Tuxumdan chiqqanida
2,95
1-yoshning oxirida
8,78
2-yoshning oxirida
13,17
3-yoshning oxirida
26,34
4-yoshning oxirida
43,90
5-yoshning oxirida
87,60
Dastlabki uch yoshi uch-to‘rt kundan davom etadi, to‘rtinchi yoshi besh-olti
kun va beshinchi yosh yetti-to‘qqiz kun davom etadi.
Yoshlarning davom etish
muddati, ko‘p jihatdan, qurt boqilayotgan joyning temperatura sharoitiga, oziqning-
tut bargining miqdori va sifatiga bog‘liq.
Qurt kichik yoshlarida eski po‘stini 12-16 soat davomida, katta yoshlarida bir
sutkaga yaqin vaqtda tashlab bo‘ladi. Bu vaqtda qurt harakatdan to‘xtaydi va
oziqlanadigan -yuzaga (barg qoldiqlariga, shoxlarga) ipaklari bilan yopishib oladi va
boshini ko‘targanicha uyquga kirgandek bo‘ladi.
Shuning uchun, ko‘pincha, po‘st tashlashni qurtning uyquga kirishi deyiladi.
Uyqu oxiriga borib, eski po‘st yoriladi va qurt yangi teri hosil qilgan holda undan
chiqib o‘rmalay boshlaydi.
Tut ipak qurti qurtlik davrida o‘zining hayot faoliyati va ipak (pilla)
hosil
qilish, keyingi davrlari (g‘umbaklik; kapalaklik)da
rivojlanish, urug‘lar hosil
bo‘lishi uchun juda ko‘p miqdorda oziq moddalari talab qiladi, qayta ishlaydi.
Qurtlik davrida qurtlarning og‘irligi 10- 12 ming marta ortadi.
Qurt og‘irligining har bir yoshdagi oshib borishi bir xilda bo‘lmaydi.
Qurt og‘irligining yuqori darajada ortishi dastlabki to‘rt yoshida, asosan, har
bir yoshning ikkinchi va uchinchi kuni kuzatiladi.
Beshinchi yoshdagi qurt
og‘irligining yuqori darajada ortishi bu yoshning uchinchi- beshinchi
kunlarida
kuzatiladi.
Turli temperaturada oziqlantirilganda 10 ta qurtning har bir yosh