Iste’molchi
Sanoat tarmoqlari,
qishloq xo’jaligi
mashinasozligi uchun
asboblar
OMILLAR
3
1
4
2
23
Mashinasozlik sanoati tarmoqlarini joylashish xususiyatlari. Mashinasozlik
sanoati korxonalari ko`p mehnat, ko`p material, ko`p elektr energiya, ko`p fond
talab qiluvchi xususiyatlariga ko`ra joylashadi. Undan tashqari O`zbekistonda
mashinasozlik sanoatining rivojlanishi, joylanishi, tarkibining o`zgarishida urush
davri va urushdan keyingi davr o`ziga hos bir bosqich bo`lib qoldi.
Chunki II jaxon urushi davrida mamlakatimiz mashinasozligining rivojlanish
sur`atlari va darajasi hamda ixtisosi butunlay o`zgaradi.Urush yillarida sobiq
Ittifoqning g`arbiy rayonlaridagi qator mashinasozlik zavodlari evakuatsiya qilinib
O`zbekiston hududida joylashtirildi. Keltirilgan zavodlar asosan yuqori malakali
mehnat resurslari to`plangan va boshqa xil sanoat tarmoqlari joylashgan yirik
shaharlarga joylashtirildi.
Ular asosan Toshkent, Samarqand, Andijon, Buxoro va boshqa shunga
o`xshash keltirilgan korxonalarni tezlik bilan ko`rib, ishga tushirib yuborish uchun
qulay imkoniyatlarga ega bo`lgan shaharlarlarda to`plandi.Urush tugagach,
evakuatsiya qilingan korxonalarning ayrimlari qaytadan ko`chirib ketildi, ishlab
chiqarilgan mahsulotlarning assortimenti o`zgardi, shunga qaramay, bu davrda
mashinasozlikda ro`y bergan o`zgarishlar tarmoqning urushdan keyingi
taraqqiyotga o`z ijobiy ta`sirini ko`rsatdi.
Taxlillardan
shu
narsa
ma`lumki
traktorsozlik,
qishloq
xo`jalik
mashinasozligi, to`qimachilik mashinasozligi, kimyo mashinasozligi tarmoqlari
tayyorlov, qayta ishlov va yigiruv sehlari mavjud bo`lgan tulik siklli universal-
kompleks korxonalarda ishlab chiqariladi.Ishlab chiqarishni tashkil qilishning
bunday shakli yirik mashinasozlik markazlari doirasi chegaralangan, yuqori
malakali kadrlar yetarli bo`lmagan rayonlarda yahshi samara beradi. Lekin hozirgi
vaqtda ishlab chiqarishni bunday tashkil qilish shukunning talablariga javob bera
olmayapti.Shu munosabat bilan yirik mashinasozlik korxonalarining filiallarini
tashkil qilish va ularni kichik shaharlarda, rayon markazlarida, shahar tipidagi
posyolkalarda va yirik qishloqlarda joylashtirish eng oqilona yo`llardan biri
hisoblanadi (2-rasm).
24
Bunday sharoitda mashinasozlik korxonalari ayrim detallar ishlab
chiqarishga yoki mahsulotlarning ayrim qismlarini ishlab chiqarishga va
hokazolarga ixtisoslashadilar. Masalan, Asaka shahrida Janubiy Koreyaning DEU
firmasi bilan hamkorlikda qurilgan avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonani misol
keltirishimiz mumkin. Bu zavodning o`zida avtomobilning barcha qismlarini ishlab
chiqarish mumkin emas, avtomobilning ayrim detallari va qismlarini
O`zbekistondagi ko`pgina mashinasozlik zavodlari yetqazib beradi va bosh
korxonada yig`ib tayyor mahsulot holida ishlab chiqarilmoqda.Mashinasozlik
tarmoqlarining hududiy joylashishi.
Mashinasozlik sanoatini hududiy tashkil etish va uning samaradorligini
oshirish xalq xo`jaligining ushbu tarmoq mahsulotlariga bo`lgan talabini
qondirishning eng muhim yo`llaridan biridir. Shu munosabat bilan hozirgi vaqtda
mashinasozlik sanoati oldidagi eng muhim vazifalardan biri Samarqand,
Qashqadaryo, Buxoro-Navoiy, Quyi Amudaryo, Surxondaryo iqtisodiy rayonlarida
yangi mashinasozlik tarmoqlarini shakllantirish va takomillashtirish hamda
chorvachilik, vinochilik, bog`dorchilik, sabzavotchilik uchun mashinasozlik
mahsulotlari ishlab chiqarishdan iborat. Bu ishlarni amalga oshirish sanab o`tilgan
iqtisodiy rayonlarda mehnat resurslaridan oqilona foydalanish hamda maxalliy
aholidan malakali mehnat resurslarini shakllantirish muammolarini hal qilar edi.
O`zbekistonning mustaqilligi sharoitida qolaversa bozor iqtisodiyotiga o`tish
davrida xalq xo`jaligining barcha jabxalarida vujudga kelgani singari
mashinasozlik sanoati soxasida ham ma`lum imkoniyatlar yuzaga kelishi bilan bir
qatorda bir qancha muammolar ham vujudga kelmoqda. Sobiq Ittifoq davrida
respublikamizda tashkil etilgan qator mashinasozlik zavodlari sobiq “qardosh”
respublikalardagi zavod va korxonalar bilan chambarchas bog`langan edi.
Zavodlarimiz uchun zarur bo`lgan xom ashyo resurslari asosan o`sha
respublikalardagi zavodlardan yoki xom ashyo bazalaridan keltirilar edi.
Sobiq Ittifoqning tarqab ketishi, respublikalararo iqtisodiy aloqalarning keskin
ravishda uzilib qolishi natijasida respublikamizdagi ayrim mashinasozlik
zavodlarida ahvol tang holatga kelib qoldi.
|