda davlat hokimiyati
organlari to`g’risidagi, fuqarolarni o`zini o`zi boshqarish organlari to`g’risidagi,
standartlashtirish to`g’risidagi huquqiy me`yoriy hujjatlar shular jumlasidandir. O`zbekiston
Respublikasida tabiatni muhofaza qilish va maxsus muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar
to`g’risidagi qonunlarning qabul qilinishi munosabati bilan ishlab turgan huquqiy asosga ega bo`lgan
dalolatnomalarga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilgan. Bundan maqsad, ularni O`zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasida ko`rsatib o`tilgan qonunlar talablariga muvofiqdashtirishdan
iborat. Tabiatni muhofaza qilish to`g’risidagi qonunlarni hayotga tatbiq etish birinchi
navbatda Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, maxsus mas`ul organlar, yuridik va
fizik shaxslar tomonidan kompetentsiya va qoidalarga asosan amaaga oshiriladi. Tabiatni
Muhofaza qilish cho`g’risidagi qonunlarni buzganlik uchun javobgarlikka tortish masalalari
O`zbekiston Respublikasining ma`muriy javobgarlik to`g’risidagi kodeksida tabiiy muhitni
muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidash huquqbuzarlik uchun ma`muriy
javobgarlik me`yorlarida belgilangan. Ma`muriy kodeksda jinoyat turiga qarab turli miqdorda
jari.malar to`lash va ma`lum huqukdan mahrum qilish jazolari ko`rsatilgan. O`zbekiston
Respublikasi jinoyat kodeksining IV bo`limi «Ekologiya sohasidagi jinoyatlar» deb yuritiladi.
Jinoyat kodeksida ekalogiya sohasidagi turli jinoyatlar uchun jarima tulash, muayyan
huquqtan mahrum qilish, mol-mulkni musodara qilish, ahloq tuzatish ishlari, qamoq va
ozodlikdan mahrum qilish choralari belgilangan. 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan yangi
«Ma`muriy javobgarlik tug’risida»gi jinoiy va jinoiy protsessual kodekslar Respublikada
tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish ishlarida muhim rol’ o`ynaydi.
Respublikada tabiatni muhofaza qilish to`g’risidagi qonunlar xalqaro huquqiy
me`yorlarni hisobga olib tuzilgan va xalqaro tashkilot ekspertlari tomonidan baxrlangan. Bu
qonunlar respublikada ekologik barqarorlikni ta`minlash talablariga javob bera oladi.
Yuqorida keltirilgan qonunlarni buzilmasligini ta`minlash maqsadida 22.09.94 yilda
yangi «Ma`muriy javobgarlik to`g’risida» yangi kodekslar qabul qilindi. Respublikamizda
tabiatni muhofaza qilish to`g’risidagi qonunlar mavjud xalqaro huquqiy me`yorlarni hisobga
olgan holda va xalqaro tashkilotlar ekspertlari bahosiga asosan ekologik muvozanatni ta`minlash
talablariga javob beradi.
Dostları ilə paylaş: