11.4. Maxsus o’tkaziladigan auditga oid kelishuvlar bo’yicha auditorlik
hisoboti
Maxsus audit o’tkazish bo’yicha kelishuvlar quyidagilar quyidagi
hisobotlarga qo’llaniladi:
- buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari yoki milliy standartlardan
farqli buxgalteriya hisobining keng qamrovchi asosiga muvofiq tayyorlangan
moliyaviy hisobot;
- o’ziga xos bo’lgan hisobvaraqlar, hisobvaraqlar elementlari yoki moliyaviy
hisobotdagi moddalar;
- sharnomaviy majburiyatlarga muvofiqligi;
- umumlashtirilgan moliyaviy hisobot.
Maxsus o’tkaziladigan audit ishining tavsifi, muddati va hajmi vaziyatlarga
qarab o’zgarib boradi. Maxsus o’tkaziladigan audit bo’yicha kelishuvni qabul
313
qilishdan oldin, auditor kelishuvning aniq tavsifi hamda chop etiladigan
hisobotning shakli va mazmuni yuzasidan mijoz bilan kelishuv mavjudligiga
ishonch hosil qilishi lozim.
Auditorlik
ishini
rejalashtirishda
auditor
hisobot
tayyorlanadigan
ma’lumotdan foydalanishning maqsadi va uning taxminiy foydalanuvchilarini aniq
tushunishi lozim. Auditorlik hisobotidan boshqa maqsadlarda foydalanish
ehtimollarini bartaraf etish uchun, auditor auditorlik hisobotida uni tayyorlash
maqsadi va uni tarqatish va foydalanish bo’yicha har qanday cheklovlarni
belgilashi mumkin.
Maxsus o’tkaziladigan audit yuzasidan kelishuv bo’yicha auditorlik hisoboti,
umumlashtirilgan moliyaviy hisobot bo’yicha hisobot bundan istisno, odatda
quyidagi tartibda joylashgan asosiy elementlardan tashkil topgan bo’lishi lozim:
(a) sarlavha;
(b) oluvchi;
(v) kirish bandi:
- audit qilingan moliyaviy hisobotni solishtirish;
- sub’ekt rahbariyati mas’uliyati va auditor mas’uliyati to’g’risida ariza.
(g) band - audit qo’lami (audit tavsifini bayon qilish);
- XAS yoki tegishli milliy standartlar yoki amaliyotga izohlanish;
- auditor tomonidan bajarilgan ishni bayon qilish.
(d) band - fikr, moliyaviy hisobot bo’yicha fikr bildirishdan iborat;
(e) hisobot sanasi;
(j) auditor manzili;
(z) auditor imzosi.
Auditorlik hisobotining shakli va mazmuni bir xil bo’lishligiga rioya qilish
lozim, chunki bu ushbu hisobotni foydalanuvchilar tomonidan tushunish uchun
yordam beradi.
Sub’ekt tomonidan moliyaviy hisobot hukumatning davlat idoralariga,
ishonchli shaxslarga, sug’urtachilar va boshqa sub’ektlarga taqdim etish
holatlarida, auditorlik hisobotining tavsiya etilgan shakllari mavjud bo’lishi
314
mumkin. Bunday tavsiya qilingan hisobotlar xalqaro standart talablariga muvofiq
bo’lmasligi mumkin. Masalan, tavsiya etilgan shakl bildirilgan fikr mos bo’lganda
holatni tasdiqlashni, audit qo’lamidan tashqaridagi masalalar bo’yicha fikr
bildirishni talab qilishi yoki muhim ta’riflashni tashlab ketishi mumkin. Tavsiya
etilgan shaklga rioya qilish talab qilinganda, auditor tavsiya etilgan hisobot bayon
etilishining mazmuni va shaklini ko’rib chiqishi va bayon etish shaklini o’zgartirib
yoki alohida hisobot ilova qilib xalqaro standart talablariga muvofiq bo’lishi uchun
tegishli o’zgartirishlarni kiritishi lozim.
Agar auditordan hisobot taqdim etishni so’ralgan ma’lumot qandaydir
kelishuv shartlariga asoslangan taqdirda, ma’lumot tayyorlashda sub’ekt
rahbariyati tomonidan muhim talqin qilishlar amalga oshirilganligini ko’rib
chiqishi lozim. Boshqa oqilona talqin qilish amalga oshirilgan taqdirda moliyaviy
hisobotda muhim o’zgarishlar sodir etilishi mumkin bo’lganda, talqin qilish muhim
hisoblanadi.
Auditor moliyaviy ma’lumot asoslanadigan kelishuvning qandaydir muhim
talqin qilinishlari moliyaviy hisobotda ravshan yoritilganligini ko’rib chiqishi
lozim. Maxsus o’tkaziladigan audit bo’yicha auditorlik hisobotida auditor ushbu
talqin qilinishlarni bayon etadigan moliyaviy ma’lumotning ilovasiga izohlanishi
mumkin.
Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari yoki milliy standartlardan farqli
buxgalteriya hisobining keng qamrovchi asosiga muvofiq tayyorlangan moliyaviy
hisobot bo’yicha auditorlik hisobotlar
Buxgalteriya hisobining keng qamrovchi asosi o’zining ostida mustahkam
negizga ega bo’lgan, barcha ahamiyatli moddalar yuzasidan qo’llaniladigan,
moliyaviy hisobotni tayyorlashda foydalaniladigan bir qator mezonlardan iborat.
Maxsus foydalanish uchun moliyaviy hisobot Buxgalteriya hisobining halqaro
standartlari yoki tegishli milliy standartlardan farqli buxgalteriya hisobining keng
qamrovchi asosiga muvofiq tayyorlanishi mumkin (keyinchalik “buxgalteriya
hisobining boshqa keng qamrovchi asosi” deb ataladi). Alohida talablarni
qondirish uchun mo’ljallangan umum qabul qilingan buxgalteriya qoidalarining
315
majuai buxgaleriya hisobining keng qamrovchi asosi bo’lib hisoblanmaydi.
Boshqa moliyaviy hisobotni taqdim etish bo’yicha keng qamrovchi asoslar
quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
-
o’z daromad solig’ini deklaratsiyalashda sub’ekt tomonidan
foydalaniladigan asoslar;
- pul mablag’lari kelib tushishi va to’lanishi asosidagi hisob;
- davlatning tartibga soluvchi idorasi tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy
hisobot to’g’risida nizomlar.
Boshqa buxgalteriya hisobining keng qamrovchi asosiga muvofiq moliyaviy
hisobot bo’yicha tayyorlangan auditorlik hisobotida foydalanilgan buxgalteriya
hisobining asosini ko’rsatuvchi ta’kidlash mavjud bo’lishi yoki ushbu ma’lumotni
taqdim etayotgan moliyaviy hisobot ilovasiga izohlanishi lozim. Xulosa moliyaviy
hisobot barcha muhim jabhalar bo’yicha belgilangan buxgalteriya hisobining
asosiga muvofiq tayyorlanganligini ko’rsatish lozim. Auditor fikrini ifodalsh
uchun quyidagi ma’nosi bir-biriga teng bo’lgan atamalardan foydalaniladi:
“haqiqiy va to’g’ri aks etadi” yoki “barcha muhim jabhalar bo’yicha haqiqiy
taqdim etilgan”.
Auditor sarlavha yoki moliyaviy hisobotning izohidan ushbu hisobot
buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari yoki milliy standartlarga muvofiq
tayyorlanmaganligi foydalanuvchi uchun ravshanligini ko’rib chiqishi lozim.
Masalan, soliqqa tortish asosidagi moliyaviy hisobotga “Daromadlar va xarajatlar
to’g’risida hisobot - daromad solig’ini hisoblash uchun asos” degan sarlavha berish
mumkin. Agar boshqa keng qvmrovchi asosga muvofiq tayyorlangan moliyaviy
hisobot tegishli sarlavhaga ega bo’lmasa yoki buxgaleriya hisobining asosi mos
yoritilmagan taqdirda. Auditor tegishli
modifikatsiyalashtirilgan
hisobot
tayyorlashi lozim.
Auditordan moliyaviy hisobotning bir yoki undan ko’proq tarkibiy qismlari,
masalan, debitorlik qarzi, tovar-moddiy zahiralar, xodimlarga hisoblangan
mukofotlarni hisoblash yoki daromad solig’ini to’lash yuzasidan zahira bo’yicha
fikr bildirish to’g’risida iltimos qilishlari mumkin. Kelishuvning ushbu turi alohida
316
kelishuv yoki sub’ekt moliyaviy hisoboti auditining bir qismi kabi amalga
oshirilishi mumkin. Shunga qaramasdan, umuman moliyaviy hisobot bo’yicha
auditorlik hisoboti ushbu kelishuvning natijasi bo’lib hisoblanmaydi va, tegishli
ravishda, auditor faqat audit qilingan tarkibiy qism barcha muhim jabhalari
bo’yicha belgilangan buxgalteriya hisobining asosiga muvofiq tayyorlanganligi
yuzasidan fikr bildiradi.
Moliyaviy hisobotning ko’pchilik moddalari, masalan, sotuvlar va debitorliq
qarzi, tovar-moddiy zahiralar va kreditorlik qarzi o’zaro bog’liqdir. Tegishli
ravishda, agar moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi bo’yicha hisobot taqdim etilsa,
auditor ayrim holatlarda, audit ashyosini ajratilgan holda ko’rib chiqish
imkoniyatiga ega bo’lmaydi va undan boshqa muayyan moliyaviy hisobotni ko’rib
chiqish talab qilinadi. Kelishuv ko’lamini belgilashda, auditor auditorlik xulosasini
shakllantirishga tegishli ma’lumotga muhim ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan
moliyaviy hisobotning o’zaro bog’liq moddalarini ko’rib chiqishi lozim.
Auditor hisobot taqdim etiladigan moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi
yuzasidan muhimlik qarashlar tizimini ko’rib chiqishi lozim. Masalan, muhimlikni
aniqlashda alohida hisobvaraqning qoldig’i umuman moliyaviy hisobotga nisbatan
kamroq asos taqdim etadi. Binobarin, agar xuddi o’sha tarkibiy qismning auditi
barcha moliyaviy hisobot bo’yicha auditorlik hisoboti munosabati bilan o’tkazilgan
taqdirda, odatda, auditor tomonidan o’tkazilgan tekshirish kengroq tavsifga ega
bo’lar edi.
Foydalanuvchilarda hisobot barcha moliyaviy hisobotga taalluqli degan
ta’surot paydo bo’lmasligi uchun, auditor moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi
bo’yicha hisobot sub’ektning moliyaviy hisobotiga ilova qilinmasligi to’g’risida
mijozga xabar beradi.
Moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi bo’yicha auditorlik hisobotida tarkibiy
qism taqdim etilishiga oid buxgalteriya hisobining asosiga ko’rsatuvchi yoki
bunday asosni belgilovchi kelishuvga izohlanadigan ta’kidlash bo’lishi lozim.
Xulosa tarkibiy qism barcha muhim jabhalari bo’yicha belgilangan buxgalteriya
hisobi asosiga muvofiq tayyorlanganligini aks etishi lozim.
317
Auditordan sub’ekt faoliyati shartnomalarning muayyan jabhalariga,
masalan, obligatsiyalarning emissiyasi to’g’risidagi kelishuv yoki kredit
kelishuviga muvofiqligi yuzasidan hisobot taqdim etish to’g’risida iltimos
qilishlari mumkin. Bunga o’xshash kelishuvlar, odatda, sub’ektdan turli shartlarga,
masalan, foizlarni to’lash, oldindan belgilangan moliyaviy koeffitsientlarni ushlab
turish, dividendlar to’lanishini cheklash va mulkni sotishdan olingan daromaddan
foydalanish kabi masalalarga rioya qilishni talab etadi. Agar auditorning kasbiy
xabardorligi doirasida muvofiqlikning umumiy jabhalari moliyaviy masalalar va
buxgalteriya hisobi masalalariga taalluqli bo’lgan taqdirda, sub’ekt faoliyati
shartnomaviy majburiyatlarga muvofiqligi yuzasidan fikr bildirish to’g’risidagi
kelishuvlar qabul qilinishi lozim. Biroq, auditorning xabardorlik doirasidan
tashqarida bo’lgan, kelishuvning bir qismini shakllantiradigan alohida masalalar
mavjud bo’lgan taqdirda, auditor ekspert ishidan foydalanishni ko’rib chiqishi
lozim.
Auditorning fikri bo’yicha, sub’ekt shartnomaning muayyan qoidalariga
rioya qilayotganligi to’g’risidagi ma’lumot, auditorlik hisobotida qayd etilishi
lozim. Sub’ekt faqat u moliyaviy holatining asosiy ko’rsatkichlari va moliyaviy-
xo’jalik faoliyatining natijalariga manfaatdor bo’lgan foydalanuvchilar guruhiga
ma’lumot berish maqsadida, o’zining yillik audit o’tkaziladigan moliyaviy
hisobotini umumlashtiruvchi moliyaviy hisobotni tayyorlashi mumkin. Auditor
umumlashtirilgan moliyaviy hisobot tayyorlanashiga asos bo’luvchi moliyaviy
hisobot bo’yicha auditorlik fikrini bildirgunga qadar, u umumlashtirilgan
moliyaviy hisobot bo’yicha hisobot taqdim etmasligi lozim.
Har
yili
audit
o’tkaziladigan moliyaviy hisobotga qaraganda,
umumlashtirilgan moliyaviy hisobot kamroq mufassallashtirilgan holda taqdim
etiladi. Binobarin, bunday moliyaviy hisobotda ma’lumotning umumlashtirilgan
tavsifiga aniq ko’rsatish va o’quvchi (foydalanuvchi)ni sub’ektning moliyaviy
holati va uning moliyaviy-xo’jalik natijalarini yaxshiroq tushunish uchun
umumlashtirilgan moliyaviy hisobotni, tegishli moliyaviy hisobotni taqdim etish
bo’yicha kontseptual asos talab qiladigan barcha yoritishlar kiritilgan eng yaqin
318
audit tekshiruvidan o’tkazilgan moliyaviy hisobot bilan birlikda o’rganib chiqish
lozim.
Audit o’tkazilgan moliyaviy hisobot asosida tayyorlangan umumlashtirilgan
moliyaviy hisobotga tegishli ravishda, masalan, “2004 yil 31 dekabrda
yakunlangan yil bo’yicha audit o’tkazilgan moliyaviy hisobot asosida
tayyorlangan umumlashtirilgan moliyaviy ma’lumot” degan sarlavha berish lozim.
Umumlashtirilgan moliyaviy hisobotda, yillik audit o’tkaziladigan
moliyaviy hisobot uchun foydalaniladigan moliyaviy hisobotni taqdim etish
bo’yicha kontseptual asos talab qiladigan barcha ma’lumot mavjud emas.
Binobarin, umumlashtirilgan moliyaviy hisobot bo’yicha fikr bildirishda auditor
“haqiqiy va to’g’ri” yoki “barcha muhim jabhalar bo’yicha haqqoniy taqdim
etilgan” degan jumlalardan foydalanmaydi.
Umumlashtirilgan moliyaviy hisobot bo’yicha auditorlik hisobotida quyidagi
asosiy elementlar bo’lishi va ular, odatda, quyidagi tartibda joylashtirilishi lozim:
(a) sarlavha;
(b) oluvchi;
(v) umumlashtirilgan moliyaviy hisobot tayyorlanishiga asos bo’lgan audit
o’tkaziladigan moliyaviy hisobotni aniqlash;
(g) qisqartirilmagan moliyaviy hisobot bo’yicha auditorlik hisoboti sanasiga
izohlanish va ushbu hisobotda taqdim etilgan fikrning turi;
(d) umumlashtirilgan moliyaviy hisobotdagi ma’lumot uni tayyor-lanishiga
asos bo’lgan audit o’tkaziladigan moliyaviy hisobotga izchilligi yuzasidan fikr.
Agar
auditor
qisqartirilmagan
moliyaviy
hisobot
bo’yicha
modifikatsiyalashtirilgan xulosa chop etgan taqdirda, auditorlik hisoboti,
umumlashtirilgan moliyaviy hisobot qisqartirilmagan moliyaviy hisobotga izchil
bo’lganligiga qaramasdan, u modifikatsiyalashtirilgan auditorlik hisoboti chop
etilishiga asos bo’lgan moliyaviy hisobot asosida tayyorlanganligini ta’kidlashi
lozim;
(e) umumlashtirilgan moliyaviy hisobotda moliyaviy faoliyat va holatni
hamda o’tkazilgan audit ko’lamini yaxshiroq tushunish uchun umumlashtirilgan
319
moliyaviy hisobot qisqartirilmagan moliyaviy hisobot va u bo’yicha auditorlik
hisoboti bilan birlikda o’rganilishi lozim degan ta’kidlash yoki izohga izohlanish;
(j) auditorlik hisobotining sanasi;
(z) auditorning manzili;
(i) auditorning imzosi.
Dostları ilə paylaş: |