ko‘rsatayotgan, tegishli konfessiyalarning diniy tashkilotlari vakillari ta’sis
yig‘ilishi tomonidan tuziladi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, Markaziy boshqaruv organining asosiy vazifasi
o‘z konfessiyasiga tegishli bir nechta diniy tashkilotlarning faoliyatini, dinga e’tiqod
qilish, ibodat qilish, rasm-rusumlar va marosimlarni birgalikda ado etish,
diniy
ta’lim berish, dinni targ‘ib etish borasidagi maqsad va vazifalarini, harakat
dasturlarini muvofiqlashtirish va yo‘naltirib borishdan iborat.
Markaziy boshqaruv organini tuzish tartibi va qoidalari diniy tashkilot tuzish
tartibidan ayrim jihatlari bilan farq qiladi.
Jumladan, Markaziy boshqaruv organi
faqat Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi, ya’ni adliya boshqarmalaridan
emas.
Shuningdek, diniy tashkilot tuzishdagi 100 nafar tashabbuskorning bo‘lishi
ham talab etilmaydi. Balki respublikaning kamida sakkizta hududiy tuzilmasida
faoliyat olib boruvchi bir konfessiyaga mansub diniy tashkilotlarning ta’sis
konferensiyasi qarori asosida tuziladi.
Diniy tashkilot yoki Markaziy boshqaruv organining rahbarlari tegishli diniy
ma’lumotga ega bo‘lishi va O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi zarur. Mabodo, diniy
tashkilot rahbarligiga talabgor shaxs O‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘lmasa, uning
nomzodi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
bilan
kelishilgan holda olinadi.
Diniy tashkilotning nomi, turi, joylashgan manzili,
qaysi dinga mansubligi,
maqsadi, vazifalari, mablag‘lari manbai hamda mulkiy munosabatlari uning
ustavida ko‘zda tutiladi.
Shuningdek, ustavda tashkilot faoliyatining asosiy turlari ham qayd etiladi.
Diniy tashkilotlarning faoliyat turlari jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
ibodat va boshqa diniy marosimlarni tegishli bino va boshqa joylarda
o‘tkazish;
ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar tarbiyalanadigan,
qariyalar va nogironlar uylarida xayriya faoliyatlarini amalga oshirish;
diniy ta’lim va tarbiya;
ziyoratlarni tashkil qilish, diniy arboblarni qabul qilish;
noshirlik faoliyati bilan shug‘ullanish, jumladan, diniy adabiyot va
Dostları ilə paylaş: