I I- BOB
2.1. Tut ipak qurtining o‘sishi va rivojlanishi
Tut ipak qurti bo‘g‘imoyoqli hayvonlar tipiga,hashoratlar sinfiga, tangacha
qanotlilar turkumiga, ipak qurtlilar oilasiga mansubdir. Chunki tanasining hamma
o‘simtalari -mo‘ylovlari, oyoqlari, paypaslagichlari
va boshqa qismlari
bo‘g‘imlarga bo‘lingan bo‘g‘imlar bir biri bilan elastik parda orqali tutashgan
bo‘ladi. Bu tipga kiruvchi hayvonlar uchun tanasini tashqi ta’sirdan himoya qilib
turuvchi qattiq tashqi qoplamning bo‘lishi xarakterlidir. Bo‘g‘imoyoqlilarning
skeleti alohida moddadan -
xitindan
tuzilgan. Bo‘g‘imoyoqlilarning
xitinli tashqi
qoplami
kutikula
deb-ataladi. Bo‘g‘imoyoqlilarning tanasi pishiq kutikula bilan
qoplangan bo‘lib, egilishi mumkin, ya’ni u bo‘g‘imlardan tuzilgan. Bo‘g‘imlarning
birlashgan joylarida
xitinli kutikula yupqa, egiluvchan biriktiruvchi parda hosil
qiladi. Bunday parda bir segmentning boshqa segmentga
nisbatan siljishi va
harakatlanishiga imkon beradi. Shunday qilib, tanasining o‘ziga xos tuzilganligi,
ya’ni tanasining segmentlarga, o‘simtalarining esa bo‘g‘imlarga bo‘linishi va
xitinli qattiq kutikulaning bo‘lishi bo‘g‘imoyoqlilarning xarakterli belgisidir.
Xitinli kutikula juda kam cho‘ziladi, lekin hayvon rivojlangan sari u tor bo‘lib
qoladi, bu esa qurtning eski po‘stni tashlab, yangisini hosil qilishiga sabab bo‘ladi.
Bo‘g‘imoyoqlilar qoplamining yangilanish protsessi po‘st tashlash deb ataladi.
Tut ipak qurti bo‘g‘imoyoqlilar
tipining hashoratlar
Dostları ilə paylaş: