Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган давлат университети



Yüklə 5,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/126
tarix19.12.2023
ölçüsü5,1 Kb.
#185510
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   126
IUM qollanma Metodika bo\'yicha

Rolli o‘yinlardan foydalanish. 
Informatika fanini maktabda
 
o‘qitishda bir 
qancha qiyinchiliklarga uchramoqda. Informatika o‘qituvchilarining aksariyati 
o‘z kasbining haqiqiy muxlisidir desak ham bo‘ladi. Lekin ularning kuch 
g‘ayratlari ko‘pincha boshqa ishlarga sarf bo‘lib ketmoqda. Natijada maktab 
bitiruvchisi yillar davomida o‘qigan fanidan oddiy grafik chizmani chizolmay 
qoladi, bunga sabab esa mavzularning o‘qitish metodikasi hamda ba’zi 
imkoniyatlarning 
etishmaganligidadir. 
Ammo 
zamonaviy 
dunyoda 
rivojlanayotgan jarayonlar mavjud vaziyatni o‘zgartirish uchun kuchli rag‘bat 
uyg‘otmoqda. Dunyo xalqaro miqiyosda rivojlanmoqda. Bugungi kunda 
informatika fanini bilish ma’naviy, balki iqtisodiy extiyoj hamdir. Bu dunyoning 
barcha mamlakatlarida sezilarli o‘rin egallamoqda.
Hozirgi kunda informatika fanini o‘qitishda yagona xolat paydo bo‘lmoqda, 
ya’ni amaliyot nazariyadan oldinga o‘tib ketmoqda. YAngi tushuncha va 
yondashuvlarning ta’limdagi maqsadi va vazifalari muxokama qilinayotgan 
maxalda amaliyotga yangi shakllar va usullar kirib kelmoqda.

Zamonaviy jamiyatda axborot texnologiyalarining doimiy o‘sishi va 
rivojlanishi tufayli innovatsion rivojlanishga bo‘lgan talab ortib bormoqda - bilim 
darajasi ham shunga muvofiq ravishda o‘sishi kerak, ammo rivojlanishning ushbu 
bosqichida muammolar paydo bo‘lmoqda, amaliy tajriba nazariy bilimlarga 
qaraganda ancha tezroq o‘smoqda. Ushbu qoidaning sabablaridan biri uslubiy 
qo‘llanmalarning yo‘qligi. Xususan, "Kompyuter grafikasi" o‘quv qo‘llanmalari, 
albatta, mavjud, lekin har doim ham foydali emas, chunki maktab kutubxonalarida 
mavjud bo‘lgan adabiyotlarning katta miqdori eskirgan. Kerakli materiallar 
yo‘qligi sababli informatika o‘qituvchilari mustaqil o‘quv qo‘llanmalar, 


prezentatsiyalar, broshyuralar ishlab chiqarishga murojaat qilishlari kerak. Ushbu 
muammoni hal etishda darslarda rolli o‘yinlardan foydalanish ancha qo‘l keladi. 
CHunki rolli o‘yinlarda o‘quvchilar ma’lum mavzularni mustaqil o‘rganishlariga 
to‘g‘ri keladi. Rolli o‘yin bir tomondan juda keng tarqalganki, chunki uni 
ishlatish, tushuntirish talab qilinmaydi. Ikkichi tomondan o‘yin kupqirrali va 
kupma’noli bo‘lishi mumkin.
O‘yin o‘yin metodining asosiy kontsepsiyasidir. Bu shartli vaziyatlarda 
ta’lim jarayonining bir ko‘rinishi bo‘lib, uning barcha ko‘rinishlarida 
jamoatchilik tajribasini qayta tiklash va o‘zlashtirishga qaratilgan: bilim, 
ko‘nikma, hissiy faoliyat, fan va madaniyat ob’ektlarida. O‘yin inson 
faoliyatining asosiy turlariga tegishlidir. Insonning barcha faoliyatlari o‘zaro 
bog‘liq. O‘yinning paydo bo‘lish nazariyasi bo‘yicha psixologik-pedagogik 
adabiyotlarni tahlili bizni bolalarning rivojlanishi va o‘zini o‘zi anglashi uchun 
bir qator o‘yin vazifalari topshirishga imkon beradi.
O‘yin - bu boshlang‘ich elementar maktab bo‘lib, bolaga atrofidagi 
odamlarning xatti-harakatlari bilan tanishish, guruhda tajriba orttirish 
imkoniyatini beradigan betartiblikdir.“Kompyuter grafikasi” ga oid mavzularni 
o‘rganishda informatika fanlarida ishlatilishi mumkin bo‘lgan o‘yin 
namunalaridan ko‘rib chiqsak: 

Yüklə 5,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin