Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov


Tahliliy amallarning ishonchliligiga



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/183
tarix18.12.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#183980
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   183
xalqaro audit (1)(2)

Tahliliy amallarning ishonchliligiga 
 ta’sir etuvchi omillar 


245 
10.2. Auditorlik tanlash 
Auditorlik tanlash deganda o’rganilishi lozim bo’lgan to’plamdan zaruriy 
miqdordagi birliklarning maxsus usullar bilan tanlab olinishi va ularning butun 
to’plamga tarqatilishi tushuniladi. Auditorlik tanlash auditorlik ishi texnologiyasi, 
auditorlik isbotlarini to’plash usullari, buxgalteriya hisobi tizimi va ichki nazorat 
tizimi bilan bog’liq.
Auditorlik tanlash quyidagi maqsadlarda qo’llaniladi: 
– vaqt va moddiy-moliyaviy mablag’larni tejashda; 
– umumiy to’plam haddan tashqari ulkan bo’lib, yoppasiga tekshirish 
imkoniyati bo’lmaganda; 
– tekshirish ob’ektini to’laroq, chuqurroq o’rganishda. 
Tanlab tekshirish 2 guruhga bo’linadi: 
– muvofiqligiga ko’ra; 
– moddiyligiga ko’ra. 
Tanlab tekshirishning muvofiqligiga ko’ra vazifasi qarorda keltiriladi. 
Tekshiriladigan hisobot davrida ichki nazorat me’yorlarining buzilganligi 
tekshiriladi. U atributiv tekshirish ham deyiladi. Bunday tekshirishga misol qilib 
boshqa tomonning xizmatiga haq to’lash va hokazolarni kiritishimiz mumkin.
Moddiylik bo’yicha tanlab tekshirishning vazifasi ichki nazorat buzilishi 
natijasida qiymat ifodasidagi o’zgarishni tekshiradi. U miqdoriy tekshirish ham 
deyiladi. Unga quyidagilar kiradi: buxgalteriya hisobi hisobvaraqlaridagi qoldiqni 
tasdiqlash, birlamchi hujjatlardagi yozuvlar, 3-shaxslardan tasdiq olish va hokazo. 
Tanlab tekshirish quyidagilarni aniqlaydi: 
– tanlash populyatsiyasi; 
– kuzatish birligi; 
– yig’ish birligi; 
– yig’ish usullari; 
– tanlash hajmi; 
– reprezentativlikni tekshirish; 
– populyatsiyadagi tanlangan ma’lumotlarni joylashtirish tartibi. 


246 
Populyatsiya – aniqlanadigan elementlarning guruhidir (to’plamidir). Auditda 
aniqlanadigan elementlarga provodkalar, satrlar, yozuvlar kiradi. 
Kuzatish (rioya qilish)birligi – bu mijoz korxonada tayyorlangan yoki 3-
shaxsdan olingan hujjatlardir. 
Tanlash reprezentativ, ya’ni ishonchli bo’lishi lozim. Bu talab 
o’rganilayotgan jamlanmaning barcha elementlari tanlash uchun saylanish teng 
asosdagi ehtimollikka ega bo’lishini ko’zda tutadi. Reprezentativlikni ta’minlash 
uchun auditorlik tashkiloti quyidagi statistik usullarning biridan foydalanishi 
mumkin: 
Auditorlik 
tashkiloti, 
tanlashning 
o’tkazilishi 
natijalari 
bo’yicha 
auditorlarning professional mulohazasi butun jamlanmaga daxldor bo’lmagan 
vaqtda noreprezentativ, ya’ni ishonchli bo’lmagan jamlanmani ishga solishga 
haqli. Auditor alohida olingan operatsiyalar guruhini alohida topshirganda yoki 
tegishli ravishda ehtimolli xatolar belgilangan operatsiyalar toifasini tekshirganda 
noreprezentativ tanlash qo’llanishi mumkin. 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin