Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта



Yüklə 4,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/271
tarix19.12.2023
ölçüsü4,66 Mb.
#184868
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   271
Informatika va axborot texnologiyasi

Maxsus klavishalar. 
 
Klaviaturada quyidagi maxsus klavishalar joylashgan: ENTER - bu 
klavishaning bosilishi buyruqlar yoki matn qatorlarini kiritish tugaganini 
bildiradi (masalan, buyruqni bajarish boshlanishi uchun uni kiritgandan so`ng 
ENTERni bosish kerak). Bu klavisha ENTER klavishasining yuqorisida 
joylashgan bo`lib, oxirgi kiritilgan belgini o`chirishga xizmat qiladi. 
SCROLL LOCK- ekranni "surish" rejimini o`rnatish va undan chiqish 
klavishasi. Bu rejimda ekranning oxirgi qatori to`lganidan so`ng, ekrandagi 
barcha ma’lumotlar bir satr yuqoriga suriladi. Bunda ekrandagi birinchi satr 
ko`rinmay qoladi. 
ESC bu klavishaning vazifasi programmaga bog`liq bo`lib, ko`pincha 
programma bajarishi lozim bo`lgan ishni u bajarmasdan oldin foydalanuvchi 
32


tomonidan to`xtatish, muloqotning avvalgi nuqtasiga qaytish yoki 
programmadan chiqish kabi hollarda foydalaniladi. 
CTRL va ALT -bu klavishalar faqat boshqa klavishalar bilan birga 
ishlatiladi. Ularni ishlatganda avval bu klavishalarni bosib, keyin asosiy 
klavisha bosiladi va ular birdaniga qo`yib yuboriladi. Ikkita klavishani 
baravariga bosishni ular orasiga "+" belgisi qo`yib belgilaymiz. 
Print Screen-ekranning "to`liq nusxasi" ni olish, ya’ni ekrandagi 
ma’lumotlarni printerga chiqarishga ishlatiladi. 
BREAK -bajarilayotgan programmani to`xtatish uchun CTRL+ 
BREAK kombinatsiyasi ishlatiladi. Ko`pincha shu maqsadda CTRL+C 
ishlatilishi mumkin. 
TAB - tekst redaktorlari programmalarida tabulyatsiya uchun ishlatiladi. 
Disketlar va disk o`rnatish qurilmalari. 
 
Disket (uning sinonimlari - floppi-disk, egiluvchan magnit disk)- uzoq 
vaqt ma’lumotlarni saqlashga mo`ljallangan qo`shimcha xotira qurilmasidir. 
Unga yozilgan ma’lumotlar operativ xotiradagi ma’lumotlardan farqli o`laroq 
kompyuter o`chirilganida ham saqlanib qoladi. Disket ferromagnit qatlam 
qoplangan dumaloq shakldagi plastinkadan iborat bo`lib, ximoya qobig`iga 
joylangan bo`ladi. Qobiqda esa magnit kallak uchun tirqish qoldirilgan. 
IBM PC kompyuterlarida asosan diametri 3,5" dyumli magnit disketlar 
va kompakt disklar ishlatiladi. Disketlar ishlatilmayotgan paytda plastmassa 
yoki qog`oz konvertda changdan, magnit maydonidan va quyosh nuridan 
ximoya qilingan tarzda ko`rsatilgan ma’lum harorat va namlikda saqlanishi 
kerak. Disketni egish, magnit yuzasiga tegish, qattiq siltash mumkin emas. 
Unga yopishtirilgan qog`ozga extiyot bo`lib oxista yozish kerak. 

Yüklə 4,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin