O‘qitish materiallar I to‘plami shaxsiy kompyuter arxitekturasi va jihozlariga texnik xizmat ko



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə336/365
tarix19.12.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#184900
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   365
Shaxsiy kompyuter arxitekturasi va ofYendirboyeva Zumrad Zohidjon qizi

Purkagichli plotterlar 
Purkagichli plotterlar (IN K-Jet Plotter) tasvirlarni shakllantirishda qog‘ozga 
bosuvchi kallakning mayda soplolari yordamida siyox, tomchilarini 
yo‘naltirilgan purkashdan foydalanadi — bu purkagichli printerlarni ko‘rib 
chiqishda purkagichli bosishning "pufakchali" texnologiyasi deb ataldi. 
Purkagichli plotgerlar bilan bajarilgan chizmalar sifati juda yuqoridir. 
Purkagichli plotterlarning uch ko‘rinishi mavjud: 
monoxromli, rangli 
va 
rangli
bosish imkoniyatli.
Rangli purkagichli plotterlar 
yozuvchi kallakda ko‘p sonli soplolarni ishlatadi, 
lekin ularning o‘tkazish qobiliyati bunda taxminan ikki marta kamayadi. Rangli 
tasvirni yaratish odatda poligrafiyada qabul qilingan CMYK rangli sxemasi 
bilan amalga oshiriladi, ya‘ni soplolarning to‘rt gURO‘hi ishlatilib, ularning har 
biriga aniq rangli bo‘yoq to‘g‘ri keladi: Cyan — havo rang, Magenta — to‘q 
qizil rang, Yellow — sariqrang, Key — etakchi (qora rang). Rangli plotgerlarni 
ko‘pincha ularni rangli bosish imkoniyatli plotterlardan farqlash uchun to‘da 
rangli deb ataladi. 
Rangli bosish imkoniyatli purkagichli plotterlar 
faqat chiziqlarni yoki 
belgilarni rangli bajarish imkonini beradi, lekin ular butun bir soholarni turli 
ranglarga bo‘yashga qodir еmas. Purkagichli plotterlarga misollar: Hewlett 
Packard HP220, Summa-graphics Sumrna Jet 2M, CalComp TechJet Designer 
720 (hammasi monoxromli); CalComp TechJet Color, Hewlett Packard 
HP650C, Encad Nova Jet 3 (hammasi to‘la rangli). 
Purkagichli plotterlarda ham chizish tezligi yuqori еmas, shuning uchun katta 
hajmli grafik axborotni chiqarish uchun ularni ishlatish maqsadga muvofiq 
еmas. 
Еlektrostatik plotterlar 
Еlektrostatik plotterlar 
(Electrostatic Plotter) yozuvchi kallaklar yordamida 
maxsus еlektrostatik qog‘oz yuzasida berk potencial relefni yaratish 
texnologiyasiga va bu relefda suyuq bo‘yoqii tindirishga asoslanadi. Rangli 
tasvirni yaratish uchun chizish jarayoni 4 marta qaytariladi (CMYK rangli 
sxemasi), albatta, bu unchalik qulay еmas. Ikkinchi jiddiy kamchilik — maxsus 
qimmatbaho еlektrostatik qog‘ozning ishlatilishidir. Tasvir sifati va chizish 
tezligi bu plotterlarda yuqoridir. 

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   365




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin