FOTOELEKTRON ASBOBLAR
Reja:
1.
Тashqi va ichki
fotoeffektli
fotoelementlar
2.
Lampali fotoelementlarning tuzilishi, ishlash tartibi, asosiy tavsiflari va
parametrlari
3.
Fotoelektron ko‘paytirgichlar
4.
Fotorezistorlar
5.
Quyosh fotoelementlari
va fotodiodlar, ularning ishlatiladigan sohasi
6.
Fotoelektrik qurilmalar
Т
ashqi va ichki fotoeffektli fotoelementlar
Fotoelektron asboblar deb, yorug‘lik energiyasini
elektr energiyasiga
aylantirish sodir bo‘ladigan asboblarga aytiladi.
Yorug‘lik oqimining fotoelektron asbobga ta’siri xususiyatiga ko‘ra, ichki
va tashqi fotoeffektli asboblarga bo‘linadi. Ichki fotoeffektli
asboblarda foton
ta’sirida zaryad tashuvchilarning (elektronlar va teshiklar) generatsiyalanishi sodir
bo‘ladi.
Т
ashqi fotoeffektli fotoelektron asboblarda esa foton ta’sirida
fotoelektron
emissiya yuzaga keladi. Ichki fotoeffektli fotoelektron asboblarga:
fotorezistorlar, fotogalvanik elementlar,
fotodiodlar, fototranzistorlar va
fototiristorlar; tashqi fotoeffektli fotoelektron asboblarga: elektrovakuum
va gaz
to‘ldirilgan fotoelementlar hamda fotoelektron ko‘paytirgichlar kiradi.