qaytadan yozda va kuzda qurt boqish uchun gibrid urug’lar
tayyorlashda
komponentlardan biri sifatida foydalaniladi. Tut ipak qurti quyidagi to‘rtta har xil
rivojlanish bosqichiga ega. Bular tuxum (yoki urug‘), lichinka yoki qurt, g‘umbak
va jinsiy jihatdan yetilgan shakli - kapalakdir. Tut ipak qurtida qurtlik bosqichi
oziqlanadigan bosqich hisoblanadi. Tut ipak qurtining
qolgan bosqichlaridagi
hayot jarayonlari qurtning organizmida to‘plangan zahira oziq moddalar hisobiga
boradi. Tut ipak qurti yilning ko‘p vaqtini - o‘n oygacha (polivoltin zotidan
tashqari) tuxumlik bosqichida o‘tkazadi. Tut ipak qurti qo’ygan
tuxumlar bir
tomoni yassi bo‘lib, ovalsimondir. Tuxumlar qo’yilgandan keyin dastlabki vaqtda
uning keng tomoni birmuncha botgan bo‘ladi. So‘ngra oziq moddalarining
ishlatilishi natijasida urug‘ning hajmi kichrayadi va uning keng tomoni qavariqdan
sekin-asta botiqqa aylana boshlaydi. Urug‘larning
katta-kichikligi tut ipak
qurtining zotiga, tuxum avlodining to‘laligiga va qo‘yish navbatiga bog‘liq bo‘ladi.
Kapalak qo‘ygan birinchi to‘p tuxumlar hamma vaqt keyingi qo‘yilgan
tuxumlardan yirik bo‘ladi. Har bir tuxumda zahira oziq moddalari bo‘ladi (sarik),
mana shu oziq moddalari hisobiga embrion rivojlanadi. Tuxum rivojlanishi uchta
davrga bo‘linadi. Birinchi davr kapalakning tuxum qo‘ygan vaqtidan boshlanadi va
havo (embrion pardasi, embrion diski va boshqalar hosil bo‘lishi) hosil bo‘la
boshlaydi. Bu jarayon rivojlanishning uchinchi-turtinchi kunlarida to’xtab qoladi.
Keyingi -yozgi-kuzgi qurt boqish davrida tuxumning hayot faoliyati sekin-
asta pasayib boradi va uzoq vaqt tinchlik davriga kiradi, bunday holda urug‘ kelgusi
yil bahorigacha qoladi (qishlaydi, ya’ni deyapauza davri)
Uchinchi davr ham sifat jihatidan turlicha bo‘lib, bu qurt urug‘ining bahorgi
rivojlanish davridir. Nam va temperatura eng yaxshi bo‘lgan sharoitda bu davr 12-
15 kun davom etadi. Tut ipak qurti bu davr bo‘yicha rivojlanish jarayonining
intensivligi farqli ravishda nafas olish faolligio‘zgarishida namoyon bo‘ladi. Ikki-
uch kunlik ipak qurti urug‘larida nafas olish juda tez bo‘ladi, so‘ngra nafas olish
juda kamayib ketib, hatto zo‘rga seziladigan bo‘lib qoladi. Urug‘larning bahorgi
rivojlanish jarayonida nafas olish intensivligi keskin darajada ortadi.
Bu hol
tuxumdan qurt chiqqunicha davom etadi. Nafas olish intensivligi bahorgi qurt
ochirishning
oxiriga borib, qishlayotgan urug‘larning nafas olishiga nisbatan 90
marta, qurt ochirishning birinchi kunlariga qaraganda esa deyarli 20 marta ortadi.
Dostları ilə paylaş: