6-modda. Demokratizm prinsipi Jamoat birlashmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki jamoalar jinoyat sodir
etgan shaxslar axloqini tuzatish ishiga qonunda nazarda tutilgan hollarda jalb qilinishlari mumkin.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 1-moddasi ikkinchi qismining yettinchi xatboshisi , 7 va 99-moddalari . 7-modda. Insonparvarlik prinsipi Jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini
kamsitish maqsadini ko‘zlamaydi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 26-moddasining ikkinchi qismi . Jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan u axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishining
oldini olish uchun zarur hamda yetarli bo‘ladigan jazo tayinlanishi yoki boshqa huquqiy ta’sir
chorasi qo‘llanilishi kerak.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeks 42-moddasining ikkinchi qismi . Jazolashdan ko‘zlangan maqsadga ushbu Kodeks
Maxsus qismining
tegishli moddalarida
nazarda tutilgan yengilroq choralarni qo‘llash orqali erishib bo‘lmaydigan taqdirdagina og‘irroq jazo
choralari tayinlanishi mumkin.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeks Umumiy qismining XI bobi (“Jazo tayinlash”). LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23- maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarorining 28-bandi . 8-modda. Odillik prinsipi Jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan jazo yoki boshqa
huquqiy ta’sir chorasi odilona bo‘lishi, ya’ni jinoyatning og‘ir-yengilligiga, aybning va shaxsning
ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi kerak.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeks 15-moddasi , V bobi , 54-moddasining ikkinchi qismi . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3- fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 1-bandi . Hech kim aynan bitta jinoyat uchun ikki marta javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23- maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarori 29-bandining birinchi xatboshisi .