O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT KODEKSI
UMUMIY QISM
BIRINChI BO‘LIM
UMUMIY QOIDALAR
I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari
Oldingi
tahrirga qarang.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining jinoyat to‘g‘risidagi qonunchiligi
O‘zbekiston Respublikasining jinoyat to‘g‘risidagi
qonunchiligi
Konstitutsiya
va xalqaro
huquqning umum e’tirof etgan normalariga asoslangan bo‘lib, ushbu Kodeksdan iboratdir.
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
2-modda. Kodeksning vazifalari
Jinoyat
kodeksining vazifalari shaxsni, uning huquq va erkinliklarini,
jamiyat va davlat
manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan qo‘riqlash,
shuningdek jinoyatlarning oldini olish,
fuqarolarni respublika
Konstitutsiyasi
va qonunlariga rioya
qilish ruhida tarbiyalashdan iboratdir.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
13
,
15
,
22
va
48-moddalari
.
Ana shu vazifalarni amalga oshirish uchun Kodeks javobgarlikning
asoslari va prinsiplarini,
qanday ijtimoiy xavfli qilmishlar jinoyat ekanligini aniqlaydi, ijtimoiy xavfli
qilmishlar sodir etgan
shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralarini
belgilaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
3
,
14
,
42
,
43
,
88
va
93-moddalari
.