Umumiy qoidalar


-modda. Ayb uchun javobgarlik prinsipi



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

9-modda. Ayb uchun javobgarlik prinsipi
Shaxs qonunda belgilangan tartibda aybi isbotlangan ijtimoiy xavfli qilmishlari uchungina
javobgar bo‘ladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 
uchinchi bo‘limi 
(“Dalillar va isbot
qilinishi lozim bo‘lgan holatlar”).
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-
avgustdagi 24-sonli “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qo‘llashning ayrim
masalalari to‘g‘risida”gi 
qarori
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli
“Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarorining 
4 — 6-bandlari
.
10-modda. Javobgarlikning muqarrarligi prinsipi
Qilmishida jinoyat tarkibining mavjudligi aniqlangan har bir shaxs javobgarlikka tortilishi
shart.


 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-
fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi 
qarori
.
II bob. Kodeksning amal qilish doirasi
11-modda. Kodeksning O‘zbekiston hududida jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan
amal qilishi
O‘zbekiston hududida jinoyat sodir etgan shaxs ushbu Kodeks bo‘yicha javobgarlikka tortiladi.
Qilmish:
a) O‘zbekiston hududida boshlangan, tamomlangan yoki to‘xtatilgan bo‘lsa;
b) O‘zbekiston hududidan tashqarida sodir etilib, jinoiy oqibati esa, O‘zbekiston hududida yuz
bergan bo‘lsa;
v) O‘zbekiston hududida sodir etilib, jinoiy oqibati esa, O‘zbekiston hududidan tashqarida yuz
bergan bo‘lsa;
g) bir necha qilmishlardan iborat yoki boshqa qilmishlar bilan birgalikda sodir etilgan bo‘lib,
uning bir qismi O‘zbekiston hududida yuz bergan bo‘lsa, O‘zbekiston hududida sodir etilgan jinoyat
deb topiladi.
O‘zbekiston bayrog‘i ostidagi yoki O‘zbekiston portida ro‘yxatga olingan havo, dengiz yoki
daryo kemasida O‘zbekiston hududidan tashqarida bo‘lib, chet el davlati hududi hisoblanmagan
joyda jinoyat sodir etilsa, bunday jinoyat uchun ushbu Kodeks bo‘yicha javobgarlikka tortiladi.
Amaldagi qonunlar, xalqaro shartnomalar yoki bitimlarga muvofiq chet el fuqarolarining
javobgarligi to‘g‘risidagi masala O‘zbekiston Respublikasi sudlariga tegishli bo‘lmasa, ular
O‘zbekiston Respublikasi hududida jinoyat sodir etgan holda, xalqaro huquq normalariga muvofiq
hal qilinadi.

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin