Tabiat omili - turli tabiiy hodisa va jarayonlarning harakatdagi kuchini ta`siri. Ular ta`siri
oqibatida tabiiy landshaftlar Qzgarishi mumkin.
Tabiat boyliklari - tabiatda kishilik jamiyatining yashashi va o`z xo`jaligida
foydalanadigan tabiatdagi barcha kimyoviy elementlar va energiya manbalari. Tabiat
boyliklariga quyosh, Yerning ichki energiyasi, suv va uning energiyasi, foydali qazilmalar,
tuproq-o`simlik qoplami, hayvonot dunyosi, tabiatning noyob joylari va boshqalar. Tabiat
boyliklari real va potentsial boyliklarga bo`linadi.
Tabiatni muhofaza qilish - davlat, xalqaro, jamoat, ilmiy, texnik, ishlab chiqarish,
iqtisodiy va ma`muriy tashkilotlar tomonidan tabiatni ilmiy asosda insoniyat manfaatlarini
ko`zlab saqlashga, tabiatdan va uning resurslaridan to`g’ri foydalanishga, ongli ravishda
Qzgartirishga, uning mahsuldorligini saqlab qolishga va atrof-muhitni iloji boricha tabiiy hamda
toza saqlashga qaratilgan tadbirlar majmuasi. Tabiatni muhofaza qilish asosan quyidagicha olib
boriladi:
- alohida ajratilgan hududlarda tabiat tabiiy holda saqlanadi va ko`paytiriladi;
- tabiatga ta`sir etib, undan to`g’ri foydalanib madaniy landshaftlar hosil qilinadi.
Tabiatni muhofaza qilishning dastlabki bosqichida yo`qolib borayotgan alohida o`simlik va
hayvon turlarini muhofazasi amalga oshirilgan. Insoniyatning ehtiyojlari o`sib, tabiiy
resurslardan foydalanish kuchayganidan keyin tiklanadigan va tiklanmaydigan resurslarni
muhofaza qilish va ulardan to`g’ri foydalanish bosqichi vujudga kelgan. XIX asrning
o`rtalaridan boshlab tabiiy resurslar bilan bir qatorda tabiiy-hududiy majmualar - alohida noyob
hududlarni muhofaza qilish bosqichi ajratildi. Atrof-muhitni hozirgi zamon ekologik muhofazasi
bosqichi insonning tabiatga ta`siri umumsayyoraviy masshtabga etgan. Bu bosqichning asosiy
vazifasi ekologik tizimlarni muhofaza qilish, ularning o`z-o`zini tiklash qobiliyatini ta`minlash
va biosferadagi muvozanatni saqlashdir.