Umumiy qoidalar


-modda. Kodeksning O‘zbekiston hududidan tashqarida jinoyat sodir etgan shaxslarga



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

12-modda. Kodeksning O‘zbekiston hududidan tashqarida jinoyat sodir etgan shaxslarga
nisbatan amal qilishi
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi
bo‘lmagan shaxslar, basharti boshqa davlat hududida sodir etgan jinoyat uchun o‘sha davlat
sudining hukmi bilan jazolangan bo‘lmasalar, ushbu Kodeks bo‘yicha javobgarlikka tortiladilar.
O‘zbekiston fuqarosi chet el davlati hududida sodir etgan jinoyati uchun, agar xalqaro
shartnomalar yoki bitimlarda boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, ushlab berilishi mumkin
emas.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi
Qonunining 
11-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 
601-moddasi
.
Chet el fuqarolari, shuningdek O‘zbekiston hududida doimiy yashamaydigan fuqaroligi
bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston hududidan tashqarida sodir etgan jinoyatlari uchun faqat xalqaro
shartnomalar yoki bitimlarda nazarda tutilgan hollardagina ushbu Kodeks bo‘yicha javobgarlikka
tortiladilar.
13-modda. Qonunning vaqt bo‘yicha amal qilishi
Qilmishning jinoiyligi va jazoga sazovorligi ana shu qilmish sodir etilgan vaqtda amalda
bo‘lgan qonun bilan belgilanadi. Agar ushbu Kodeks moddasida harakat yoki harakatsizlik sodir
qilish payti jinoyat tamomlangan payt deb hisoblangan bo‘lsa, ijtimoiy xavfli qilmish bajarilgan payt
jinoyat sodir qilingan vaqt deb topiladi. Agarda ushbu Kodeks moddasida jinoiy oqibat yuz berishi
bilan jinoyat tamom bo‘lgan deb hisoblangan bo‘lsa, jinoiy oqibat yuz bergan payt jinoyat sodir
etish vaqti deb topiladi.
Qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan, jazoni yengillashtiradigan yoki shaxsning ahvolini
boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega, ya’ni ushbu qonun kuchga
kirgunga qadar tegishli jinoiy qilmish sodir etgan shaxslarga, shu jumladan jazoni o‘tayotgan yoki
o‘tab bo‘lgan shaxslarga nisbatan, agar ular hali sudlangan hisoblansalar, tatbiq etiladi.
Qilmishni jinoyat deb hisoblaydigan, jazoni kuchaytiradigan yoki shaxsning holatini
boshqacha tarzda yomonlashtiradigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega emas.
 LexUZ sharhi


Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 
41-
moddasi
.

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin