-strelkalar -kursorni o`ngga, chapga, yuqoriga, pastga
surish;
-HOME -kursorni satr boshiga surish;
-END -kursorni satr oxiriga surish;
-PgUp -kursorni bir varaq yuqoriga surish;
-PgDn -kursorni bir varaq pastga o`tkazish;
-DEL -kursor ustidagi belgini yo`qotish;
-INS -"suqulib kirish" rejimini o`rnatish va undan chiqish (bu rejim
o`rnatilganida, kiritilayotgan tekst kursor turgan joydan satrga "suqulib kiradi",
ya’ni kursordan o`ng tomondagi tekst o`ngga surilib, kiritilayotgan tekst uning
joyini egallay boshlaydi va bu rejim o`rnatilmaganida esa kiritilayotgan tekst
satrdagi tekstning o`rnini egallab boradi).
Ba’zi klaviatura modellarida kursorni boshqarish klavishalari alohida
gurux sifatida joylashtirilgan. Bu klaviaturada joylashgan "+" va "-" belgilari
ko`pchilik programmalarda asosiy klaviaturadagi unday klavishalardan o`z
vazifasiga ko`ra farq qiladi. Ular bu belgilarni kiritish emas, balki qandaydir
boshqa ishlarga mo`ljallangan bo`lishi mumkin. Ular ingliz tilidagi xujjatlarda
rangiga mos ravishda o`z nomi bilan yuritiladi: Gray +, Gray - (kulrang +,
kulrang -).
Funktsional klaviatura F1, F2, . . ., F12 kabi belgilangan klavishalardan
iborat. Ularninng har birining aniq vazifasi bo`lmay, har bir programmada
ularga o`ziga mos bo`lgan vazifa yuklangan bo`ladi. Ularning umumiy vazifasi
esa foydalanuvchi va programma orasidagi muloqotni yengillatishdan iboratdir.
Ko`pchilik programmalarda F1 klavishasi "yordam beruvchi" vazifani bajaradi:
u bosilganida ekranda shu programmaning ishlashiga doir ma’lumotlar va u
bilan muloqot qoidalari to`g`risida axborot hosil bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: