Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-
dekabrdagi 39-sonli “Ijtimoiy xavfli tajovuzlardan zaruriy mudofaa huquqini ta’minlovchi qonunlarni sudlar
tomonidan qo‘llanishi haqida”gi
qarori
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-
sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining
24-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27-iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan
shikast yetkazishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining
23-bandi
.
38-modda. Oxirgi zarurat
Oxirgi
zarurat holatida, ya’ni shaxsning yoki boshqa fuqarolarning shaxsiga yoxud
huquqlariga, jamiyat yoki davlat manfaatlariga tahdid soluvchi xavfni qaytarish uchun qonun bilan
qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar yetkazgan holda sodir etilgan qilmish,
basharti, shu
xavfni o‘sha holatda boshqa choralar bilan qaytarishning iloji bo‘lmasa hamda keltirilgan zarar oldi
olingan zararga qaraganda kamroq bo‘lsa, jinoyat deb topilmaydi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-
maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarori 9-bandining
to‘rtinchi xatboshisi
.
Shaxsning oxirgi zarurat holatida sodir etgan qilmishi, basharti, oxirgi zarurat chegarasidan
chetga chiqilmagan bo‘lsa, qonuniy deb topiladi.
Agar boshqa vositalar orqali xavfning oldini olish mumkin bo‘lsa yoki keltirilgan zarar oldi
olingan
zarardan oshib ketsa, qonun bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga bunday zarar
yetkazish oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqish deb topiladi.
Oxirgi zarurat holatida sodir etilgan qilmishning qonuniyligini baholashda oldi olinishi lozim
bo‘lgan xavfning xususiyati va xavflilik darajasi, shunday xavfning
haqiqatan mavjud yoki mavjud
emasligi va yuz berish vaqtining yaqinligi, xavfni qaytaruvchi shaxsning mavjud imkoniyatlari,
vujudga kelgan vaziyatdagi ruhiy holati va ishning boshqa holatlari hisobga olinadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
(38-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli
Qonuniga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y.,
03/18/459/0536-son)
Dostları ilə paylaş: