I Bob. O`zbеkiston Rеspublikasi mashinasozlik sanoatining
raqobatbardoshligini oshirishning nazariy-uslubiy asoslari
1.1.
Mashinasozlik sanoatining mamlakat iqtisodiyotida tutgan o`rni va
ahamiyati
Mashinasozlik majmuasi-iqtisodiyotning barcha sohalari uchun mashina va
ishlab chiqaruvchi, aholini televizor, muzlatkich singari xilma-xil iste’mol
buyumlari bilan ta’minlovchi sanoat tarmog’i uyg’unligidir.
Mashinasozlik majmuasi – iqtisodiyot tarmoqlari uchun mehnat qurollari,
shuningdek, iste’mol buyumlari va mudofaa ahamiyatiga ega bo’lgan mahsulotlar
ishlab chiqaruvchi og’ir sanoat sohalari majmui. Bundan tashqari, mashinasozlik
va metallga ishlov berish, metall buyumlar, metall konstruktsiyalar ishlab chiqarish
hamda mashina va asbob uskunalarni tuzatish tarmoqlarining tarkibiy qismini ham
tashkil etadi. Uning asosiy vazifasi iqtisodiyotning hamma sohalarini yuqori unum
bilan ishlaydigan mashina va asbob uskunalar bilan ta’minlashdan iborat. Majmua
metalga ishlov berish sohasi bilan birga o’z tarkibiga 200dan ortiq ishlab chiqarish
tarmoqlari va tarmoqchalarini jamlaydi. Uning faoliyatida nafaqat tarmoq ichida,
balki tarmoqlararo va mintaqalararo iхtisoslashuv hamda kooperatsiya kabi ishlab
chiqarish shakllari yaqqol namoyon bo’ladi. Ayniqsa, iхtisoslashuv jarayonining
ta’sirida ehtiyot qismlar, agregatlar, butlovchi qismlar ishlab chiqarish turli
davlatlar, mintaqalarda amalga oshirilib, ularni yig’ish jarayoni ma’lum bir asosan
iqtisodi rivojlangan davlat hududida yuz beradi. Odatda ishlab chiqariladigan
mahsulot хususiyatidan kelib chiqqan holda iхtisoslashuvning ma’lum turi (qism
(detal’), teхnologik yoki yarim mahsulot (polufabrikat)) tanlanadi. Mashinasozlik
korхonalarining iхtisoslashuv holati va hududiy mehnat taqsimoti ma’lum sohaga
iхtisoslashgan sanoat markazlari va rayonlarining vujudga kelishiga sababchi
bo’ladi. Ularning yuzaga kelishida bundan tashqari faoliyat doirasi ko’p sonli
davlatlar hududini qamrab olgan trans milliy kompaniyalarning ham ta’siri katta.
Mashinasozlik mamlakat iqtisodiyotining ustuvor majmuasi hisoblanadi.
Chunki iqtisodiyotning hech bir tarmog’i mashinalar bilan ta’minlanmay turib
rivojlanaolmaydi. Hozirgi zamon mashinasini tayyorlash uchun ko’p miqdorda
11
metal, plastmassa, bo’yoqlar, rezina gazlama, yog’och- taxta kerak bo’ladi.
Mashinalar minglab detallardan tayyorlanadi. Bu qadar xilma-xil detallarni
bittagina zavodda yasash noqulay va samarasizdir. Shu sababli mashinasozlikda
detallar yasashga ixtisoslashish, ya’ni tayyor maxsulotning ayrim detallari va
qismlarini yasash, shuningdek, predmetlar yasashga ixtisoslashish, ya’ni
avtomobil, traktor, dastgoh kabi tayyor mahsuloti shlab chiqarish keng rivojlangan.
Binobarin, mashinalar uchun ayrim detallarni ishlab chiqaruvchi ko’pdan
ko’p mashinasozlik zavodlari bir-birlari bilan, shuningdek, metal, plastmassa,
rezina va hokazolarni yetkazib beruvchi (boshqa tarmoq) korxonalari bilan ishlab
chiqarish aloqalari bo’lishini talab qiladi. Ammo bunday ishlab chiqarishni
transportsiz amalga oshirib bo’lmaydi. Shu sababli mashinasozlik tarmoqlarini
joylashtirishda qulay transport magistrallarining mavjudligi albatta hisobga olinadi.
Mashinasozlik buyumlari murakkab dastgohlar vositasida, yuqori malakali
mehnat evaziga yaraladi. O’rta hisobda har bir mashinaning tannarxi unga
sarflangan xomashyo-metall tannarxidan yuzlab marta ortiq bo’ladi. Mashinasozlik
korxonalarini joylashtirishda malakali ishchi va ilmiy- texnik mutaxassislar yetarli
bo’lishi shart.
Mashinasozlikning turli tarmoqlari bir xil miqdorda metall ishlatmaydi. Agar
bir dona mashinani yasash uchun ko’p metal (yokiboshqa material ko’p) kerak
bo’lsa, bunday mashinasozlikni ko’p metal yoki ko’p material talab qiluvchi
mashinasozlik deyiladi. Masalan, kon va metallurgiya asbob- uskunalari, temir yo’l
vagonlarini ishlab chiqarish bunga misol bo’ladi.
Shu sababli mashinasozlik korxonalarini joylashtirishda iste’molchining
yaqinligi va metallurgiya bazasi ham hisobga olinadi.
Shunday
qilib,
sarfqilinadigan
material
vamalakalimehnatmiqdori,
shuningdek, xomashyo hamda tayyor mashinalarni tashish sharoiti mashinasozlik
zavodlarini: a) transport magistrallari; b) iste’molchilar ; d) malakali kadrlar; e)
yirik metallurgiya korxonalari mavjud yerlarda joylashtirish tamoyillarini belgilab
beradi.
12
Majmua tarmoqlarini ularning paydo bo’lgan davrlariga ko’ra (eski, yangi,
zamonaviy),
ulardan
foydalanish
holatiga
ko’ra (umumiy, transport
mashinasozligi, elektronika va elektroteхnika, qishloq хo’jaligi mashinasozligi,
yo’l qurilish mashinasozligi, asbobsozlik), teхnologik va hududiy joylashuv
хususiyatlariga ko’ra (metall ko’p talab qiluvchi, ishchi kuchi talab etuvchi,
fantalab mashinasozlik sohalari) guruhlashtirish mumkin.
Mashinasozlik majmuasi korхonalarining hududiy joylashuvida bir qator
omillarning ta’siri mavjud. Ko’pgina tarmoqlarda bo’lgani kabi mehnat resursi
omili korхonalar joylashuvida ahamiyatli hisoblanadi. Bu holatning yuzaga
kelishida ba’zi tarmoq sohalarining ishchi kuchini ko’p talab etishi, ularning
malakaviy хususiyati (ayniqsa asbobsozlik, elektronika, elektroteхnika, aviatsiya,
aerokosmik sohalarda), maхsus ilmiy tadqiqot muassasalari va laboratoriyalarining
mavjudlik holatlari kabilarta’sir ko’rsatadi. Bundan tashqari, fan teхnika
taraqqiyoti omili ham kuchli ta’sirga ega bo’lib, uning natijasida tarmoq ichida
mahsulot ishlab chiqarish jarayonlarining tezlashuvi, samaradorlikning ortishi va
ilmiy markazlar bilan integratsiyaning kuchayishga olib keladi.
FTI davrida jahon mashinasozligi fantalab tarmoqlardan biriga aylandi.
Natijada, tarmoqning zamonaviy sohalari tez rivojlana boshladi. Shu bilan birga
transport (infratizimning rivojlanganlik holati), iste’mol (talab va iste’mol bozori
хususiyatlari), хom ashyo (og’ir mashinasozlik korхonalarining qora metallurgiya
markazlariga yaqinligi) omillari ta’siri ham mashinasozlik korхonalarining
hududiy joylashuvida e’tiborga olinadi.
Jahon mashinasozligida ishlab chiqariladigan mahsulot хususiyatidan kelib
chiqib quyidagi tarmoqlar ajratiladi:
1. Stanoksozlik – mashinasozlikning ushbu tarmog’ida metall va yog’ochga
qayta ishlov beruvchi stanoklar, avtomatik va yarim avtomatik ishlab chiqarish
liniyalari, metallurgiya tarmoqlarida foydalaniladigan turli jihozlar ishlab
chiqariladi. Bu turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish darajasi iqtisodi rivojlangan
davlatlarda yuqori. Jahon stanoksozligi peshqadamlari bo’lib Yaponiya, GFR,
Italiya, Хitoy, Tayvan’, AQSH kabilar hisoblanadi. Uchta davlatda (Yaponiya,
13
GFR, AQSH) ishlab chiqariladigan stanok va turli asbob uskunalarning 50% ni
beradi. Mintaqalar ichida G’arbiy Evropa etakchilik qiladi.
Sanoat robotlarining deyarli yarmi Yaponiyada ishlab chiqiladi. Mahsulot
ishlab chiqarish bo’yicha AQSH, GFR, Italiya, Frantsiya kabi davlatlar ham
sezilarli salmoqqa ega. Bu sohaning asosiy хususiyati uning asosan ishchi kuchi
bahosi nisbatan qimmat bo’lgan rivojlangan davlatlarda rivojlantirilganligidadir.
2. Kemasozlik – transport mashinasozligining eski, lekin shu bilan birga eng
muhim sohalaridan biri. Soha mahsulotlari dengiz transportida хalqaro yuklarni
tashishda katta ahamiyatga ega. Ishlab chiqariladigan mahsulotlar ko’p turda
bo’lib, ular orasida yuk tankerlari, yo’lovchi laynerlari, baliq konservalari ishlab
chiqaruvchi yirik kemalar, paromlar va dengiz burg’ulash platformalari salmoq
jihatdan ajralib turadi. Yiliga 1500 donadan ortiq turli ko’rinishdagi kemalar ishlab
chiqariladi. Yaponiya, Koreya Respublikasi, Хitoy jahon kemasozligi etakchilari
hisoblanadi. Mintaqalar bo’yicha Osiyo oldingi o’rinda turadi. Ushbu mintaqa
barcha ishlab chiqariladigan kemalarning 80%ni beradi.
3. Avtomobilsozlik – mashinasozlik majmuasining eng muhim tarmog’i
hisoblanib, jahon хo’jaligida ta’sir doirasi jihatidan neft’ sanoatidan keyin ikkinchi
o’rinda turadi. Mazkur tarmoqqa 1886 yil nemis injeneri Karl Bents tomonidan
asos solingan.
Avtomobilsozlikda mahsulot ishlab chiqarishda ko’pgina sanoat tarmoqlari
mahsulotlaridan foydalaniladi. Masalan, qora va rangli metallurgiyada ishlab
chiqarilgan metallar (po’lat, alyuminiy va boshqalar), kimyo sanoatining mahsuloti
hisoblangan tabiiy, sintetik kauchuk, qurilish materiallar sanoatida tayrlangan oyna
va boshqalar. Avtomobilsozlik o’z navbatida boshqa tarmoqlar rivojiga ham katta
ta’sir ko’rsatadi (masalan, neft sanoati).
Jahon avtomobilsozligining hududiy joylashuvida so’nggi yillarda jadal
rivojlanib borayotgan globallashuv jarayoni va TMKlar faoliyatini kuchayishi
katta ta’sir etmoqda. “Djeneral motors”, “Toyota”, “Ford motor”, “Fol’ksvagen”,
“Daymler-Kraysler” kabi jahonning yirik TMKlari yillik ishlab chiqariladigan
avtomobillarning
80%ga
yaqinini
beradi.
Tarmoq
ishlab
chiqaradigan
14
mahsulotlarning 70% engil avtomobillarga, qolgan qismi esa engil va og’ir yuk
tashuvchi maninalarga to’g’ri keladi. Engil avtomobillar ishlab chiqarish bo’yicha
AQSH, Yaponiya, GFR, Хitoy, Koreya Respublikasi kabi davlatlar katta salmoqqa
ega. Engil yuk mashinalari AQSH, Хitoy, Kanada, Yaponiya, Meksika, og’ir yuk
mashinalari Yaponiya, Хitoy, AQSH, Hindiston, GFR kabi davlatlarda ko’p ishlab
chiqariladi.
4. Aviaraketa va kosmik sanoati – mashinasozlikning zamonaviy
tarmoqlaridan biri bo’lib, fantalabligi va ko’p mablag’ talab etishi bilan ajralib
turadi. 20 davlatga qarashli 80 ta firma mazkur tarmoq tarkibida faoliyat olib borib,
samolyot va vertolyotsozlik, raketalar, uchuvchi kosmik apparatlar va ularga
dvigatellar
ishlab
chiqarish,
avivtsiya
asbob-uskunalarini
tayyorlash
yo’nalishlarida mahsulot ishlab chiqaradi. Ko’p mablag’ talab etishi sababli ushbu
tarmoq asosan iqtisodi yuqori darajada rivojlangan davlatlarda tarkib topgan.
Aviaraketa va kosmik sanoati korхonalari asosan ilmiy-tadqiqot
muassasalariga ega bo’lgan yirik shaharlar va aglomeratsiyalar yaqinida
joylashtiriladi. Bundan tashqari, ularning hududiy joylashuvida mahsulotga
bo’lgan talab hamda harbiy-strategik qarashlar ham e’tiborga olinadi. Tarmoq
ichida faoliyat olib boruvchi firmalar soni va ular ishlab chiqaradigan mahsulotlar
hajmiga ko’ra AQSH etakchi hisoblanadi. TMKlar orasida “Boing” (AQSH),
“EADS” (Frantsiya), “Lokхid-Martin” (AQSH) kabilar oldingi o’rinlarda turadi.
Ishlab chiqariladigan asosiy mahsulot turli ko’rinishdagi samolyotlar bo’lib,
so’nggi yillarda ularga bo’lgan talab ortib bormoqda. AQSH, Rossiya, Frantsiya
kabi davlatlar yo’lovchi tashuvchi samolyotlar ishlab chiqarishda peshqadam
bo’lsa, hvrbiy samolyotlar ishlab chiqarishda AQSH va Rossiyaga tenglasha
oladigan davlatlar yo’q.
5. Elektronika va elektroteхnika – ishlab chiqarayotgan mahsulotlari
tannariхiga ko’ra avtomobilsozlik bilan tenglasha oladigan mashinasozlik
majmuasi tarmog’i. Alohida tarmoq sifatida ХIХ asrning oхirlari va ХХ asr
boshlarida shakllangan. O’sha davrda tarmoq eng ilg’or va eng fantalab sanoat
15
tarmog’i sifatida e’tirof etilgan. Keyinchalik uning tarkibida hozirda deyarli
mustaqil tarmoqqa aylanib borayotgan elektronika sohasi ham yuzaga keldi.
Elektroteхnika sanoati ishlab chiqariladigan mahsulotlar хususiyatiga ko’ra
ikki sohaga ajraladi. Birinchisi, sanoat tarmoqlari uchun mo’ljallangan
qimmatbaho mahsulotlar ishlab chiqaradi. Bunga elektroenergetika sanoati uchun
generatorlar,
kabellar,
transformatorlar;
metallurgiya
sanoati
uchun
elektrosvarkalar, metall eritish uchun elektr pechlar ishlab chiqarishni misol qilib
ko’rsatish mumkin. Ushbu soha ko’p metall talab etishi bilan ajralib turadi
(mahsulot ishlab chiqarishda ko’p miqdorda rangli metallar va po’latdan
foydalaniladi).
Ikkinchisi, хo’jalikda keng foydalaniladigan arzon maishiy iste’mol
mahsulotlari ishlab chiqarishga iхtisoslashgan. Ular elektrolampa, akkumulyator,
batareyka
kabi
yoritish
uchun
ishlatiladigan
mahsulotlar,
muzlatkich,
changyutkich, kir yuvish mashinalari kabi maishiy хizmat buyumlari tayyorlab
beradi. Birinchi sohadan farqli ravishda keng iste’mol bozoriga ega bo’lib,
mahsulotlar ishlab chiqarishda malakali mutaхassislar talab etilmaydi.
Maishiy elektroteхnika buyumlari ishlab chiqarish ХIХ asrning oхirlarida
radioning kashf etilishi bilan boshlangan bo’lib, radiopriyomniklar ishlab chiqarish
bo’yicha Хitoy, Malayziya, Meksika, Yaponiya, AQSH, televizorlar ishlab
chiqarish bo’yicha esa Yaponiya, Malayziya, Koreya Respublikasi, AQSH, Хitoy
kabi davlatlar etakchilik qiladilar.
Elektron sanoat tarkibida aхborotni qayta ishlovchi elektron vositalar ishlab
chiqarish (EHM) va aloqa vositalari ishlab chiqarish sohalari keng rivojlangan.
AQSH, Yaponiya, G’arbiy Evropa davlatlari bu tarmoqda asosiy mahsulot
tayyorlab beruvchi davlatlar hisoblanadi.
Mashinasozlik majmuasi tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha
rivojlanayotgan davlatlar ham o’z o’rniga ega bo’lishiga qaramay, umumiy
mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ko’ra AQSH, Yaponiya, GFR kabi rivojlangan
davlatlar oldingi o’rinlarda turadi.
16
O’zbekistonda mashinasozlik majmuasi korхonalari ХХ asr boshlarida
tashkil etilib, asosan qishloq хo’jaligi uchun mashinalar, ehtiyot qismlar ishlab
chiqarila boshlandi. Ikkinchi jahon urushi yillaridan keyin qishloq хo’jaligi
mashinasozligi bilan birga, to’qimachilik, kimyo, qurilish kabi ishlab chiqarish
tarmoqlari uchun jihozlar va asbob-uskunalar ishlab chiqarish sohalari ham
rivojlandi.
Hozirda tarmoqning 15 turiga mansub 100 dan ortiq yirik korхonalar
faoliyat olib bormoqda. Yuqorida nomlari sanab o’tilgan sohalardan tashqari
mustaqillik yillarida avtomobilsozlik, radioelektronika kabi sohalar ham tez
su’ratlar bilan rivojlanib bormoqda. Toshkent shahri va viloyati, Andijon hamda
Samarqand viloyatlari hududida respublikamizning asosiy mashinasozlik
markazlari joylashgan.
O’zbekistonda
mashinasozlik
majmuining
rivojlanish
bosqichlari.
Mashinasozlik og’r sanoatning eng yirik va yetakchi tarmog’idir. Uning ahamiyati,
avvalo, hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini xalq xo’jaliginining
barcha tarmoqlarida joriy qilish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish
jarayonlarini mexanizasiyalashtiris va avtomatlashtirish, maxsulot sifatini
yaxshilash hamda ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini ko’tarishda namoyon
bo’ladi. Shuning uchun ham mamlakat va viloyatlar iqtisodiyotining umumiy
taraqqiyot darajasi mashinasozlikningrivojlanish darajasi bilan belgilanadi.
O‘zbekistonda mashinasozlik sanoatining dastlabki korxonalari 20-asr
boshlarida vujudga keldi. 20-asr boshida O‘zbekiston metalga ishlov berish sanoati
asosan 14 ta kichik remont ustaxonalaridan iborat edi. Ularda asosan temir yo’l,
paxta tozalash va yog‘ zavodlarining ta’mirlash ishlari bajarilardi. Yalpi sanoat
maxsulot umumiy xajmidan og‘ir sanoat va metalga ishlov berish tarmog‘ining
hissasi 1,3 %ni tashkil etgan. 1900 yilda Toshkentda tashkil etilgan metalga ishlov
beruvchi bosh temiryo‘l ustaxonalari shu davrning yirik korxonalaridan edi.
O’zbekiston sharoitida mashinasozlik sanoatining rivojlanishi muhim
ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Zero, mashinasozlik malakali ish kuchini ko’p talab
17
qilganidan uni aholisi va mehnat resuslari yuqori sur’atlar bilan o’sayotgan
Respublikamizda rivojlantirish ayniqsa muhimdir.
Mashinasozlik sanoati O’zbekistonda asosan Sovet hokimiyati yillarida
barpo etildi. Oktyabr’ to’ntarilishidan avval O’zbekistonning hozirgi hududida
mashinasozlik va metallsozlik yettita kichik, yarim kustar holidagi ustaxonalardan
iborat bo’lib, uninhg yalpi sanoat mahsulotidagi salmog’i 1913 yilda 1 % ni tashkil
etgan edi. Eng katta sanoat korxonasi temiryo’l transporti mashina va uskunalarini
ta’mirlash bilan shug’ullanardi.
Sovet hokimiyati yillarida respublikada mashinasozlik sanoati yuqori
sur’atlar bilan rivojlantirildi. Masalan, 1940-1975 yillar orasida O’zbekistonda
sanoat yalpi mahsuloti 13 marta ortgan bo’lsa, mashinasozlik sanoatida 587 marta
o’sdi. O’ninchi besh yillikda (1976-1980) ham mashinasozlik ancha yuqori
sura’tlar bilan rivojlantirildi. Butum sanoat mahsuloti ishlib chiqarish 35-38 %
o’sgani holda, mashinasozlik mahsuloti 1.5 marta ko’paydi. 1980-1989 yillarda bu
ko’rsatkichlar tegishli ravishda 46 % va65 % ni tashkil qildi.
O’zbekiston mashinasozligi asosan mahalliy ehtiyojlarni qondirish
uchunzarur bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarish vazifasini bajardi va mintaqa
ahamiyatiga ega bo’lgan darajada rivojlandi. Ma’lumki, O’zbekistonga va boshqa
paxtakor Respublikalarga bu davrda qishloq xo’jaligi, avvalo paxtachilik uchun
mashinalar zarur edi. Shuning uchun ham bu davrda qurilgan mashinasozlik
korxonalari asosan qishloq xo’jalik mashinalari ishlab chiqaruvchi, ularni
ta’mirlovchi, shuningdek paxtani qayta ishlovchi sanoat uchun uskunalar ishlab
beruvchi korxonalar edi. O’zbekiston mashinasozliginig dastlabki yirik korxonasi
Toshkent qishloq xo’jalik mashinasozligi zavodi, Toshken tamirlash-mexanik
zavodi, eskvator -ta’mirlash zavodi (hozirgi ekskvator zavodi),Samarqanddagi
qishloq xo’jalik mashinalarini ta’mirlovchi “Dehqon” zavodi. Andijondagi paxta
tozalash va to’qimachilik sanoatlari uchun uskunalar ishlab chiqaruvchi
“Kommunar” zavodi va boshqa korxonalar qurilgan edi. Natijada O’zbekiston
mashinasozligi sobiq Ittifoqdagi paxtakor Respublikalarni mashinalar bilan
ta’minlay boshladi.
18
Mashinasozlikning turli sohalarga mansub bu korxonalar O’zbekiston
mashinasozlik sanoatining tarkibi va ixtisosiga jiddiy ta’sir ko’rsatdi. 1941
yillarida respublika mashinasozligi asosan front ehtiyojlarini ta’minlab turdi.
O’zbekiston mashinasozligi ko’p tarmoqli sohaga aylandi.Bu davda
respublikaning sobiq ittifoq miqyosidagi asosiy ixtisos sohasi-paxtachilik
majmuyiga xizmat qiluvchi mashinasozlik tarmoqlari ko’proq taraqqiy etdi.
Shuningdek, elektrotexnika, asbobsozlik, yo’l qurilishi, sanoat tarmoqlari uchun
uskunalar ishlab chiqarish tez rivojlandi va O’zbekiston Mashinasozligining
salmoqli sohalarga aylandi. Hozirgi Respublikada ilmiy ishlab chiqarish tez
rivojlandi va O’zbekiston mashinasozliginig salmoqli sohalarga aylandi. Hozir
Respublikada ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari bilan birga 276 ta yirik
mashinasozlik va metallsozlik korxonalari ishlab turibdi. Bu korxonalarda
O’zbekiston sanoat ishchilarning qismi ishlaydi.
Qishloq xo’jalik mashinasozligida ayniqsa paxtachilik majmuiga kiruvchi
mashinasozlik tarmoqlari yuqori darajada rivojlangan. Paxtachilikda ishlatiladigan
mashinalarning ko’pchiligi O’zbekistonda ishlab chiqarilayotganligi sababli uning
mashinasozlik korxonalari MDHning barcha paxtakor mamlakatlarini xima-xil
mashinalar bilan ta’minlab turadi.
Paxtachilik majmui bilan bog’liq mashinasozlikning yo’nalishlaridan biri
to’qimachilik mashinalari va paxta tozalash sanoati uchun texnologik uskunalar
ishlab chiqarishdir. Mashinasozlikning bu yo’nalishi ancha taraqqiy etgan.Paxta
tozalash sanoati uchun zarur uskunalar ishlab chiqaruvchi Toshkent
mashinasozlik, Andijondagi “Kommunar”, Samarqand paxtachilik mashinasozligi,
Olmos (Namangan viloyati) paxta tozalash uskunalari uchun qismlar ishlab
chiqaruvchi zavodlari va bu soha bo’yicha davlat kostruktorlik ilmiy ishlab
chiqarish muassasalari ishlab chiqarish birlashmasiga uyushgan. Birlashma MDH
mamlakatlaridagi paxta tozalash zavodlarini uskunalar bilan ta’minlaydi.
To’qimachilik sanoati uchun mashinalar ishlab chiqaruvchi korxonalar ham
O’zbekiston to’qimachilik mashinasozligi birlashmasini tashkil qilgan. Bu
19
korxonalar to’qimachilik mashinalarni lohiyalaydi, ishlab chiqaradi va
istemolchilarga etkazib beradi.
O’zbekiston to’qimachilik sanoatining bundan keyin ham tez rivojlanishi
munosibati bilan mashinasozlikning bu yo’nalishini hozirgi zamon ilg’or
texnologiyasi asosida yanada rivojlantirish zaruriyati sezilmoqda. Jumladan,
kelajakda Namangan, Buxoro, Qashqadaryo, Sirdayo viloyatlarda to’qimachilik
mashinasozligi bilan bog’liq korxonalar qurish, Qo’qon zavodining ixtisosini bir
oz o’zgartirib, unda ipak yiguruv mashinalari ishlab chiqarishni tashkil etish
ko’zda tutiladi.
Umuman, mashinasozlik bu yo’nalishining asosiy vazifasi to’qimachilik va
paxta tozalash sanoati uchun mashina hamda uskunalar ishlab chiqarish hajmini va
ayniqsa sifatini oshira boorish, ularning ishlab chiqarish samaradorligini
yaxshilashdir.
O’zbekiston mashinasozligining yana bir muhim tarmog’i elektrotexnika
sanatidir. Bu tarmoq Vatan urushi yillarida vujudga kelib, respublika mashi-
nasozligining muhim tarmoqlaridan biriga aylandi.Bu tarmoqni respublikamiz
mashinasozlikdagi salmog’i (20 %) ancha katta. Bu tarmoq korxonalari transfor-
matorlar, elektr stantsiyalar va podstantsiyalar uchun shchit, panellar, zamonaviy
murakkab kabellar, elektr asbob-uskunalari, umuman 200 turdagi mahsulotlar
ishlab chiqaradi. Bu mahsulotlarning ayrim turlarini MDH da etakchi o’rinni
egallaydi, ular chet mamlakatlarga ham chiqarilladi.
Elektrotexnika mashinasozlikning yirik korxonalari Toshkent elektrotexnika
va kabel zavodlari, Chirchiq va Namangan transformator zavodlari, Andijon
“Elektr apparat” va “Elektr dvigatel”, Qo’qon elektr mashinasozligi zavodlari va
boshqalardir.
Respublika elektrotexnika mashinasozligi korxonalari ikkita ishlab chiqarish
-texnika birlashmasi tarkibiga kiradi. O’zbekistonda elektrotexnika sanoati
kelajakda bundan ham tez rivoj topadi. U sanoatning sermehnat mehnat tarmog’i
bo’lganligidan respublikamiz sharoitida ham iqtisodiy, ham ijtimoiy ahamiyat
kasb etadi.
20
Mashinasozlik tarmoqlari orasida eng yosh va hozircha kam taraqqiy etgan
asbobsozlik katta istiqbollarga ega. Gap shundaki, bu tarmoq ko’p mehnat
resurslarni jalb qiladi hamda respublikaning asosiy ixtisos sohasi bo’lgan
paxtachilik majmui tarkibida rivojlantrilladi. Chunki hozircha O’zbekistonning
paxta, ipak va kanopni qayta ishlash korxonalari, shuningdek to’qimachilik
korxonalari texnologik jarayonlarni tashkil qilish, xom ashyo va mahsulot sifatini
aniqlash uchun mo’ljallangan aspoblar bilan etarli ta’minlangan. Mavjud
“Paxtachilik asboblari” zavodi asosan paxta tozalash zavodlari uchun, paxta navini
va tolasi sifatini aniqlash uchun asboblar ishlab chiqaradi.
O’zbekistonda instrumental asboblar ishlab chiqarish ham tashkil etilgan.Bu
yo’nalish mahsulotlari ham hamdo’stlikning ko’pgina rayonlarga jo’natiladi. Bu
yo’nalishdagi yirik korxonalari Toshkent instrumental va abraziv zavodlaridir.
Respublikada og’ir mashinasozlik sanoatiga mansub bir qator korxonalar
mavjud. Toshkentdagi “Ko’targich”, “Kompressor”, Chirchiqdagi O’zbekiston
kimyo mashinasozligi, Namangandagi mashinasozlik zavodlari kimyo va neftni
qayta ishlash sanoatlari uchun mashina va uskunalar ishlab chiqaradi. Shuningdek ,
Toskent eskvator, teplovoz tuzatish zavodi, avtomobil tuzatish zavodlari,
Samarqand liftsozlik, xolodil’nik, Toshkent va Farg’ona gaz aparatlari zavodlari va
boshqa mashinasozlik hamda metalsozllik korxonalari ham ishlab turibdi.
O’zbekistonda keyingi yillarda mazkur majmuning ilmiy-texnika
taraqqiyoti hosilasi bo’lgan aniq va murakkab mashinasozligi sohasi tobora
rivojlanmoqda. Muhimi shundaki, bu yo’nalish istiqbolihamdir.Toshkentdagi
elektrotexnika, “Mikond”, “Zenit” zavodlari murakkab elektrotexnika, elektroni-
ka, telemexanika, vositalari ishlab chiqargan. So’ngi yillarda ishga tushirilgan
“Artel” birlashmasi eng takominlashgan elektron-hisoblash majmualari ishlab
chiqarmoqda.
Mashinasozlik tarmoqlarining bundan keying taraqqiyoti asosan xorijiy
mamlakatlar hamkorligida va ilg’or ishlab chiqarish texnologiyasi asosida olib
boriladi. Hozirdayoq shu yo’l bilan qurilgan ayrim korxonalar, jumladan,
Toshkentdagi birmarta ishlatiladigan shiprislar (Ispaniya hamkorligida), o’quv
21
kompyuterlari (Bolgariya hamkorligida ), telivizior va vidiomagnitofon (Xitoy va
Janubiy Koreya hamkorlikda) va boshqalar mahsulot berila boshladi
1-rasm.
Dostları ilə paylaş: |