Kapalak -
tut ipak qurtining jinsiy jihatdan yetilgan bosqichidir.
38-rasm. [27] 1-2.Pilladan chiqgan kapalaklar.
G‘umbaklik po‘stini tashlagandan keyin kapalak jig‘ildonidan pilla qobig‘ini
yumshatadigan maxsus suyuqlik ajratadi. So‘ngra kapalak pilla ipaklarini oyoqlari
bilan itarib, hosil bo’lgan teshikni boshi bilan kengaytirib, undan chiqadi.
Birmuncha qurigach, qanotlarini to‘g‘rilagach, kapalak juftlasha boshlaydi.
Juftlashgandan bir oz vaqt o‘tgach (ba’zan esa shu vaqtda) ular ajratilgandan so‘ng
urg‘ochi kapalak tuxum (urug‘) qo‘yishga kirishadi. Tut ipak qurtining to‘la
rivojlanish davri shu bilan tugaydi.
39-rasm.1.2.3.4..Urg‘ochi kapalakni juftlashish va tuxum (urug‘) qo‘yish
jarayonlari.
1-juftlashayotgan kapalaklar.
2-tuxum (urug‘) qo‘yayotgan urg‘ochi kapalak
3-tuxum (urug‘) qo‘yayotgan urg‘ochi
kapalak
4-sog‘lom tuxum (urug‘)
O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1.Tut ipak qurti qaysi sinfga, turkumga, oilaga, avlod va turga mansub?
2.Turning lotincha nomlarini yozing.
3.Tut ipak qurtini rivojlanish bosqichini aytib bering.
4.Monovoltin, bivoltin va polivoltin zotlarning asosiy biologik farqi nimada ?
5.Tut ipak qurtini qurtlik bosqichi necha yoshga bo‘linadi va yoshlarini taxminan davomiyligi?.
6. Tut ipak qurtini yoshlari o‘rtasida qaysi biologik jarayon chegara hisoblanadi?
7. Tut ipak qurtini qurtlik bosqichini davom etishini qaysi yo‘l bilan boshqarish mumkin?
2.2. Tut ipak qurtining tashqi tuzilishi
Tut ipak qurti o‘z hayotining to‘rtta bosqichidan, faqat qurtlik bosqichidagina
oziqlanadi. Qurtlik bosqichi 25 - 30 kun davom etib, bu davrda ipak qurti o‘zining
hayot faoliyati uchun va g‘umbaklik, kapalaklik hamda tuxumlik bosqichi uchun ham
etadigan ortiqcha oziq moddalari to‘play olishi kerak. Bundan tashqari, g‘umbak va
kapalaklar hayot jarayonlarining intensivligi va qanday o‘tishiga urg‘ochi kapalak
tanasida shakllanadigan tuxumlarning miqdori, bu tuxumlardagi oziq moddalar
zahirasi va ipak qurtidagi bir qator irsiy xususiyatlar ipak qurti hayoti davomida
qancha miqdorda oziq moddalar to‘play olishiga, bu moddalarning tarkibi qanday
bo‘lishiga bog‘liq. Qurtning vazni va pilla hosil bo‘ladigan ipak tolasining ayrim
texnologik xususiyatlari qurtlik bosqichi davrida o‘zlashtirilgan oziq moddalarning
sifati va miqdoriga bog‘liq.
Tut ipak qurti monofag hasharot hisoblanadi, ya’ni bir tur oziq - tut daraxtining
barglari bilan oziqlanadi. To‘g‘ri, qurtni ayrim boshqa o‘simliklar qoqio‘t, maklyura
va ko‘knori barglari berib boqish mumkin, lekin oqibatda qurt pilla o‘ramasdan
nobud bo‘ladi yoki juda sifatsiz pilla o‘raydi.
Tut bargining oziqlik sifati asosan, undagi oqsil va uglevodlar miqdoriga, bu
moddalarning o‘zaro nisbatiga va bargdagi suvning ko‘p-ozligiga bog‘liq.
Qurtlar oziqni yaxshi yeyishi va o‘zlashtirish uchun u yashayotgan tashqi sharoit
katta ahamiyatga ega. Bu sharoit eng avvalo, harorat, ma’lum darajadagi havoning
nisbiy namligi, qurtlarning joylashishi uchun yetarli joyning bo‘lishi,havoning doimo
toza bo‘lishi, yorug‘likning hamma tomonga bir xil tarqalishi, ipak qurtining kasallik
qo‘zg‘atuvchilardan saqla-nishidan iboratdir. Ipak qurti qulay sharoitda ko‘p
ovqatlanadi va bargdagi oziq moddalarni yaxshi o‘zlashtiradi, yaxshi o‘sadi va
rivojlanadi, pishiq og‘ir pilla o‘raydi.
Ipak qurti o‘raydigan pillaning ipak tolasi yuqori texnologik xususiyatga ega;
g‘umbakdan ko‘p miqdorda tuxum (urug‘) qo‘yishga layoqatli bo‘lgan, yaxshi
rivojlangan kapalak chiqadi. Tuxumda esa embrion rivojlanishi, undan so‘ng
tuxumdan yangi ipak qurti chiqishi uchun zarur bo‘lgan ko‘p miqdorda oziq
moddalar bo‘ladi.
Ipak qurtining tashqi muhit sharoitiga (oziq ham shu sharoitga kiradi) bo‘lgan
talabini bilish uchun uning tanasida yuz beradigan hayot faoliyati jarayonlarini va
bu jarayonlarning natijasi, tezligiga tashqi sharoit qanday ta’sir etishini o‘rganish
kerak. Ipak qurtining o‘zi ham tashqi sharoitga ta’sir qilishini unutmaslik kerak, ya’ni
ovqatlanishi va nafas olishi natijasida u o‘zidan ekskrement, karbonat angidrid, suv
va issiqlik ajratadi.Ushbu jarayonlar xonadagi havoni, harorat va namlikni,
o‘zgartirishini e’tiborga olish kerak.
Ipak qurtining tanasi cho‘zinchoq, deyarli silindrsimon bo‘lib, uch qismdan;
bosh, ko‘krak va qorindan iborat.
40- rasm.[27] Ipak qurtining tashqi ko‘rinishi va tana tuzilishi
Qurtining bosh qismi yarim yumaloq, aniqrog‘i, yarim shar shakliga o‘xshaydi
va birmuncha no‘xatning yarim pallasini eslatadi. Qurt yoshligida uning boshi
yaltiroq qora tusda bo‘lib, yoshi kattalashib,qurt o‘sgan sari oqarib boradi va
beshinchi yoshda qo‘ng‘ir-jigarrang tusga kiradi.
Boshining tashqi qoplami bir qancha xitin plastinkalardan hosil bo‘lgan. (Xitin
-qattiq shu bilan birga birmuncha elastik, ba’zan birmuncha yaltiroq bo‘lgan oqsil
moddadan iborat, boshqa hayvonlarning shox, tuyoq, sochlari shunga o‘xshash
moddadan hosil bo‘lgan.) Plastinkalar bir-biri bilan zich birikib, mustahkam yaxlit
bosh kapsulasini hosil qiladi.
Boshning ustki qismida ko‘z, mo‘ylov, og‘iz va ipak ajratish naychasi
joylashgan; ipak qurtida boshining ikki yon tomonida oltitadan joylashgan 12 ta
oddiy ko‘z bo‘ladi.
Ko‘zning bevosita yaqinida sezish, hidlash vazifasini bajaruvchi ikkita uch
bo‘g‘imli mo‘ylov joylashgan.
Og‘iz teshigi boshining ostki qismida o‘rnashgan. Uni og‘iz o‘simtalari: og‘iz
usti qalqonchasi, yuqorigi lab, yuqorigi jag‘, pastki jag‘, toq ostki lab o‘rab turadi.
Yuqorigi lab og‘iz teshigi ustida joylashgan va o‘rta qismi sal o‘yilgan yarim
doira shaklidagi uncha katta bo‘lmagan teri burmasidan iborat.
Yuqorigi labda sezuvchi tolalar joylashgan bo‘lib, ularning ichki yuzasida
sezish, hidlash organi hisoblangan naychalar bor.
Yuqorigi jag‘ og‘izning har bir tomonida bittadan bo‘lib, ichki chekkasi
bo‘ylab tishli qattiq, qora o‘siqlar joylashgan; qurtlar birinchi yoshdaligida bunday
tishchalar har bir jag‘da beshta, ikkinchi yoshda- ettita, uchinchi yoshda - to‘qqizta,
to‘rtinchi yoshda - sakkizta va beshinchi yoshda faqat to‘rtta bo‘ladi. Har bir jag‘
asosidan boshning ichki qismiga xitinli o‘siqlar ketgan bo‘lib, bularga jag‘ni ochib-
yopadigan kuchli muskullar kelib birikadi. Bu muskullar jag‘larni surish bilan
og‘iz teshigiga yo‘l ochadi; jag‘lar birlashganda barg chetini kuch bilan qisadi va
uning bir qismini uzib oladi.
Sezuvchi tolali uch bo‘g‘imli paypaslagichlari bo‘lgan juft ostki jag‘lar, faqat
bir oz harakat qilib ko‘tarila va tusha oladi. Ostki labda, oldingi qismining o‘rtasida,
oxirgi qismida ipak chiqaradigan teshigi bo‘lgan ipak ajratuvchi konussimon naycha
joylashgan. Naychalarning yon tomonida uncha katta bo‘lmagan yana ikkita
paypaslagich- mo‘ylov bor.
Ostki jag‘ va ostki lab oziqni maydalashda ikkinchi darajali ro’l o‘ynaydi; ular,
asosan bargning kemirib olingan bo‘lagini og‘izga uzatishga xizmat etadi.
Yuqorida bayon etilganlardan ma’lum bo‘lishicha, og‘iz qismlari og‘iz ichida
emas, balki uning atrofida joylashgan ekan.
Ipak qurtining tanasi ko‘krak va qorindan iborat. Tanasi bo‘g‘imlardan
tuzilgan. Ko‘krak qismida bu bo‘g‘imlarning chegarasi faqat hasharotning qorin
tomonidan ko‘rinadi; qorinning bo‘g‘imlarga bo‘linishi birmuncha aniqdir, ya’ni
bo‘g‘imlarning chegarasi tananing hamma qismidan aniq ko‘rinib turadi.
Ko‘krak nisbatan kalta, lekin uchta bo‘g‘imdan tuzilgan bo‘lib, tananing eng
yuqori qismi hisoblanadi. Ko‘krak qismi bosh bilan yumshoq keng parda orqali
birikkan. Ko‘krak hap bir bo‘g‘imining ostki qismida bir juftdan oyoqchalar
joylashgan. Har bir oyoqcha doimo torayib turuvchi uchta bo‘g‘imdan iborat; eng
ingichka oxirgi bo‘g‘im tuklar bilan qoplangan qattiq tirnoq bilan tugaydi.
41-rasm [27] 1-Tut ipak qurti boshini ostki
tomondan ko‘rinishi.1-mo‘ylovlar. 2-ko‘zchalar.
3--ostki jag‘.4-ipak chiqarish naychasi. 5-ostki
lab.
[27] 2-Tut ipak qurti boshini old tomondan
ko‘rinishi.
1- boshning yon tomonlari. 2-
peshona bo‘shlig‘i, 3- ko‘zchalar, 4- yuqori
lab, 5- yuqorigi jag‘,6- mo‘ylov, 7- pasgi
labdagi paypaslagich.
Dostları ilə paylaş: |