3-modda. Kodeksning prinsiplari Jinoyat kodeksi qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi, demokratizm, insonparvarlik,
odillik, ayb uchun javobgarlik, javobgarlikning muqarrarligi prinsiplariga asoslanadi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 4 — 10-moddalari . 4-modda. Qonuniylik prinsipi Sodir etilgan qilmishning jinoiyligi, jazoga sazovorligi va boshqa huquqiy oqibatlari faqat
Jinoyat kodeksi bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 14 , 42 , 43 va 77-moddalari . Hech kim sudning hukmi bo‘lmay turib jinoyat sodir qilishda aybli deb topilishi va qonunga
xilof ravishda jazoga tortilishi mumkin emas. Jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxs
qonunda belgilangan huquqlardan foydalanadi va majburiyatlarni bajaradi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28-moddasining birinchi qismi , O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 23-moddasining birinchi qismi , O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni 10-moddasining ikkinchi qismi va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 2-bobi (“Mahkumlarning huquqiy holati”). LexUZ sharhi Qarang: sud amaliyoti. 5-modda. Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi Jinoyat sodir etgan shaxslar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va
ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, bir xil huquq va majburiyatlarga ega bo‘lib, qonun oldida tengdirlar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 19-moddasining ikkinchi qismi , O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 16-moddasi .