Mantiqiy tip. Mantiqiy kattalik
True (rost)
yoki
False (yolg‘on)
qiymatlaridan
birini qabul qiladi. Delphi tilida mantiqiy kattaliklar Boolean tipiga
mansub bo‘ladi.
O‘zgaruvchilar. O‘zgaruvchi
–
bu kompyuter xotirasining bir qismi
bo‘lib,
unda dastur yordamida qayta ishlanishi talab qilingan ma’lumotlar saqlanadi.
Dastur ma’lumotlar bilan ish olib borar ekan, u amalda xotira yacheykasidagi
ma’lumotlar, ya’ni o‘zgaruvchilar ustida amallar bajaradi.
O‘zgaruvchilar umumiy ko‘rinishda quyidagicha e’lon qilinadi:
Nom : tip; Bu erda
Nom – o‘zgaruvchining nomi,
tip – shu o‘zgaruvchi qabul qiladigan
ma’lumotlarning tipi. Masalan:
a : Real; b : Real; i : Integer; Standart funksiyalar. Dasturchilar ixtiyoriga
Delphi
tili bir qator standart
funksiyalarni taklif qiladi. Funksiyaning tipi uning nomi bilan bog‘langan.
SHuning uchun operanda sifatida bu funksiyalardan foydalanish mumkin.
Funksiya qiymatining tipi va argumentlarining tiplari bilan xarakterlanadi.
Qiymat olayotgan o‘zgaruvchining tipi funksiya tipiga mos bo‘lishi lozim.
Matematik funksiyalar funksiya qiymat Abs (n)
n ning absolyut qiymati
Sqrt (n)
n ning kvadrat ildizi
Sqr (n)
n ning kvadrati
Sin (n)
Sinus n
Cos (n)
Kosinus n
Arctan (n)
Arktangens n
Exr(n)
Eksponenta n
Ln(n)
n ning natural logarifmi
Rardom(n)
0 dan n-1 gacha bo‘lgan tasodifiy Son