Umumiy qoidalar


 -modda. Majburiy jamoat ishlari



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

82 -modda. Majburiy jamoat ishlari
Majburiy jamoat ishlari faqat mehnatga layoqatli voyaga yetmaganlarga nisbatan oltmish
soatdan ikki yuz qirq soatgacha bo‘lgan muddatga tayinlanadi. Majburiy jamoat ishlari voyaga
yetmaganlarning sog‘lig‘iga va ma’naviy jihatdan rivojlanishiga zarar yetkazmasligi, o‘qish jarayonini
buzmasligi lozim.
O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslar tomonidan majburiy jamoat ishlarini
bajarish muddati, agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, olti oy davomida kuniga
ikki soatdan oshmasligi, mahkumga bog‘liq bo‘lmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda esa, bir
yilgacha bo‘lgan muhlatda kuniga ikki soatdan oshmasligi kerak.
Mahkum jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlagan taqdirda, sud majburiy jamoat ishlarining
o‘talmagan muddatini majburiy jamoat ishlarining to‘rt soatini ozodlikni cheklashning yoki
ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga tenglashtirgan holda hisoblab, ozodlikni cheklash yoki
ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlanilgan
vaqt jazoning o‘talgan muddatiga qo‘shib hisoblanmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-maydagi 346-sonli “Majburiy
jamoat ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini tashkil etish tartibi haqidagi nizomni hamda majburiy jamoat
ishlari turlarining ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 
qarori
.
(82 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
83-modda. Axloq tuzatish ishlari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Axloq tuzatish ishlari faqat mehnatga layoqatli voyaga yetmaganlarga nisbatan o‘z ish joyida
o‘tash, aybdor hech qayerda ishlamasa, ushbu jazo ijrosini nazorat qiluvchi organlar belgilab
beradigan o‘zi yashaydigan hududdagi boshqa joylarda o‘tash tariqasida bir oydan bir yilgacha
muddatga tayinlanadi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-
fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 
12
 va 
18 —
23-bandlari
.
(83-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 357-I-son 
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 56-modda)
1
1
1


Oldingi
 tahrirga qarang.
Voyaga yetmagan shaxs tayinlangan axloq tuzatish ishlarining o‘ndan bir qismidan ko‘prog‘ini
o‘tashdan bo‘yin tovlagan taqdirda, sud bu jazoning o‘talmagan qismini axloq tuzatish ishlarining
har uch kunini ozodlikni cheklashning yoki ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga
tenglashtirgan holda hisoblab, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo
bilan almashtiradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 
539

541-moddalari
, 542-moddasining
uchinchi qismi

545-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 
5-bobi 
(“Jarima
tariqasidagi jazoni ijro etish”), O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini
ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 
67-moddasi
.
(83-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
(84-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli 
Qonuniga 
asosan o‘z
kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin