Международный
научный
журнал
№
9
(100),
часть
2
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
апрель
, 2023
г
668
IPAK QURTI BIOLOGIYASI
Aliyeva Nozima O‘tkir qizi
Amanboyeva Gulzoda Maxmudjon qizi
Azimov Nodir Qodir o’g’li
Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti
Annotatsiya:
Tabiiy ipak faqat ipak qurtlaridan olinadi, O‘zbekistonda asosan tut ipak
qurti boqiladi. Tabiiy ipak esa chiroyliligi, pishiq va mustahkamligi, havo o‘tkazuvchan va
chirimasligi bilan boshqa tolalardan farq qiladi
Kalit so’zlar
:
tutchilik, pillachilik, ipak qurti, hukumat qarorlari, tutchilik va ipakchilik
tarixi, istiqbollari, ko‘paytirish va rivojlantirish, Pillachilik, pilla, ipak qurti, tabiiy tola, ipak
qurti turlari, yovvoiy qurtlar, madaniy ipak qurti, qurtning rivojlanishi,.
Tut ipak qurting hayvonot olamida tutgan o‘rni. Tut ipak qurti zoologik sistematikada
akademik G.Ya.Bey-Bienko ta’rificha, faqat tut bargi bilan oziqlangani uchun tut ipak qurt
i
(Bombux mori L) turi, qurtlik davrining oxirida mudofa qatlam- pilla o‘
ragani uchun
pillakashla
r (Bombycidal) oilasi, voyaga etgan davrida kapalagining tanasi tangachalar bilan
qoplangani uchun tangacha lilar yoki kapalaklar (Lepidoptera) turkumi, individual
rivojlanishida to‘liq shaklini o‘zgartirib rivojlangani uchun to‘liq metmorfazalilar
(bolometabola) bo‘limi,
uch juft oyoqlari, tanasi bosh, ko‘krak va qorin qismlariga
ajralganligi uchun olti oyoqlilar yoki hasharotlar (Insekta) sinfi,
nafas olish organlari
traxeyadan tuzilganligi uchun traxeya bilan nafas oluvchilar (Traxeata) kenja tipiga va
nihoyat oyoqlari bo‘g’imlaridan iborat ekanligi uchun bo‘g’imoyoqlilar (Arthropoda) tipiga
kiradi.
Ipak qurtining turlari. Tabiiy ipak faqat tut ipak qurti pillasidan emas,
balki ipak
qurtining saturnid oilasiga kiruvchi 20 ga yaqin turidan iborat bo‘lgan yovvoyi ipak
qurtlarining pillasidan ham olinadi. O‘larning tolasi pishiq, tabiiy chiroyli, rangdor, ximiyaviy
moddalar va boshqa zalarli ta’sirlarga chidamliligi bilan xarakterlanadi. Lekin, tolasi tut ipak
qurtining pillasiga nisbatan yo‘g’on, yomon sug’iriladi (ba’zilar yigirilmaydi), turli xil
ranglarga bo‘yalmaydi, ipak miqdori kam bo‘ladi. Ko‘pchilik ipak qurtining pillalaridan ipak
paxta (momiq) olinib, ular tabiiy sharoitda, ya’ni daraxtzor yoki butazorlarda boqiladi.
Yovvoyi
ipak qurtlariga Aylant, kanakunjut va Assam ipak qurtlari, shuningdek, Xitoy
Yaponiya va Xindiston dub ipak qurtlari kiradi.
Aylant ipak qurti aylant daraxtining bargidan tashqari siren va olma daraxtining bargi
bilan ham oziqlanadi. Bular Xindiston, Xitoy va Yava mamlakatlarida uchrab, bir yilda 4
marotabagacha avlod beradi. Pillasi kulrang sariq tusli, cho‘zinchoq. Bir qutbida teshigi bor,
tolasi so‘g’irilmaydi.
Kanakunjut ipak qurti aylant ipak qurtiga juda yaqin bo‘lib, 4-7 marotabagacha avlod
beradi.
U kanakunjut, siren, yovvoyi olma daraxtlarining bargi bilan oziqlanadi. Ularning