Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган давлат университети


To‘garak.  Informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha to‘garak bu



Yüklə 5,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/126
tarix19.12.2023
ölçüsü5,1 Kb.
#185510
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   126
IUM qollanma Metodika bo\'yicha

To‘garak. 
Informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha to‘garak bu
 
faol 
va natijaviy darsdan tashqari mashg‘ulotlardan biri. To‘garak asosida ixtiyoriylik 
prinsipi yotadi.
Ekskursiyalar. 
O‘quvchilar ekskursiyalarga juda qiziqadilar.
 
Ma’lumki, 
o‘quvchilarni maktab matbuoti bilan tarbiyalash darsdan tashqari 
mashg‘ulotlarning muhim yo‘nalishi. U maktab gazetalari mazmuni va 
o‘quvchilarni gazeta chiqarish jarayonida muharrir, redkollegiya va 
korrespondent sifatida faol qatnashish ta’siri ostida amalga oshiriladi. 
O‘quvchilar EHM yordamida mustaqil gazeta chiqarishlari uchun, ularni tekst va 
grafik redaktorlari bilan ishlashga o‘rgatish kerak.
Kecha va konkurslar 
o‘quvchilar bilan ishlashda muhim ahamiyatga ega.
 
O‘quvchilarda har xil konkurslar qiziqish uig‘otadi. Informatika va
axborot texnologiyalari bo‘yicha konkurs sifatida:
-
“Nima?, Qaerda?, Qachon?”, 
-
“Kompyuter o‘yini musobaqasi” o‘yinlarini tashkil qilish zarur. 
Hozirgi kunda qaysi sohani olmaylik, barchasida yangi zamonaviy axborot 
texnologiyalar asosida ish olib borilmoqda.
SHu maqsadda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida informatika fanining 
o‘qitilishi hozirgi kunda asosiy masalalardan biriga aylanib bormoqda.
Maktablarda informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qitilishi 
o‘quvchilarning zamonaviy axborot texnologiyalari bilan yaqindan tanishib 
kompyuterlar bilan minimal darajada ishlashni o‘rganish va boshqa zamonaviy 
axborot texnologiyalari haqida tasavvurga ega bo‘lishlari kerak.
Sinfdan tashqari ishlar o‘tkazilganda nafaqat o‘quvchilar bilan balki ularni 
hozirgi kunda kompyuterlarning hayotimizdagi o‘rni zamonaviy axborot 
texnologiyalari haqida tasavvur va tushunchalarni
kengaytirish, fikrlash madaniyatini tarbiyalash, kompyuter savodxonligini 
oshirish ko‘zda tutiladi.
Informatika va axborot texnologiyalari to‘garagi har bir maktabda tashkil 
etilishi zarur bo‘lgan tadbirlardan biridir. To‘garak mashg‘ulotlari o‘quvchilarni 
informatika va axborot texnologiyalari faniga qiziqishini oshirish bilan birga 
to‘garakda shu maktabda mavjud bo‘lgan kompyuter bilan uning imkoniyatlari va 
xalq ho‘jaligida foydalanish uchun mo‘ljallangan har xil dasturlar bilan yaqindan 
tanishadilar.
To‘garakka informatika faniga qiziquvchi o‘quvchilar qabul qilinadi. 
To‘garak a’zolari 10-12 tadan oshmasligi lozim. To‘garakka yuqori sinf 
o‘quvchilaridan ham, o‘rta sinf o‘quvchilaridan ham olish mumkin. To‘garak 
haftasiga 2 martadan darsdan keyin bir-ikki soat o‘tkazish mumkin.
Bu to‘garaklar o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, mantiqiy 
fikrlash qobiliyatini o‘stirish va informatikaning asosiy tushunchalarini chuqur 
o‘rganishni ta’minlaydi. O‘quvchilar dunyoqarashini ilg‘or zamonaviy dasturiy 


va amaliy vositalar yo‘nalishida shakllantiradi. Mustaqil fikrlash qobiliyatini 
oshiradi.
To‘garakning asosiy yo‘nalishi

o‘quvchilarni yangi
kompyuter
texnologiyasi
bilan
tanishtirish,
ularga
hozirgi
paytda
foydalanilayotgan zamonaviy dasturiy vositalar haqida ma’lumot berish, keng 
tarqalgan dasturlash tillaridan birida ishlashni o‘rganish.
To‘garak a’zolari bilan hamkorlikda tashkil qilingan o‘quvchilar 
bellashuvining tashkil qilinishi bo‘yicha qisqacha na’muna keltirib o‘tamiz.
Bellashuv ikki guruh orasida tashkil etiladi. Har bir guruhdan 6-8 ta o‘quvchi 
ishtirok etishi mumkin.

Yüklə 5,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin